1-Ma’ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish
Download 55.58 Kb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manzara janri
Tasviriy san’at janrlari
Rassomchilik boy janrlar bilan ajralib turadi. Ularning tashqi ko'rinishi turli davrlardagi rassomlarning hayotning barcha sohalariga qiziqishlari bilan belgilanadi. Portret janri. Inson qiyofasini ichki psixologik olami bilan bog`langan holda aniq bir obrazda yaratilishi portret san’ati deb yuritiladi. Portretda insonning to`la gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat o`zi ham bo`lishi mumkin. Portret yaratish o`ziga xos murakkab jarayon bo`lib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy, ma’naviy, shuningdek, tashqi ko`rinishidagi barcha jihatlarini aks ettirishi bilan san’at darajasidagi asar bo`lishi mumkin. Tasviriy san’atning portret janri insonning ma’naviy qiyofasini o`zida ifodalashi bilan san’atning boshqa sohalaridan birmuncha farq qiladi. Portret san’atini yaratishda bebaho yutuqlarni qo`lga kiritgan buyuk rassomlardan Kamoliddin Behzod, Leonarda da Vinchi, Rembrand, shuningdek, o`zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Raxim Ahmedov, Chingiz Ahmarov va boshqa bir qancha rassomlarni misol keltirish mumkin. Natyurmort fransuzcha jonsiz tabiat degan ma’noni beradi. Odamlar hayotida ishlatiladigan buyum narsalar, sabzavot va mevalar, asbob-uskuna kabilarga o`xshash namunalarning tasviri muayyan shaklda chizilishi mazkur janrga xos. Ma’lumki, har bir rassom tasviriy san’at sirlarini o`rganishni natyurmort ishlashdan boshlaydi. Buyumlar va narsalar shaklini, formasini, xarakterini o`zlashtirish, san’atning boshqa jihatlarini va turlarini o`rganishdagi dastlabki saboqlardir. Lekin bu natyrmort san’at sifatida faqatgina boshlang`ich vazifa bo`lib qoladi, degan ma’noni bermaydi. Vaholanki, natyurmortning san’at darajasida yaratilishi o`ziga xos murakkab va katta maktabni talab qiladi. Tasviriy san’at tarixida Vilyam Klass Xeda, Jan Batist Simon Marden, Frans Snayders, Yan Van Geysum, Rahim Ahmedov, Akmal Ikromjonovlarning o`z o`rni bor. Manzara janri tabiatning turli ko`rinishlarini tasviriy san’atda aks ettirilishidir. Tog`, o`rmon, dengiz, shahar va qishloq manzaralarining ko`rinishlari aniq bir mazmunni anglatsa bunday asarlar manzara janriga tegishlidir. Gap manzara janri haqida ketar ekan, manzaraning mohir ustalari Klod Loren, Shishkin, Levitan, Karaxan. Isfayadiyor Haydarov va boshqa mashxur rassomlar ijodini bu borada misol keltirish mumkin. Download 55.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling