1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


-MA`RUZA  Mavzu: Mikroorganizmlar kulturalarini o`stirishning biotexnologik asoslari


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

14-MA`RUZA 
Mavzu: Mikroorganizmlar kulturalarini o`stirishning biotexnologik asoslari. 
Reja: 
1. Mikroorganizmlar manbalarini tanlash va ajratish. 
2. Mikroorganizmlar kulturasini o`stirish.. 
3. Ozuqa muhitlar. 
Biotexnologik jarayonning mohiyatini belgilovchi asosiy bo’g’in hujayra xisoblanadi. 
Unda kerakli mahsulot sintezlanadi. Yu.A.Ovchinnikov aytganidek hujayra uziga xos 
kichkina ximiyaviy zavod bo’lib, unumdorlikda, kelishilgan xolda ma’lum dastur asosida 
ishlaydi. Unda minutida 100lab murakkab birikmalar, gigant biopolimerlar va 1-nchi 
novbatda-oqsillar sintezlanadi. 
Xozirgi biotexnologik ishlab chiqarishning asosi - bu mikrobiologik sintezdir, ya’ni har 
xil moddalarni mikroorganizmlar yordamida sintezlanishidir. O’simlik va xayvon ob’ektlari 
kengi qo’llanilmaydi, chunki ularning o’stirish sharoitiga talabi yuqori, bu esa ishlab 
chiqarishni qimmatlashtiradi. Ob’ekt tabiatidan kat’iy nazar biotexnologik jarayonning 
boshlagich davrida hujayra va to’qimaning toza kul’turasini olish zarur. Bu kul’turalar bilan 
manipulyasiyalar 
bajarish 
mikrobiologiyaning 
klassik 
usullariga 
asoslangan. 
Mikroorganizmlar dunyosi xilma-xil bo’lib, ularga bakteriyalar, aktinomisetlar, rikkestiyalar-
prokariotlar va achatki, ipsimon zamburug’lar, sodda xayvonlar, suv o’tlari kabi-eukariotlar 
kiradi. Xozirgi vaqtda 100 mingdan ortik mikroorganizmlar turlari mavjud. Bu 
mikroorganizmlar ichidan bizni qiziktiruvchi formalarni topish zarur. U yoki bu modda hosil 
kiluvchimikroorganizmni qanday tanlash mumkin? 
Bu masalani xal qilish uchun mikroorganizmlar tanlanadi. Ularning namunasi ular 
yashaydigan joydan olinadi. Masalan, uglevodorodlarni oksidlaydigan mikroorganizmlar 
benzokolonka yakinidagi tuprokdan, vino achitqisi uzumda ko’p uchraydi, anaerob 
sellyuloza parchalovchi va metan hosil kiluvchi mikroorganizmlar kavsh qaytaruvchi 


xayvonlar katkorinida uchraydi.Olingan namunalar maxsus tarkibi suyuq oziq muhitiga 
solinadi. Bunday muhit elektiv deb ataladi.Har qanday muhitdagi har xil faktorlar 
o’zgartirilib bizni kichiqtiruvchi produsent rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday 
omillarga energiya , uglevod, azot, pH qiymapti, harorat osmatik bosim va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
Xolesterinoksidaza tuplanishi uchun uglerodning eng birinchi manbai sifatida 
xolesterindan foydalaniladi, uglevodorod oksidlovchi mikroorganizmlar uchun o’stirish 
muhiti sifatida parafin olinadi. 
Mikroorganizmlarning tuplovchi muhiti shunday olinadi. Keyingi bosqich-toza kul’turalar 
ajratish. Buning uchun qattiq oziq muhiti olinadi, unda tuplovchi muhitdan nomunalar olinib 
eqiladi. Mikroorganizmlarning aloxida hujayralari qattiq muhitda aloxitda koloniyalar hosil 
qiladi. Bu koloniyalar qayta ekilib produsentning toza kul’turasi olinadi.
 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling