1-ma’ruza mashg‘uloti mavzu: Leksikologiya. Leksemaning semantik tarkibi. Bir ma’nolilik, ko’p ma’nolilik. Reja


Download 41.76 Kb.
bet1/4
Sana23.10.2023
Hajmi41.76 Kb.
#1717189
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-MA’RUZA MASHG‘ULOTI
Mavzu: Leksikologiya. Leksemaning semantik tarkibi. Bir ma’nolilik, ko’p ma’nolilik.
Reja :

  1. Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari.

  2. Leksemaning semantik tarkibi.

  3. Leksik ma’no taraqqiyoti: ma’no ko‘chish usullari.

MAQSAD: Talabalarda leksikologiya bo‘limi, leksikologiya turlari, so‘zning leksik birlik sifatidagi mohiyati, leksik ma’no tarkibidagi semalar, leksemaning uzual va okkozional ma’nolari, leksik polisemiya haqidagi yangi bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Tayanch tushunchalar: leksikologiya, leksema, leksik ma’no, sema, atash semasi, ifoda semasi,ifoda semalari, vazifa semalari; uzual ma’no, okkozional ma’no, polisemiya, metafora, metonimiya, vazifadoshlik, sinekdoxa, kinoya. 1. Leksikologiyaning obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari
Obyekti - tilning lug‘at boyligi.
Predmeti - lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy хususiyatlarini,
taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath)
bilan aloqasini tadqiq qilish.
Maqsadi –talabalarda leksikologiyaning obyekti va predmeti haqida
mustahkam bilim darajasini shakllantirish
Vazifalari a) muayan tilning lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish
jarayonlari, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstralingvistik)
omillarning ishtirokini o‘rganish; b) lug‘aviy birliklarning funksional-semantik
tavsifini berish, ularning lisoniy va uslubiy vositalar sifatidagi хususiyatlarini
yoritish; d) lug‘at boyligidagi eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarni, tematik
guruhlar va mikrosistemalarni aniqlash; e) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar
bilan qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish.
Leksikologiyada lug‘at boyligining sistema sifatida o‘rganilishi:
Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi sistema sifatida o‘rganiladi, chunki bu
boylik so‘zlar va iboralarning oddiy, meхanik yig‘indisi emas, balki o‘zaro aloqada
bo‘lgan, birining bo‘lishi ikkinchisining bo‘lishini taqozo qiladigan lugaviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi so‘z va elementlar yaхlit bir “organizm”ning “to‘qimalari” va “hujayralari” munosabatida bo‘ladi.

Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling