1-ma’ruza. Kirish. O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri. Аsоsiy tushunchаlаr vа аtаmаlаr. Yonilg‘i mоylаsh mаtеriаllаrini оlish. Nеft’ hаqidа qisqа mа’lumоtlаr


Download 326.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.02.2023
Hajmi326.91 Kb.
#1220735
1   2   3
Bog'liq
1-ma’ruza

Oltingugurt miqdori – neft tarkibidagi oltingugurt (S), uning
oksidlovchi
xossalarini
belgilovchi
parametr
hisoblanadi.
Neft
tarkibida oltingugurt miqdori qancha yuqori bo‘lsa, u o‘zini metallarga
nisbatan agressiv tutib, ularni oksidlab ishdan chiqaradi. Tarkibidagi
oltingugurt miqdoriga ko‘ra neft quyidagi turlarga bo‘linadi:
 kam oltingugurtli – 0,5 % gacha; 
 oltingugurtli ‒ 0,5 dan 2,0 % gacha; 
 yuqori oltingugurtli – 2 % dan yuqori.


Neft tarkibidagi parafinlar miqdori – uni qazib olish va quvurlar orqali xaydash
texnologiyasiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichdir. Neftning tarkibidagi parafinlar miqdori undagi
qattiq moddalar, ya’ni parafinlar (C
17
H
36
dan C
35
H
72
gacha) va serezinlar (C
36
H
74
dan C
55
H
112
gacha) mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ularning miqdori neft qazib olinayotgan joyga qarab 15
% gacha bo‘lishi mimkin. Neft tarkibida parafin miqdorini yuqori darajasi uni qazib olishni,
quvurlar orqali xaydalishini qiyinlashtiradi. Tarkibidagi parafin miqdoriga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi:
 kam parafinli – 1,5 % dan kam;
 parafinli – 1,5 dan 6,0 % gacha;
 yuqori parafinli – 6,0 % gacha.


Gaz miqdori yoki gaz omili – neftning tarkibidagi gaz miqdori (m
3
/t), ya’ni gaz omili yer
ostida neftning tarkibida erigan gaz miqdorini tavsiflaydi. Gaz omili 300 – 500 m
3
/t gacha
yetishi mumkin. Odatda 30 – 100 m
3
/t ni tashkil etadi.
To‘yinish bosimi (yoki bug‘lanishning boshlanishi) – neftning tarkibidagi gaz ajralib
chiqish bosimi hisoblanadi. Tabiiy sharoitda to‘yinish bosimi yer ostidagi neft qatlami
bosimiga teng yoki undan kam bo‘ladi. Birinchi vaziyatda barcha gaz neftda erigan holda, neft
esa gazga to‘yingan bo‘ladi. Ikkinchi vaziyatda esa neft gazga to‘liq to‘yinmagan bo‘ladi.
Siqiluvchanlik – neftning siqiluvchanligi uning elastikligi bilan tavsiflanib, siqiluvchanlik
koeffitsiyenti bilan aniqlanadi.
Neftning qotish harorati – probirkadagi neftni sovutib 45º ga egilganda o‘zining sathini
o‘zgartirmaydigan haroratdir. Neftning qotish va erish haroratlari turlicha bo‘ladi. Odatda
qotish harorati uning tarkibidagi qattiq parafinlar miqdori ortishi bilan oshadi va smolalar
miqdorini ortishi esa qotish haroratini pasaytiradi.


E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 326.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling