1-ma’ruza. Kirish. O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri. Аsоsiy tushunchаlаr vа аtаmаlаr. Yonilg‘i mоylаsh mаtеriаllаrini оlish. Nеft’ hаqidа qisqа mа’lumоtlаr


Download 326.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.02.2023
Hajmi326.91 Kb.
#1220735
1   2   3
Bog'liq
1-ma’ruza

Neft haqida qisqa ma’lumotlar
Tabiiy neft yoqimsiz hidli quyuq suyuqlik bo‘lib, rangi va fizikaviy-kimyoviy
xususiyatlari neft qazib olinadigan joyga bog‘liq. Rangi bo‘yicha to‘q jigarrang, sariq
va och rangli neftlar mavjud. Uning zichligi 750...1000 kg/m
3
. Ba’zan zichligi 1300
kg/m3 gacha bo‘lgan og‘ir neftlar ham uchrab turadi. Neftning yonish issiqligi
43200...45700 kJ

kg, issiqlik sig‘imi – 1,66...2,09 kJ/(kg

K). Neftning qotish harorati
uning tarkibidagi qattiq uglevodorodlar va smolali moddalarga bog‘liq bo‘lib, +20 ºC
dan –80 ºC gacha oraliqda bo‘ladi.
Neft – turli tarkibli va tuzilmali uglevodorodlar, ya’ni uglerod C va vodorod H dan
tashkil
topgan
moddalarning
aralashmasidir.
U
yer
ostidan
qazib
olinadi.
Respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hamda Farg‘ona
vodiysi hududlarida neft konlari mavjud.


Neftning xossalari
Neftning asosiy xossalarini tavsiflovchi xususiyatlari quyidagilar: zichlik,
qovushqoqlik, oltingugurt miqdori, neft tarkibidagi parafinlar miqdori, gaz miqdori
yoki gaz omili, to‘yinish bosimi, siqiluvchanlik, neftning qotish harorati.
Zichlik – neftning asosiy xossalaridan biri bo‘lib, uning tarkibidagi yengil yoki
og‘ir uglevodorod birikmalari, smola-asfaltli moddalar va undagi erigan gaz
miqdoriga bog‘liq. Neftning zichligi yuqorida ta’kidlanganidek 750...1000 kg/m
3
oralig‘ida bo‘ladi va haroratga bog‘liq. Neft zichligiga ko‘ra quyidagi sinflarga
ajratish mumkin:
juda yengil (800 kg/m
3
gacha); 
engil (800...840 kg/m
3
);
o‘rta (840...880 kg/m
3
);
og‘ir (880...920 kg/m
3
);
juda og‘ir (920 kg/m
3
dan yuqori).


Qovushqoqlik – neftning oqishga ko‘rsatayotgan qarshiligi bo‘lib, uning
qo‘zg‘aluvchanligini tavsiflaydi. Qovushqoqlik viskozimetr yordamida aniqlanadi.
Qovushqoqlikning ikkita turi bor: kinematik va dinamik. Kinematik harakati
davomida zarrachalarini bir biriga nisbatan qo‘rsatayotgan qarshiligi hisoblanadi.
Kinematik qovushqoqlik ν harfi bilan belgilanib, SI tizimida uning o‘lchov birligi ‒
mm
2
/sek, Stoks yoki santiStoks (sSt). Dinamik qovushqoqlik μ harfi bilan
belgilanib, SI tizimida uning o‘lchov birligi ‒ millipaskal sekund (mPa·s), Puaz.
Qovushqoqlik haroratga bog‘liq kattalik bo‘lib, haroratning tor diapazonda
o‘zgarishi qovushqoqlikning sezilarli o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Neft qovushqoqliigi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
 past qovushqoqli – 5 mPa·s gacha;
 qovushqoq ‒ 5 dan 25 mPa·s gacha;
 yuqori qovushqoq – 25 mPa·s dan yuqori.



Download 326.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling