1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja
Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari
Download 351.28 Kb.
|
1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in x-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tugatgandan keyingi xavfsizlik talablari
Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari
Ish vaqtida avariya vaziyatlari yuzaga kelganda ishchi quyidagilarga majbur: Stanokni to'xtatish, o'chirish choralarini ko'rish va darxol ish rahbariga xabar qilish; Yong'in vujudga kelgan holatlarda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida o't o'chiruvchilarni chaqirish; Jabrlanganlar mavjud bo'lgan hollarda, jabr ko'rgan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish; Jabrlanuvchini qutqarish uchun kerakli choralarning muhimligi tartibiga qarab bajarish, ya'ni nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar; Tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga tashish choralarini ko'rish; Voqea joyidagi holatni mumkin qadar saqlab qolish. Ish tugatgandan keyingi xavfsizlik talablari Ish tugatilgandan so'ng ishchi quyidagilarga majbur: Stanok va elektrodvigatelni o'chirish; Ish joyini tartibga keltirishi: stanokdan qirindilarni olishi, stanokni tozalashi, stanokning ishqalanuvchi va yo'naltiruvchi yuzalarini artish va moylash. Asboblarni maxsus birkitilgan joylariga olib qo'yish; Smenali ishda, stanokni smenachiga topshirish; Maxsus ish kiyimi va poyafzalni shkafga yoki maxsus jixozlangan xonaga olib qo'yish; Ish tugugandan sung masterga ish davomida stanokda va moslamalarda aniqlangan barcha nosozliklar haqida xabar qilish; Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish yoki dush qabul qilish Ushbu yo'riqnoma boshqarish pultidan turli detallarga dastur bilan boshqariladigan (DBB) sozlangan stanoklarda ishlov berish jarayonini bajaradigan dastur bilan boshqariladigan stanoklar operatori uchun mo'ljallangan. Ko'p maqsadli raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklarga xizmat ko'rsatish (RDBB 6 razryaddan). DBB stanoklar operatori bo'lib ishlashga ruxsat beriladigan shaxslar: tibbiy ko'rikdan o'tganlar; kasbiy ko'nikmaga ega bo'lgan, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shakldagi guvohnoma olganlar; kirish instruktajini, shuningdek bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tish ("Nizom"ga muvofiq); mehnat sharoitlari bo'yicha yuk ko'tarish mexanizmlar yordamida yuklarni ko'tarish, tashish va o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan DBB stanoklar operatori "Nizom"ga muvofiq qo'shimcha maxsus o'qishni o'tishi kerak; DBB stanok operatori quyidagilarga majbur: ichki mehnat tartibi qoidalarini, korxonadagi mehnat va dam olish tartibini bajarish; belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik; ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish; ish vaqtida yonida ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi to'g'risidagi guvohnoma bo'lishi; korxonada amal qiluvchi me'yorlarga muvofiq berilgan maxsus kiyim, maxsus poyabzal, saqlovchi moslamalar va himoya vositalardan foydalanish; yong'in xavfsizligi talablarini bajarish; baxtsiz hodisa ro'y berganda jabrlanganlarga shaxsga birinchi yordamni ko'rsatishni bilish, imkoni boricha voqea sodir bo'lgan joyda vaziyatni saqlab turish va sodir bo'lgan voqea haqida bevosita rahbarga xabar berish; ish bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish; stanoklarning, mexanizmlarning aniqlangan nosozliklari va xavfsizlik talablari buzilishining boshqa holatlari haqida ustaga (brigadirga) xabar berish va tegishli choralar ko'rilgunga qadar ishga kirishmaslik; Xizmat ko'rsatiladigan DBB va RDBB stanoklar tuzilishini bilish; Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar mehnat ichki tartib qoidalariga (MITQ) muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. DBB stanoklar operatoriga ish vaqtida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir etishi mumkin: jihozning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari; el. toki; moylovchi - sovituvchi suyuqliklar (MSS). DBB va RDBB stanoklarda ishlaganda quyidagilar lozim: "Stanok uchun qo'llanma"da bayon qilingan stanoklarga qarash va xizmat ko'rsatish ko'rsatmalarini, shuningdek stanokdagi ogohlantiruvchi jadval talablarini bajarish; kesuvchi asbobni o'rnatish va yechib olish, shuningdek o'lchash ishlarini stanok to'liq to'xtagandan keyin amalga oshirish; kesish joyini yopuvchi himoya ekrani, support to'sig'ining, asboblar qutisining (magazini) va almashinadigan tishli g'ildirakning himoya kojuxi bilan ishlash; klyuchning uzilishidan ehtiyot bo'lish, gaykaga klyuchni to'g'ri qo'yish, gaykani siltov bilan qismaslik; stanok ishlayotganda ishlayotgan stanok orqali predmetlarni olmaslik va uzatmaslik, bolt, gayka va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini tortib mahkamlamaslik; ishlov berilayotgan detalga yoki keskichga qirindi o'ralishidan ehtiyot bo'lish va chirmashadigan qirindilarni o'ziga yo'naltirmaslik; ishlov berilayotgan detaldagi g'udurlardan ehtiyot bo'lish; ish joyidan qirindilarni o'z vaqtida olib tashlanishini kuzatish; Quyidagilar hollarda stanokni albatta to'xtatish va elektryuritgichni uzish: stanok yonidan qisqa muddatga bo'lsa ham ketganda (ikki yoki bir nechta stanokka xizmat ko'rsatish topshirilgan bo'lmasa); ishni vaqtincha to'xtatganda; elektr energiya uzatish uzilsa; stanokni yig'ishtirganda, tozalaganda, moylaganda; stanok ishlashida nosozliklar aniqlansa; bolt, gayka va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini burab mahkamlaganda; detallarni o'rnatganda, o'lchaganda va almashtirganda; keskichning kesuvchi qirrasini tozalaganda va tekshirganda; stanok shkivlaridan tasmalarni yechib olganda va kiydirganda; Detallarga ishlov berganda, ushbu detal uchun operatsion kartada ko'rsatilgan kesish tartibini qo'llash. Stanok va ishga tushiruvchi moslamalarni ta'mirlaganda stanokka "Ulamang - odamlar ishlayapti" yozuvli plakat osib qo'yilgan bo'lishi kerak. Taqiqlanadi! Stanokda elektron boshqarish tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish, bu uchun ustani xabardor qilish, ishni to'xtatish va stanokni uzish kerak. Stanokka tegishli dastur asosida kesuvchi asbobni chiniqtirish va sozlash ishlarini (mexanik qutidagi asboblar to'plami) texnologik kartada ko'rsatilgan ketma - ketlikda, mexanik qutidagi to'g'ri to'plam bilan amalga oshirish. Asbobni har bir sozlangandan keyin boshqaruv pultini kalit bilan dastur bilan boshqarish himoya darajasiga qo'yish. Detallarni o'lchash ishlarini stanok ishlaganda bajarmaslik. Ishlov berilayotgan detalning massasi va tashqi o'lchamlari stanokning pasport ma'lumotlarga muvofiq bo'lishi kerak. Charxlash stanogida keskichni charxlaganda, keskichni qo'lda mahkam ushlash, qo'l ostligi va charxtoshi orasida qadalib qolishiga qo'ymaslik kerak. Jilvirtosh doirasi va qo'l ostligi orasidagi tirqish 3mm dan ko'p bo'lmasligi kerak. Detalni kulachokli patronga mahkamlanganda yoki planshaybadan foydalanganda detalni kulachoklar bilan imkon qadar kattalikka qamrab olish. Detalni kulachoklar bilan mahkamlagandan keyin patrondan yoki planshaybadan ularning tashqi diametr chegaralaridan chiqib turishiga yo'l qo'yilmaydi. Patronni yoki planshaybani shpindelga o'rnatganda (burab qo'yganda) ular ostiga patron (planshayba ) shaklidagi o'yilgan yog'och taglikni qo'yish. Og'ir patron va planshaybalarni yuk ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish. Orqa babka markazi bilan tiralmagan kulachokli patronga faqat kalta, uzunligi ikki diametrdan oshmaydigan, muvozanatlashgan detallarni mahkamlash mumkin, boshqa holatlarda tirab qo'yish uchun orqa babkadan foydalanish. Detallarga markazlarda ishlov berganda, orqa babka o'rnatilgan - o'rnatilmaganligini tekshirish va buyumni o'rnatgandan keyin markazni moylash. Katta tezlikda ishlaganda stanokka tegishli aylanuvchi markazni qo'llash. Yeyilgan yoki tiqilgan markazlar bilan ishlashga yo'l qo'yilmaydi. Quyma zagotovkalarni bolg`alashda sifatli metal ma`lum deformatsiyaga duch kelganidagina hosil bo`ladi. Uni bolg`alanish koeffisienti, ya`ni ko`ndalang kesimni bolg`alashgacha va bolg`alashdan keying yuzalarining nisbatiga ko`ra baholanadi: konstruktsion materiallar uchun bolg`alanish koeffisienti 2,5-4; ko`p legirlangan po`latlar uchun 10-12 gacha. Bolg`alash jarayonini elementar jarayonlarga ajratish mumkin. Bularga cho`ktirish, teshish, qirqish, bukish va burash kiradi. Yoritish Insоn hаyot fаоliyati uchun yorug’lik kаtttа аhаmiyatgа egа. Kishi o’zini o’rаb turgаn muhit to’g’risidаgi mа’lumоtlаrni 90 % dаn ko’prоg’ini ko’rish оrgаnlаri yordаmidа оlаdi. Shuning uchun hаm kоrxоnаlаrdаgi uskunа, jihоzlаrni bоshqаrish vа nаzоrаt qilishdа rаtsiоnаl yoritish nаtijаsidа sifаtli mаhsulоt ishlаb chiqаrish bilаn birgа ish shаrоitlаri yaxshilаnаdi, ishchilаrni chаrchаshdаn sаqlаydi, mеhnаt unumdоrligini оshirаdi vа shu bilаn birgаlikdа shikаstlаnishlаrni оldini оlishdа, yaroqsiz mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrishni kаmаyishigа оlib kеlаdi hаmdа kаsb kаsаlligi, shаl, shаpko’rlikni оldini оlаdi. Sаnоаt kоrxоnаlаri yorug’lik mаnbаining turigа qаrаb, 2 xil usuldа yoritilаdi : 1. Tаbiiy quyosh yorug’ligi yordаmidа yoritish ( bundа quyosh tаrqаtаdigаn nurdаn to’g’ridаn- to’g’ri fоydаlаnilаdi yoki quyosh nurining tа’siridаn yorug’lik tаrqаtаyotgаn оsmоnning diffuziya yorug’ligidаn fоydаlаnilаdi.) 2. Quyosh yordаmidа yoritishning imkоni bo’lmаgаn sаnоаt kоrxоnаlаrining ish o’rinlаri elеktr nurlаri yordаmidа, sun’iy yoritish yo’li bilаn аmаlgа оshirilаdi. Tаbiiy yorug’lik o’zining bаrchа xususiyatlаri bilаn sun’iy yoritishdаn kеskin fаrq qilаdi. Tаbiiy yorug’lik insоnning ko’rish а’zоlаri vа bоshqа fiziоlоgik jаrаyonlаrning bоrishi uchun zаrur bo’lgаn ultrаbinаfshа nurlаrgа bоy vа buyorug’lik bilаn yoritilgаn xоnаlаrdа ishlаsh ko’zning fаоliyati uchun fоydаlidir. Sаnоаt kоrxоnаlаridаgi ishlаb chiqаrish binоlаrini yoritishdа quyidаgi tаlаblаr qo’yilаdi: 1.Ish o’rinlаrini yoritish sаnitаriya gigiеnа mе’yorlаri аsоsidа ish tоifаlаrigа mоs kеlishi. 2.Ish оlib bоrilаyotgаn yuzgа vа ko’zgа ko’rinаdigаn аtrоf muhitgа yorug’lik bir tеkis tushаdigаn bo’lishi. 3 Ishchi yuzаlаrdа kеskin sоyalаr bo’lmаsligi. 4. Ish o’rinlаridа to’g’ridаn - to’g’ri yoki nur qаytishi nаtijаsidа hоsil bo’lаdigаn yaltirаshi ishlоvchilаrning ko’zini qаmаshtirmаsligi. 5. Yoritilish miqdоri vаqt bo’yichа o’zgаrmаs bo’lishi. 6. Ish jоyi bilаn tеvаrаk аtrоf bir biridаn kеskin fаrq qilmаsligi. 7. Yoritgichlаrdаn tushаyotgаn yorug’lik nuri to’g’ri yo’nаltirilgаn bo’lishi vа hоkаzоlаr. Ishlаb chiqаrish binоlаridаgi ish o’rinlаridа sаnitаriya gigiеnа mе’yoriy shаrоitlаrni yarаtish mаqsаdidа hаmmа ishlаb chiqаrish binоlаri, mа’muriy idоrаlаr, mаishiy xоnаlаr kunduz kunlаri tаbiiy yorug’lik bilаn Ishlаb chiqаrish binоlаrini tаbiiy yoritish mаnbаi quyosh bo’lgаnligi sаbаbli uning rаvshаnlik dаrаjаsi ko’pginа оmillаrgа ya’ni : gеоgrаfik kеnglik, yil fаsli, quyoshning hоlаti, hаvоning tоzаlik dаrаjаsi, hаvоdаgi bulutlаrning ko’p-kаmligi, kunduz kunning vаqti vа bоshqа оmillаrgа bоg’liq bo’lаdi. Shuning uchun tаbiiy yoritilgаnlikni mе’yorlаshtirish uchun оlib bоrilаdigаn hisоblаsh ishlаrini bаjаrishdа tаbiiy yoritilgаnlik kоeffitsiеnti kаttаligidаn fоydаlаnilаdi. Ishlаb chiqаrish binоlаridаgi ish o’rinlаrini yoritishdа tungi pаytlаrdа tаbiiy yorug’lik bo’lmаgаnligi uchun sun’iy yoritish tizimlаridаn fоydаlаnilаdi. Ishlаtilishigа ko’rа sun’iy yoritish quyidаgilаrgа bo’linаdi : 1) ishchi 2) buzulish ro’y bеrgаndа ( аvаriyali ) 3) оdаmlаr vа mоddiy bоyliklаrni evаkuаtsiya qilish 4) qo’riqlаsh uchun mo’ljаllаngаn 5) nаvbаtchi Sun’iy yoritishning quyidаgi usullаri mаvjud: 1) umumiy 2) murаkkаb 3) mаhаlliy Ishlаb chiqаrish binоlаrini umumiy yoritishdа chirоqlаr binоning yuqоri qismigа o’rnаtilib, binоning ikki qismi bir tеkisdа yoki uskunаlаrni jоylаshtirishni hisоbgа оlgаn hоldа yoritilаdi. Ishlаb chiqаrish binоlаrini murаkkаb yoritishdа, umumiy yoritishgа ko’shimchа rаvishdа ish jоylаrini mаhаlliy yoritish mаnbаlаridаn fоydаlаnilаdi. Mаhаlliy yoritishdа yoritgichning yorug’lik оqimi o’tа аniqlik tаlаb qilаdigаn ishni bаjаrаyotgаn uskunаgа yo’nаltirilаdi. Download 351.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling