1-ma’ruza mashg‘uloti mavzu: Leksikologiya. Leksemaning semantik tarkibi. Bir ma’nolilik, ko’p ma’nolilik. Reja
Download 41.76 Kb.
|
1-ma\'ruza
Turkumlik semalari – leksemaning mazmun planidagi uchinchi komponent. Bunday semalar leksik ma’noga tayangan holda leksemalarning grammatik ma’nolarini belgilaydi, shu asosda leksemalarning leksik-grammatik guruhlanishi – so‘z turkumlariga uyushishi ta’minlanadi. Qiyos qiling: daftar – «predmetning bir turi» (leksik ma’no), kitob – «predmetning boshqa bir turi» (leksik ma’no), yozmoq - «harakatning bir turi» (leksik ma’no), yurmoq - «harakatning boshqa bir turi» (leksik ma’no). Bu ma’nolar yuqorida keltirilgan har bir leksemaning o‘zinikidir: kitob leksemasi «daftar»ni, daftar leksemasi «kitob»ni anglatmaydi; shuningdek, yozmoq leksemasi «yurmoq»ni, yurmoq leksemasi esa «yozmoq»ni ifodalamaydi. Biroq daftar va kitob leksemalarining ikkalasida «predmetlik» semasi, yozmoq va yurmoq leksemalarining ikkalasida esa «harakat» semasi ham borki, ular daftar va kitob leksemalarini ot turkumiga, yozmoq va yurmoq leksemalarini esa fe’l turkumiga birlashtiradi. Har bir so‘z turkumining ichki kategoriyalariga xos ma’nolar – otlarda egalik, kelishik, birlik, ko‘plik; fe’llardagi shaxs-son, zamon, mayl; sifatlardagi daraja ham turkumlik semalariga asoslanadi. Demak, leksik ma’noda xususiylik, individuallik, grammatik ma’noda esa umumiylik ustun turadi. Bunday tafovutlanish leksemaning mazmun mundarijasidagi leksik ma’no semalari bilan turkumlik semalari o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. («Leksik ma’noning semantik tarkibi» bahsiga ham qarang.)
103103 Qarang: Головин Б.Н. Введение в языкознание. – М.: "Высшая школа", 1977, с.71. 104104 Головин Б.Н. Ko’rsatilgan asar, 73-б. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling