1-ma’ruza: ma’lumot tushunchasi ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari ma’lumotlar turlari, ma’lumotlar tarkibi ma’LUMOTLAR ABSTRAKTSIYASI VA ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari ma’lumotlarning asosiy abstrakt turlari. Reja
Download 69.51 Kb.
|
1-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- yacheyka adresi
- Tashqi xotira
Tezkor xotira ma’lumotlarni o’z muhitida nisbatan doimiy saqlash uchun mo’ljallangan. Tezkor xotiraning muhim xususiyatlaridan biri bu adreslanganligi hisoblanadi. Bu xotira yacheykalari massividagi har bir xotira yacheykasi birqiymatli o’z nomi (identifikatori)ga egaligini anglatadi. Ushbu nom yacheyka adresi deb ataladi. Yacheyka adresi tezkor xotiraga murojaat qilgan mashina kommandasining operandi hisoblanadi. Zamonaviy hisoblash tizimlarida adreslash uchun ikkilik 8 razryaddan tashkil topgan bayt-yacheyka birligi qo’llaniladi. Tezkor xotiraning aniq yacheykalari yoki yacheykalar majmuasi dasturdagi aniq o’zgaruvchi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Lekin o’zgaruvchilar ishtirok etgan arifmetik hisoblashlarni bajarish uchun hisoblash boshlanmasdan oldin o’zgaruvchilar xotira yacheykasidan registrlarga o’tkazilishi zarur bo’ladi. Agar hisoblash natijasi ham ushbu o’zgaruvchiga o’zlashtirilgan bo’lsa, u holda natija qiymat ham yana mos registrdan ushbu o’zgaruvchiga bog’liq bo’lgan tezkor xotira yacheykasiga o’tkazilishi kerak. Dastur bajarilishi vaqtida uning komandalari va ma’lumotlari asosan tezkor xotira yacheykalarida joylashadi. Tezkor xotira elementlarining to’liq to’plami ba’zan asosiy xotira deb ham yuritiladi.
Tashqi xotira ma’lumotlarni uzoq muddat saqlab turish uchun mo’ljallangan. Bu xotiraning farqli tomoni shundaki, undagi ma’lumotlar dastur o’z ishini yakunlagandan keyin ham, hisoblash mashinasi elektr tokidan ajratib qo’yilganda ham saqlanib qoladi. Ya’ni biror bir dastur yordamida hosil qilingan (yoki tashqi xotirada saqlangan) ma’lumot ushbu dastur ishi yakunlangandan keyin va qayta ishga tushirilganda foydalanish uchun alohida saqlab qo’yilishi mumkin. Tashqi xotiradagi ma’lumotlarda bir necha marta qayta qayta foydalanish imkoniyati mavjud bo’ladi. Tashqi xotira dasturning o’zini saqlab qo’yish uchun ham qo’llaniladi. Tashqi xotiraning qiymati tezkor xotiradan kichik bo’lsa ham, uning ma’lumotlarni saqlash hajmi juda katta bo’ladi. Tashqi xotiraning yana bir vazifasi bajarilayotgan dasturning bajarilishi vaqtida zarur bo’lmagan kodi va ma’lumotlarini vaqtincha saqlab turish hisoblanadi. Faol bajarilayotgan dastur va u qayta ishlayotgan ma’lumotlar albatta tezkor xotiraga ko’chirib o’tkazilgan bo’lishi kerak, ya’ni tashqi xotira bilan registrlar o’rtasida ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish imkoniyati mavjud emas. Ma’lumotlarni saqlovchi qurilma sifatida tashqi xotira ham tezkor xotiraga o’xshash adreslangan xususiyatga ega. Shuning uchun tashqi xotiradagi ma’lumotlar tuzilmasi ham tezkor xotiradagidek, ularni qayta ishlash algoritmlar ham bir xil bo’ladi. Lekin tashqi xotiraning fizik muhitida butunlay boshqa ko’rinishga ega bo’lib, undagi adreslarga kirish boshqa vaqtinchalik xususiyatlarga ega. Tezkor xotira uchun samarali bo’lgan tuzilmalar va algoritmlar tashqi xotira uchun ishlamasligini bildiradi. Qayta ishlanadigan axborotlarning katta hajmi real hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Muayyan masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan axborotlar, muammoga bog’liq bo’lgan aniq ma’lumotlar majmuasidan tashkil topadi. Ixtiyoriy masalani yechishda mavhumlashtirish darajasini tanlash zarur, ya’ni real holatni tavsiflovchi ma’lumotlar to’plamini aniqlash kerak bo’ladi. Tanlab olishda hal qilinishi zarur bo’lgan masalani uchun ma’lumotlarni to’g’ri boshqarish zarur. Keyinchalik ushbu ma’lumotlarni tavsiflash usulini tanlab olish kerak bo’ladi. Download 69.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling