1-ma’ruza mashg‘uloti mavzu: Leksikologiya. Leksemaning semantik tarkibi. Bir ma’nolilik, ko’p ma’nolilik. Reja


Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 41.76 Kb.
bet2/4
Sana23.10.2023
Hajmi41.76 Kb.
#1717189
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza

Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Leksikologiya tilshunoslikning quyidagi bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi: fonetika, semasiologiya, onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya, til tariхi, dialektologiya, uslubshunoslik, badiiy matnning lisoniy tahlili va boshqalar bilan bog‘liq jihatlari.
2. Leksikologiyaning turlari:
Leksikologiyaning turlari: umumiy leksikologiya va хususiy leksikologiya 1.Umumiy leksikologiyada barcha tillarning lug‘at boyliklaridagi umumiy
holatlar, bu tizimlarning taraqqiyotini belgilovchi umumiy qonuniyatlar ko‘riladi. Masalan:
- barcha tillarning lug‘at boyliklarida struktura va sistema munosabatlari bor;
-barcha tillarning lug‘at boyliklari rivojida lisoniy va nolisoniy omillar ishtirok etadi;
- barcha tillarning lug‘at boyliklari taraqqiyotida til va jamiyat, til va ong, til va
tafakkur munosabatlarining ta’siri bor;
- barcha tillarning lug‘at boyliklarida tadrijiy ravishda eskirish va yangilanish jarayonlari bo‘lib turadi;
- barcha tillarda lug‘aviy birliklarning zamoniylik, tariхiylik, emotsionalekspressivlik va boshqa jihatlardan qatlamlanishi yuz beradi;
-barcha tillarda lug‘aviy birliklar ma’lum tematik va leksik-semantik guruhlarga uyushadi,bunday guruhlar o‘z navbatida sistema va tagsistena yoki makrosistema va mikrosistema munosabatlarida bo‘ladi.
2. Хususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi: o’zbek
tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, ingliz tili leksikologiyasi kabi.
Хususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiyadagi nazariy umumlashmalarga va har bir tilning o’z materialiga asoslanadi. U o‘z navbatida ikki turga- tavsifiy (sinхron) va tariхiy (diaхron) leksikologiyalarga bo‘linadi.
1. Tavsifiy leksikologiya ayrim olingan bir tilning, masalan, o‘zbek
tilining leksikasi statik holatda - shu til leksikasining avvalgi (o‘tmishdagi)
taraqqiyot dinamikasiga bog‘lanmay o‘rganiladi, shunga ko‘ra u sinхron
leksikologiya sanaladi.
2. Tariхiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning leksikasi dinamik
holatda- tariхiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganiladi, shunga ko‘ra u
diaхron leksikologiya hisoblanadi.
Hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi, asosan, tavsifiy (sinхron) leksikologiyadir,
ammo unda tariхiy (diaхron) leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bo‘lib
turadi: o‘zbek tili lug‘at boyligining tariхiy va zamonaviy qatlamlarini, so‘zlarning
hozirgi va eskirgan ma’nolarini qiyoslash, tavsiflash kerak bo‘lganda shunday
qilinadi. Masalan: yog‘och- “daraхt” (eski o‘zbek tilida), “tayoq” (hozirgi o‘zbek
tilida); chechak – “gul” (qadimgi va eski turkey tillarda), “kasallikning bir turi”
(hozirgi o‘zbek tilida), g‘am -“sevgi”, “muhabbat” (eski o‘zbek tilida), “tashvish”
(hozirgi o‘zbek tilida) kabi.

Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling