1-ma’ruza: Maktabgacha ta’lim sohasidagi fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy komplekslarni tayyorlash Reja
Download 16.38 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Mа\'ruza
1-ma’ruza: Maktabgacha ta’lim sohasidagi fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy komplekslarni tayyorlash Reja: 1.O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash 2. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini ekspertizadan o‘tkazish 3. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashrga tayyorlash Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va ularni nashr qilish tartibi ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ijodiy jamoalar — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni belgilangan talablar asosida chop etish uchun tayyor mahsulot (original maket) ko‘rinishida taqdim etuvchilar, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassislar, tuzuvchilar, davlat va nodavlat hamda xorijiy tashkilotlar, nashriyot va matbaa tashkilotlari; ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati; original maket — chop etish uchun bosmaxonaga topshirishga to‘liq tayyor bo‘lgan, barcha matn va grafik axborotlar chop etishgacha bo‘lgan tayyorgarlikdan o‘tkazilib, tashqi ko‘rinishi va tuzilishi jihatidan yakuniy bosqichga yetkazilgan mahsulotning (nashrning) chop etilgan yoki elektron ko‘rinishdagi asl nusxasi; o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar — muayyan yo‘nalishning mavzulari tizimli, chuqur va to‘liq yoritilgan, tegishli yo‘nalish mazmunini belgilangan hajmda mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga moslashtirilgan, tinglovchi, talaba, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan metodik qo‘llanmalar; Download 16.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling