1-maʼruza. Kirish. Reja
Download 250 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-ma\'ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻzlar
1-maʼruza. Kirish. Reja 1. Fitogelmintologiya fanining obyektlari va predmeti. 2. Fitogelmintologiya fanining maqsadi vazifalari va ahamiyati. 3. Fitonematodalar haqida umumiy maʼlumot. Tayanch soʻzlar: Fitogelmintologiya fanining obyektlari, predmeti, maksadi, vazifalari va ahamiyati. Fitonematodalar haqida umumiy ma’lumot. Qishloq xoʻjaligi rivojlangan barcha mamlakatlarda fitogelmintologiya fanining sezilarli darajada taraqqiy etayoganligi kuzatilmoqda. Bu oʻz vaqtida tabiatdagi barcha mikroskopik yumaloq chuvalchanglarni, jumladan, oʻsimlik parazitlarini, yaʼni fitogelmintlarni aniqlash bilan xarakterlanadi. Deyarli barcha oʻsimlik turlarini 2000 turdan koʻproq fitogelmintlar zararlaydi va har yili dunyo oʻsimliklar olami hosildorligining 10% gacha nobud boʻlishiga olib keladi. Fitogelmintlar taʼsirida qishloq xoʻjalik ekinlari, texnik va mevali daraxtlarning hosildorligi oʻrtacha 6-25% gacha kamayadi. Ayrim hollarda fitogelmintlar taʼsirida hosildorlikning 70-90% gacha kamayishi aniqlangan. Fitogelmintlar qishloq xoʻjalik ekinlarining turli xil organlarida, yaʼni toʻqimalarida parazitlik qiladi. Hattoki koʻpgina oʻsimliklar bu parazitlar bilan kuchli zararlanganligi natijasida halok boʻladi va kuchli zararlangan maydonlarda uzoq vaqt iqtisodiy muhim ekinlar ekilmay ham qoladi. Fitogelmintlar viruslarni tarqalishiga, bakterial va zamburugʻli kasalliklarning avj olishiga, asosan, ildiz chirishiga sababchi boʻladi. Fitogelmintoz kasalligi birdaniga mineral ozuqalarning foydali taʼsiri kamayishiga, oʻsimliklarning yoppasiga halok boʻlishiga va hatto qishloq xoʻjalik mahsulotlari zahiralarining sifati buzilib, chirishiga olib keladi. Parazit nematodalar oʻsimliklarning mahsulot sifatini pasaytiradi, mayda va yirik shoxli qoramollarda ogʻir zaharlanishlar kelib chiqishiga sababchi boʻladi. Koʻpgina hollarda tuproq strukturasining buzulishi fitogelmintlar bilan bogʻliq. Nematitsidlar yordamida fitogelmintlarning yirik populyatsiyalarini bartaraf etish bilan koʻpgina qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligini bir necha martaga oshirishga erishish mumkin. Mavjud adabiyotlardagi maʼlumotlarga qaraganda, fitonematodlar AQSH da umumiy hosilning 10 foizini nobud qiladi. Bu pul hisobida 500 mln. dollarni tashkil etsa, Kaliforniyada esa har yili 90-140 mln. dollar, Angliyada 2 mln. funt sterling, janubiy Rodeziyada 3,75 mln. funt sterlingni tashkil etadi. 1974-yilda amerikalik fitogelmintolog A. G. Nyuxoll AQSH da birgina boʻrtma nematodasining oʻzi 35 mln. dollar hajmida ziyon keltirganligini aniqladi. Sobiq Ittifoqda ham boʻrtma nematodasi kattagina zarar yetkazar edi. Professor A. A. Paramonov bergan maʼlumotga koʻra, Moskva viloyati teplitsalaridagi sabzavot-poliz ekinlari hosildorligiga ular 1,5 mln. soʻm zarar keltirgan. Professor Sh.X.Xurramov maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston sharoitida boʻrtma nematodasi barcha muhim oʻsimliklarga katta putur yetkazadi. Jumladan, Janubiy Oʻzbekistonda 1969-1987-yillarda sabzavot-poliz ekinlarining 60-100 foizi, texnik ekinlarining 20-82 foizi, subtropik oʻsimliklarning 40-55% shikastlanganligi maʼlum. Ekin maydonlarining kengayishi, transport aloqasining keng yoʻlga qoʻyilishi, don va oziq- ovqat mahsulotlarini ayirboshlash va xoʻjaliklarning maʼlum bir ekin turlariga ixtisoslashuvi fitogelmintozlarning iqtisodiy ahamiyatini oshirmoqda. Xavfli parazit nematodalar bilan zararlangan maydonlarning doimiy kengayib borayotganligi kuzatilmoqda. Fitogelmintlarning keng arealda tarqalishiga va ular yetkazadigan zararga qaramasdan, MDH davlatlarida koʻpgina fitogelmintlarning iqtisodiy ahamiyati toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar yoʻq. Buning sababi, fitogelmintlar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar haqida qishloq xoʻjaligi mutaxassislari yetarli maʼlumotlarga ega emaslar. Oʻsimliklarni himoya qiluvchi agranomlar fitogelmintlarni hisobga olish va aniqlashdagi asosiy metodlarni bilmasliklarining sababi, bu metodlar fitopatalogiya va entomologiyada qoʻllaniladigan metodlardan sezilarli darajada farq qilishidir. Asosan, nematodalar majmuini oʻrganish metodlari, parazit nematodalar turlarini topish va aniqlash, jumladan, oʻta xavfli turlarini shuningdek, fitogelmintlar taʼsirida zararlangan oʻsimliklarni aniqlash koʻpgina ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar hamda ilmiy adabiyotlarda yoritilgan. qishloq xoʻjaligida fitogelmintlarning ahamiyati ortib borishi munosabati bilan ixtisoslashgan fitogelmintologiya laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Respublikamiz va viloyat laboratoriyalari oldida turgan muhim va birinchi darajali ishlardan biri respublikaning xoʻjalik, tuman va viloyatlarida fitogelmintlarning tarqalishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish, zararlangan ekin maydonlarini aniqlash, zararlanish darajasini bilish kabi vazifalar qoʻyilgan. Olingan maʼlumotlarga asoslanib, zararlangan maydonlar hajmi aniqlanadi va iqtisodiy ahamiyati ochib beriladi. MDH davlatlaridagi fitogelmintologik vaziyatni zonalar boʻyicha aniqlash, muhim fitogelmintlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, nematitsidlarni ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish, ularni rejalashtirish hamda qoʻllash texnologiyasini joriy etish talab etiladi. Fitogelmintologiya- oʻsimlik gelmintlari oʻsimlik nematodalarini oʻrganuvchi fandir. Bu fanning predmeti oʻsimlikning har xil toʻqimalari (ildiz, poya, barg va boshqalar) ildiz atrofidagi tuproqda oʻsimlik qoldiqlari, chirindilarida yashovchi nematodalar hisoblanadi. Fitogelmintologiya fanining asosiy vazifasi oʻsimlik nematodalarining kelib chiqishi, uning shakllanish faktorlarini anotoma-morfologik tuzilishini nematodalarning ontogenezini, ekologiyasini, toksonomiya-sistematikasini oʻrganishdir. Shu bilan birgalikda parazit nematodalarni ularning oʻsimliklarga zararlarini va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish xam bu fanning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi. Fitogelmintologiya nisbatan yosh fan boʻlib hisoblansada barcha zoologiya fanlari jumladan, gelmintologiya, parazitologiya, qishloq xoʻjalik fanlari bilan bevosita bogʻliqdir. Ayniqsa qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotini koʻtarishda ekinlarda moʻljallangan miqdordagi hosilni olishda Fitogelmintologiya fanining salmoqli oʻrni bor. Fitogelmintologiya faninig ilmiy fan sifatida rivojlanishi natijasida zoologiya fanining muammolari ilmiy asosda yoritilib bordi. Yuzlab nematodalarning turlari aniqlanilib fanga kiritildi. Nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi muammolari xal etilmoqda. Fitonematodalar yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlik turlariga taʼsir etib, ular orasida ayniqsa oʻta xavfli parazit nematodalar turli-tuman yovvoyi va madaniy oʻsimliklarni zararlab iqtisodiy zarar keltiradi. Masalan: Mavlonov (1979 y)ning maʼlumotiga koʻra boʻrtma nematodasi Oʻzbekiston sharoitida 300 dan koʻproq oʻsimlik turlarini zararlaydi. Bu parazit AQSHda gʻoʻzaning 4% ga yaqin hosilin nobud qilsa, Oʻzbekiston sharoitida 12-95% gacha oʻsimliklarni zararlashi aniqlangan. B.Xoliqnazarov (1989 y), K.Eshnazarov (1995 y) larning maʼlumotlariga koʻra boʻrtma nematodalar sabzavot va poliz ekinlari hosilining 95% gacha ayniqsa pamidor va bodringni 98%gacha zararlab hosildorlikni 70%dan 100% gacha kamayishiga yoki qarshi kurash choralarining samarasini kamaytirishga olib keladi. Shunday ekan bu fan xalq xoʻjaligini rivojlantirishda muxim ahamiyatga egadir. Oʻzbekistonda 1969-1987-yillarda sabzavot-poliz ekinlarining 60-100 foizi, texnik ekinlarining 20-82 foizi, subtropik oʻsimliklarning 40-55% shikastlanganligi maʼlum. Ekin maydonlarining kengayishi, transport aloqasining keng yoʻlga qoʻyilishi, don va oziq- ovqat mahsulotlarini ayirboshlash va xoʻjaliklarning maʼlum bir ekin turlariga ixtisoslashuvi fitogelmintozlarning iqtisodiy ahamiyatini oshirmoqda. Xavfli parazit nematodalar bilan zararlangan maydonlarning doimiy kengayib borayotganligi kuzatilmoqda. Fitogelmintlarning keng arealda tarqalishiga va ular yetkazadigan zararga qaramasdan, MDH davlatlarida koʻpgina fitogelmintlarning iqtisodiy ahamiyati toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar yoʻq. Buning sababi, fitogelmintlar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar haqida qishloq xoʻjaligi mutaxassislari yetarli maʼlumotlarga ega emaslar. Oʻsimliklarni himoya qiluvchi agranomlar fitogelmintlarni hisobga olish va aniqlashdagi asosiy metodlarni bilmasliklarining sababi, bu metodlar fitopatalogiya va entomologiyada qoʻllaniladigan metodlardan sezilarli darajada farq qilishidir. Asosan, nematodalar majmuini oʻrganish metodlari, parazit nematodalar turlarini topish va aniqlash, jumladan, oʻta xavfli turlarini shuningdek, fitogelmintlar taʼsirida zararlangan oʻsimliklarni aniqlash koʻpgina ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar hamda ilmiy adabiyotlarda yoritilgan. qishloq xoʻjaligida fitogelmintlarning ahamiyati ortib borishi munosabati bilan ixtisoslashgan fitogelmintologiya laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Respublikamiz va viloyat laboratoriyalari oldida turgan muhim va birinchi darajali ishlardan biri respublikaning xoʻjalik, tuman va viloyatlarida fitogelmintlarning tarqalishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish, zararlangan ekin maydonlarini aniqlash, zararlanish darajasini bilish kabi vazifalar qoʻyilgan. Olingan maʼlumotlarga asoslanib, zararlangan maydonlar hajmi aniqlanadi va iqtisodiy ahamiyati ochib beriladi. MDH davlatlaridagi fitogelmintologik vaziyatni zonalar boʻyicha aniqlash, muhim fitogelmintlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, nematitsidlarni ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish, ularni rejalashtirish hamda qoʻllash texnologiyasini joriy etish talab etiladi. Fitogelmintologiya- oʻsimlik gelmintlari oʻsimlik nematodalarini oʻrganuvchi fandir. Bu fanning predmeti oʻsimlikning har xil toʻqimalari (ildiz, poya, barg va boshqalar) ildiz atrofidagi tuproqda oʻsimlik qoldiqlari, chirindilarida yashovchi nematodalar hisoblanadi. Fitogelmintologiya fanining asosiy vazifasi oʻsimlik nematodalarining kelib chiqishi, uning shakllanish faktorlarini anotoma-morfologik tuzilishini nematodalarning ontogenezini, ekologiyasini, toksonomiya-sistematikasini oʻrganishdir. Shu bilan birgalikda parazit nematodalarni ularning oʻsimliklarga zararlarini va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish xam bu fanning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi. Fitogelmintologiya nisbatan yosh fan boʻlib hisoblansada barcha zoologiya fanlari jumladan, gelmintologiya, parazitologiya, qishloq xoʻjalik fanlari bilan bevosita bogʻliqdir. Ayniqsa qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotini koʻtarishda ekinlarda moʻljallangan miqdordagi hosilni olishda Fitogelmintologiya fanining salmoqli oʻrni bor. Fitogelmintologiya faninig ilmiy fan sifatida rivojlanishi natijasida zoologiya fanining muammolari ilmiy asosda yoritilib bordi. Yuzlab nematodalarning turlari aniqlanilib fanga kiritildi. Nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi muammolari xal etilmoqda. Fitonematodalar yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlik turlariga taʼsir etib, ular orasida ayniqsa oʻta xavfli parazit nematodalar turli-tuman yovvoyi va madaniy oʻsimliklarni zararlab iqtisodiy zarar keltiradi. Masalan: Mavlonov (1979 y)ning maʼlumotiga koʻra boʻrtma nematodasi Oʻzbekiston sharoitida 300 dan koʻproq oʻsimlik turlarini zararlaydi. Bu parazit AQSHda gʻoʻzaning 4% ga yaqin hosilin nobud qilsa, Oʻzbekiston sharoitida 12-95% gacha oʻsimliklarni zararlashi aniqlangan. B.Xoliqnazarov (1989 y), K.Eshnazarov (1995 y) larning maʼlumotlariga koʻra boʻrtma nematodalar sabzavot va poliz ekinlari hosilining 95% gacha ayniqsa pamidor va bodringni 98%gacha zararlab hosildorlikni 70%dan 100% gacha kamayishiga yoki qarshi kurash choralarining samarasini kamaytirishga olib keladi. Shunday ekan bu fan xalq xoʻjaligini rivojlantirishda muxim ahamiyatga egadir. Download 250 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling