1-ma’ruza. Kirish. O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri. Аsоsiy tushunchаlаr vа аtаmаlаr. Yonilg‘i mоylаsh mаtеriаllаrini оlish. Nеft’ hаqidа qisqа mа’lumоtlаr
Download 326.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma’ruza
YONILG’I VA MOYLASH MATERIALLARI Ma’ruzachi: k.oʻq. Xushnayev O.A. 1-ma’ruza. Kirish. O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri. Аsоsiy tushunchаlаr vа аtаmаlаr. Yonilg‘i mоylаsh mаtеriаllаrini оlish. Nеft hаqidа qisqа mа’lumоtlаr. Reja: 1. Kirish. Аsоsiy tushunchаlаr vа аtаmаlаr. 2. Yonilg‘i mоylаsh mаtеriаllаrini оlish. 3. Nеft hаqidа qisqа mа’lumоtlаr. Xizmatlar sohasi hamda xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi yo‘nalishlari talabalari avtotransport va qishloq xo‘jalik texnikasini ekspluatatsiya qilish jarayonida yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklardan, shuningdek ta’mirlash materiallaridan oqilona foydalanish, ularning olinishi, xossalari va sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablarni bilishlari talab etiladi. Har bir avtotransport vositasi va qishloq xo‘jalik texnikasi uchun qo‘llaniladigan yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning markalarini to‘g‘ri tanlash, ushbu texnikalardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, transport vositalari uchun yonilg‘i va moylash materiallariga (YoMM) sarflanadigan xarajatlar asosiy ekspluatatsion xarajatlar (30 % gacha) sirasiga kiradi. Ularda qo‘llaniladigan YoMMlar sifati mashinalarning o‘ziga xosligi va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlariga mos kelishi talab etiladi. Mashina uchun noto‘g‘ri tanlangan YoMM va maxsus suyuqliklar ularning sarfini oshiradi, biroq undan ham asosiysi mashinaning ishonchliligini, samaradorliligini va uzoq muddat ishlashini pasaytiradi, ayrim hollarda bu avariya bilan tugaydi. Ushbu fanda avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning olinishi metodlari, asosiy xossalari va markalari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek bu texnikalardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish jarayonida qo‘llaniladigan nometall konstruksion ta’mirlash materiallar – rezina, lak-bo‘yoq, plastmassa, yelim, zichlovchi va izolyatsion materiallar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Ekspluatatsion materiallar bilan ishlashdagi ekologik va xavfsizlik qoidalari, YoMMdan tejamkor va ratsional foydalanish, ularning sarflarini me’yorlash masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Mashinalarga qo‘yiladigan ekologik, iqtisodiy va xavfsizlik talablari bir vaqtning o‘zida ularning ishonchliligi ortishi kabi qat’iylashib bormoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra bugungi kunda dunyo bo‘yicha avtomobillar soni milliardga yaqinlashib qoldi, agarda rivojlanish shu tarzda ketadigan bo‘lsa 2030 yilda ularning miqdori 2 milliardga yetadi. Bu borada O‘zbekistonda ham avtomobillar soni bir millionga yaqinlashib qolgan. Bugungi kunga kelib avtotransportlarda qo‘llanilayotgan YoMMlar uchun xom ashyo neft va tabiiy gaz bo‘lib qolmoqda. Hozirda dunyo bo‘ylab yiliga 14 mlrd tonna neft iste’mol qilinmoqda. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich ma’lumotlariga ko‘ra 3 mln tonnani tashkil etmoqda. Aynan benzin ishlab chiqarishni oladigan bo‘lsak, 2018 yil yakunlariga ko‘ra 1 million 146,9 ming tonnani tashkil etgan. Neft va gazni qayta ishlash sohasining asosiy vazifalaridan biri YoMMlarning sifatini, ayniqsa ekologik xossalarini oshirishdan iborat. Shuningdek, tejamkor texnologiyalarning keng qo‘llanilishi ekspluatatsion materiallarga qo‘yiladigan talablarni qat’iylashtirmoqda. Sohani rivojlantirish va import o‘rnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiarish maqsadida Respublikamizda oxirgi yillarda Jizzax neftni qayta ishlash zavodi – Jizzakh Petroleum MChJ QK (2022 yilda), Uzbekistan GTL zavodi (2020 yilda) ishga tushirish mo‘ljallangan. Mavjud zavodlar – Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (1959 yil) va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida (1997 yil) sohaning zamonaviy texnika va texnologiyalar yutuqlarini qo‘llagan holda neftni qayta ishlash darajasini hozirgi 75-80 % ko‘rsatkichni 95 % yetkazish maqsadida modernizatsiya dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida Respublikamizning motor yonilg‘ilariga bo‘lgan ehtiyoji qoplanishi bilan birga ortiqcha miqdori eksport qilinishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda mavjud transport vositalari va qishloq xo‘jalik texnikasida qo‘llaniladigan yonilg‘i-moylash materiallarini olish uchun asosiy xom ashyo tabiiy neft hisoblanadi. Neft yonilg‘i va moylash materiallari, parafinlar, vazelinlar, konservatsiya materiallari, oliflar, laklar, sintetik kauchuk, spirtlar, bitum, plastmassa, tibbiyot preparatlari va boshqa ko‘pgina mahsulotlar uchun xom ashyodir. Neftni qayta ishlash bir necha bosqichda olib borilib, dastlab tabiiy neft suv va qattiq aralashmalardan tozalanadi. So‘ngra birlamchi qayta ishlash jarayoni – to‘g‘ri haydash orqali amalga oshiriladi, uning natijasidan olingan mahsulotlar – yarimfabrikatlar bo‘lib, ularni aralashtirish orqali bazaviy yonilg‘i va bazaviy moylar olinadi. Transport vositalari va qishloq xo‘jalik texnikasida qo‘llaniladigan yonilg‘i va moylar – tovar yonilg‘i-moylash materiallari bazaviy yonilg‘i-moylash materiallariga ularnining xossalarini yaxshilovchi va yangi ekspluatatsion xossalar beruvchi moddalar – prisadkalar va qo‘shimchalar qo‘shilgandan so‘ng olinadi. Download 326.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling