1-Ma’ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish


Download 55.58 Kb.
bet2/10
Sana22.11.2023
Hajmi55.58 Kb.
#1794585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Tasviriy san’at eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir, Uyg`onish davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi «Tabiat yaratgan shakllarning barcha sifatlariga o`z san’ating bilan: taqlid qilishda ustasi farang bo`lmasang, yaxshi musavvir bo`lmoging dargumon» deb ta’kidlash barobarida tasviriy san’atni egallash tabiatni o`rganish, uni sevish bilan naqadar bog`liqligini ko`rsatib, bu sohani o1ta murakkab soha ekanligini uqtirgan edi.
Tasviriy san’at o`z o`rnida haykaltaroshlik rangtasvir va grafika kabi turlarga bo`linadi. Tasviriy san’atda voqe’lik, borliq shakllar, chiziqlar, ranglar orqali tasvirlanadi.
Tasviriy san’at monumental va dastgoh ko`rinishlariga ham ega. Monumental deyilganda hajm jihatidan katta, me’morchilik, park, bog` san’atiga, shuningdek, biror bir badiiy muhitga mo`ljallangan tasviriy san’at asarlari tushuniladi. Dastgoh asari asosan erkin ijodiy faoliyat tufayli yaratiladi. Ularni xohlagan joyga qo`yish, namoyish qilish mumkin bo`ladi. Masalan: O`zbekiston milliy bog`idagi buyuk bobomiz Alisher Navoiyning haykali monumental asardir. Agar haykal ijodkorning o`z xohishi va ijodiy izlanishi miqyosida ishlansa hamda shu yo`sindagi asarlarga xos jihatlar amalga oshirilsa, bu dastgoh asari bo`lib uni muzeyga yoki o`quv darsxonalarga qo`yish mumkindir.
Tasviriy san’atning miniatyura yo`nalishi xarakteri va uslublari bilan alohida ajralib turadi. Miniatyura asarlarida rangtasvir va grafika turlary unsurlari ham ishtirok etadi. Miniatyura san’atidagi asarlar to`g`ri uch o`lchamli chiziqli perspektivaga asoslangan tasviriy san’at turlaridan ma’lum darajada farqlanadi. Ammo shu narsa ham ma’lumki, o`tmish miniatyura san’atinvng o`ziga xos sir asrorlari bo`lib, bu sohada o`rganilmagan badiiy muammolar juda ko`p. Miniatyura san’atining siru asrorlari va muammolari xususida ushbu kitobning miniatyurachi rassomlar rayoti va ijodi haqidagi mavzularida batafsilroq to`xtalishga harakat qilamiz.
Tasviriy san’at turlari
1. Haykaltaroshlik. Bu san’at ko`rinishiga qarab, dumaloq va qavariq (relf) haykallar yaratish turiga bo`linadi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan ko`rish mumkin. Agar bu san’atda inson obrazining bosh qismi yoki beligacha tasvirlansa bunday haykallar byust deb ataladi. Relef (qavariq) haykallar esa yuzaga bo`rttirib ishlangani uchun faqat bir tomondan ko`rishga mo`ljallangan bo`ladi. Releflar o`z o`rnida Gorel`ef va Barel`ef guruhiga bo`linadi. Gorel`ef yuzaga yopishgan holda nisbatan bo`rtib ko`rinadi. Goho biror bir bo`lagi dumaloq haykal darajasida ham bo`ladi. Barel`eflar yuzaga nisbatan kam bo`rtib tasvirlanadi, bu o`rinda tanga va taqinchoqlarni misol keltirish mumkin. Haykaltaroshlik san’ati asosan qattiq jismlardan tosh, yog`och, marmar, granit, bronza, gips va boshqa shu kabi materiallardan tayyorlanadi.
Haykaltaroshlik san’atining qadimgi namunalari xalqlarimizning tarixini. e’tiqodlarini, estetik dunyoqarashlarini, turmush tarzini o`zida aks ettirgani bilan qadrlidir.

Download 55.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling