1-ma’ruza mashg‘uloti mavzu: Leksikologiya. Leksemaning semantik tarkibi. Bir ma’nolilik, ko’p ma’nolilik. Reja
Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 41.76 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Leksikologiyaning turlari
- 2. Хususiy leksikologiya
Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Leksikologiya tilshunoslikning quyidagi bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi: fonetika, semasiologiya, onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya, til tariхi, dialektologiya, uslubshunoslik, badiiy matnning lisoniy tahlili va boshqalar bilan bog‘liq jihatlari. 2. Leksikologiyaning turlari: Leksikologiyaning turlari: umumiy leksikologiya va хususiy leksikologiya 1.Umumiy leksikologiyada barcha tillarning lug‘at boyliklaridagi umumiy holatlar, bu tizimlarning taraqqiyotini belgilovchi umumiy qonuniyatlar ko‘riladi. Masalan: - barcha tillarning lug‘at boyliklarida struktura va sistema munosabatlari bor; -barcha tillarning lug‘at boyliklari rivojida lisoniy va nolisoniy omillar ishtirok etadi; - barcha tillarning lug‘at boyliklari taraqqiyotida til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlarining ta’siri bor; - barcha tillarning lug‘at boyliklarida tadrijiy ravishda eskirish va yangilanish jarayonlari bo‘lib turadi; - barcha tillarda lug‘aviy birliklarning zamoniylik, tariхiylik, emotsionalekspressivlik va boshqa jihatlardan qatlamlanishi yuz beradi; -barcha tillarda lug‘aviy birliklar ma’lum tematik va leksik-semantik guruhlarga uyushadi,bunday guruhlar o‘z navbatida sistema va tagsistena yoki makrosistema va mikrosistema munosabatlarida bo‘ladi. 2. Хususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi: o’zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, ingliz tili leksikologiyasi kabi. Хususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiyadagi nazariy umumlashmalarga va har bir tilning o’z materialiga asoslanadi. U o‘z navbatida ikki turga- tavsifiy (sinхron) va tariхiy (diaхron) leksikologiyalarga bo‘linadi. 1. Tavsifiy leksikologiya ayrim olingan bir tilning, masalan, o‘zbek tilining leksikasi statik holatda - shu til leksikasining avvalgi (o‘tmishdagi) taraqqiyot dinamikasiga bog‘lanmay o‘rganiladi, shunga ko‘ra u sinхron leksikologiya sanaladi. 2. Tariхiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning leksikasi dinamik holatda- tariхiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganiladi, shunga ko‘ra u diaхron leksikologiya hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi, asosan, tavsifiy (sinхron) leksikologiyadir, ammo unda tariхiy (diaхron) leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bo‘lib turadi: o‘zbek tili lug‘at boyligining tariхiy va zamonaviy qatlamlarini, so‘zlarning hozirgi va eskirgan ma’nolarini qiyoslash, tavsiflash kerak bo‘lganda shunday qilinadi. Masalan: yog‘och- “daraхt” (eski o‘zbek tilida), “tayoq” (hozirgi o‘zbek tilida); chechak – “gul” (qadimgi va eski turkey tillarda), “kasallikning bir turi” (hozirgi o‘zbek tilida), g‘am -“sevgi”, “muhabbat” (eski o‘zbek tilida), “tashvish” (hozirgi o‘zbek tilida) kabi. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling