1-ma’ruza: ma’lumot tushunchasi ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari ma’lumotlar turlari, ma’lumotlar tarkibi ma’LUMOTLAR ABSTRAKTSIYASI VA ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari ma’lumotlarning asosiy abstrakt turlari. Reja


Download 69.51 Kb.
bet2/7
Sana21.09.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1683932
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза

Dasturlash – bu nafaqat aqliy faoliyatni avtomatlashtirish, balki, ilmiy tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Qandaydir amaliy masalani yechish uchun dastur tuzish jarayoni quyidagi bir nechta bosqichlardan tashkil topgan:
1. Masalaning qo’yilishi (qo’yilgan masalaga texnik topshiriqni ishlab chiqish);
2. Rasmiylashtirish – formallashtirish (masalaning matematik qo’yilishi);
3. Masalani yechish usulini tanlash (yoki ishlab chiqish);
4. Algoritmni ishlab chiqish (algoritmlash);
5. Dastur tuzish (dasturlash);
6. Dasturni testlash va otladka qilish;
7. Natijalarni hisoblash va qayta ishlash hamda dasturni hujjatlashtirish (foydalanuvchi yo’riqnomasini ishlab chiqish).

Dasturlash jarayonini quyidagicha sxema orqali iqodalash mumkin: 



Matematik model


Ma’lumotlarning abstrakt turlari


Ma’lumot tuzilmasi

Norasmiy algoritm


Psevdo tildagi dastur


C++ tilidagi dastur

Birinchi bosqichda qo’yilgan masalaga matematik model tuziladi, buning uchun mos matematik model tadbiq qilinadi (masalan, graflar nazariyasiga o’xshash).


Keyingi bosqichda umumlashgan psevdo til - oddiy operatorlar va – S++ tilidagi konstruktsiyalar aralashmasi yordamida algoritm yoziladi.
Ushbu bosqichni norasmiy (formal bo’lmagan) operatorlarni almashtirish bilan davom ettiramiz.
Dasturlashning uchinchi bosqichida ma’lumotlarning har bir abstrakt turining tadbiqi ta’minlanadi va ushbu turdagi ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil operatorlar uchun protseduralar ishlab chiqiladi. Bu bosqichda barcha psevlo tilda yozilgan operatorlar C++ tilidagi kod bilan almashtiriladi. Bosqichning natijasi ishlaydigan dastur bilan yakunlanadi.

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling