1-maʼruza. Kirish. Reja
Fitonematodalar haqida umumiy maʼlumot
Download 250 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-ma\'ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar
Fitonematodalar haqida umumiy maʼlumot “Fitonematoda” soʻzi grekcha boʻlib, u “oʻsimliklarning yumaloq chuvalchangi” degan maʼnoni anglatadi. Fitonematoda deganda, biz turli xil sharoitlarda yashovchi va oʻsimliklarning tirik toʻqimalari hamda ularning qoldiqlari bilan bogʻliq boʻlgan turli-tuman chuvalchang turlarini tushunamiz. Fitonematodalarning oʻsimliklar, mikroorganizmlar bilan aloqasini hamda barcha sharoit faktorlariga munosobati kabi muammolarni oʻrganadigan fan fitogelmintologiyadir. Fitonematodalar umurtqasiz hayvonlar boʻlib, toʻgarak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi, nematodalar (Nematoda) sinfiga mansubdir. Bu sinfga tuproqda, suvlikda erkin hayot kechiruvchi xilma-xil turlar bilan bir qatorda odam, hayvon va oʻsimliklar organizmida yashovchi parazitlar ham kiradi. Oʻsimlik va tuproqda qiziqarli va xilma-xil shakllardagi fitonematodalar majmuasi yashabgina qolmay, ular aynan tuproq va oʻsimliklar dunyosiga xos boʻlgan turlarga tabaqalanish bosqichlarini ham oʻtadi (1-rasm). 1.1.-rasm. Fitonematodalar. (Sh.Xurramov, 1978) a)ipsimon, b) kolbasimon. v) duksimon, g) limonsimon, d) noksimon, ye) kurtaksimon Barcha fitonematodlarning ovqat hazm qilish organlari quyidagi tartibda joylashgan: ogʻiz boʻshligʻi (stoma), qiziloʻngach va uning bezlari, oʻrta ichak, keyingi ichak, chiqaruv teshigi. Lekin turli fitonematodlarda bu organlar oʻziga xos tuzilgan. Ularning tuzilishi va joylashishi har bir tur fitonematodlarning yashash sharoiti va oziqlanish usuliga bevosita bogʻliqdir. Ogʻiz apparatining tuzilishi fitonematodlarda turlicha boʻlib, ularning oziqlanish xususiyatlariga bogʻliq. Tekinxoʻr fitonematodlarning ogʻiz apparati evolyutsiya (kelib chiqishi) protsessi natijasida birmuncha ingichkalashib, ingichka naychaga yoki shprisning ignasiga oʻxshash stilet (teshuvchi organ)ga aylandi. Boshqa baʼzi fitonematodlarda stiletga oʻxshash nayzalar ham boʻlib, ular oʻsimlik toʻqimalarini va tuproqdagi boshqa mikroorganizmlar tanasini teshishga xizmat qiladi. Muskulli qiziloʻngach hamma fitonematodlarda yaxshi taraqqiy etgan, u juda murakkab vazifalarni bajaradi. U koʻpchilik fitonematodlarda bir yoki ikkita bulbusdan iborat. Qiziloʻngach bezlari ishlab chiqaradigan proteologik fermentlar taʼsirida oʻsimlikning tirik toʻqimasi eriydi va undan hosil boʻlgan oʻsimlik suyuqligini fitonematod shimib oziqlanadi. Fitonematodlar butun tanasining yuzasi bilan nafas oladi. Ular oʻzi yashayotgan muhitdagi kisloroddan erkin foydalanadi. Chuvalchanglarning sezgi organlari vazifasini bosh qismida joylashgan xemoretseptorlar va tangaretseptorlar bajaradi. Bular qiziloʻngach bezlari bilan bogʻliq boʻlib, ayirish vazifasini ham oʻtaydi. Fitonematodlarda nerv (asab) sistemasi deyarli rivojlanmagan. Ular nerv sistemasi, qiziloʻngachining pastki tomonida koʻndalang joylashgan nerv halqasidan iborat, xolos. U tananing uzunasiga joylashgan ganglioz hujayralar bilan ham chambarchas bogʻlangan. Ana shu hujayralar tanada sodir boʻladigan barcha fiziologik va bioximiyaviy jarayonlar ishini boshqarib, tartibga solib turadi. Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar 1. Fitogelmintologiya fani nimani oʻrganadi. 2. Fitogelmintologiya fanining predmeti va vazifalari, biologiya fanlari orasida tutgan oʻrni. 4. Fitonematodalar toʻgʻrisida umumiy tushuncha. Download 250 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling