1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
Biotexnologiyaning dolzarb vazifalari
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
Biotexnologiyaning dolzarb vazifalari.
Biotexnologiyaning 1-chi vazifasi sifatida qo’yidagi larni hosil qilish va xalk xujaligida keng qo’llash belgilangan . -Tibbiyot uchun yangi biologik faol moddalar va dorivor preparatlar (interferon, insulin, odam buyini o’stiruvchi gormon , monoklonal antitela va.x.zo) ulardan sog`liqni saqlashda, oldindan diagnoz quyishi va og’ir kasallarni davolashda foydalanish, shu jumladan virusli preparatlar olish. -o’simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilishining mikrobiologik vositalari, bakterial o’g’itlar, o’simlikni o’stiruvchi regulyatorlar, yangi serhosil, muhitning noqulay omillariga chidamli nav va gibridlarini gen va hujayra injeneriyasi usullari yordamida olish. - chorva mollarining mahsuldorligini oshirish uchun qimmatli oziqa qo`shimchalari va biologik aktiv moddalar (oziqabop oqsil, aminokislotalar, fermentlar, vitaminlar, veterenariya preparatlari va.x.zo) -qishloq xo’jalik xayvonlarininga effektiv profilaktikasi, diagnostikasi va terapiyasi uchun bioinjeneriyaning yangi usullarini qo’llash. - oziq-ovqat, kimyo, mikrobiologiya va boshqa sohalarda foydalanish maqsadida muhim xo’jalik mahsulotlari olish yangi texnologiyasini yaratish. - qishloq xo’jalik, sanoat va maishiy xizmat qoldiqlarini qayta ishlashning chuqur va effektiv texnologiyasini qo’llash, korxonalar foydalangan suv va gaz qoldiqlaridan biogaz va o’g’itlar olishda foydalanish. Mutaxasislarining xisob kitobiga qaraganda 90-yillarining o’rtalarida biotexnologik mahsulotlar, ishlabchiqarish hajmi 130-150 mlrd sumi tashkil etadi. Bu muommalarni xal etish ancha mushkul ish, chunki tirik organizm juda murakkabdir. Har qanday bioob’ekt - bir butun sistemadir, uning elementlarining birortasini erkin o`zgartirib bo’lmaydi, albatta boshqa elementlari ham o’zgarishga uchraydi. Har qanday ta’sir ob’ektda faqat foydali, bizning xoxishimizga mos o’zgarishga olib kelmaydi, genomning qayta kurish, o’zgarishi organizmning birdan bir nechta belgilariga ta’sir etadi. Odamda hujayralarni rak hujayralariga aylantiradigan, ya’ni qayta o’zgartiradigan genlar mavjud. Undan tashkari ekosistema bir butun sistema bo’lib uning biror bir komponentining o’zgarishi boshqa komponentlariga uz ta’sirini ko’rsatadi. Madaniy o’simlikka plazmida yordamida transplantasiyalangan gen, keyinchalik begona utga ham utkazilishi mumkin . Genetik va hujayra injeneriyasining prokariot organizmlardagi muvofakiyati yuqorida kursatilgan qiyinchiliklarni xal qilish mumkinligini ko’rsatadi. Murakkab sistemalarda esa, ya’ni eukariot organizmlarda fundamental bilimlar tuplanilib birinchi kadam tashlanmoqda. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling