1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


-MA`RUZA  Mavzu: Biotexnologiyaning qisqacha tarixi. Biotexnologiyaning zamonaviy


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

2-MA`RUZA 
Mavzu: Biotexnologiyaning qisqacha tarixi. Biotexnologiyaning zamonaviy 
yo`nalishlari
.
 
Reja: 
3. Biotexnologiyaning qisqacha tarixi. 
4. Biotexnologiyaning zamonaviy yo`nalishlari. 
Biotexnologiyaning qisqacha rivojlanish tarixini quyidagi jadval orqali ifodaladik. 


Sana 
Voqealar 
1917 
Karl Ereki «biotexnologiya” terminini kiritgan 
1943 
Sanoat miqyosida penitsillin ishlab chiqarilgan 
1944 
Everi, Mak Leod va Mak Kartilar genetik material DNKdan 
tuzilganligini ko’rsatib berishgan 
1953 
Uotson va Krik DNK molekulasining tuzilishini aniqlashgan 
1961 
“Biotexnologiya va bioinjeneriya” jurnali ta’sis etilgan 
1961-1966 
Genetik kod rasshifrovka qilindi 
1970 
Birinchi restriksion endonukleaza ajratib olingan 
1972 
Тo’liq hajmli tRNK geni sintez qilingan 
1973 
Rekombinant DNK texnologiyasiga asos solingan 
1975 
Monoklonal antitela olingan 
1976 
Rekombinant DNKni olish bo’yicha yo’riqnoma ishlangan 
1976 
DNKning nukleotid ketma-ketligini aniqlash metodi ishlab 
chiqilgan 
1978 
E.coli yordamida inson insulini ishlab chiqilgan 
1982 
Rekombinant DNK texnologiyasi bo’yicha olingan 1 vaksinani 
hayvonlarda qo’llashga ruxsat berilgan 
1983 
Gibrid 
Ti–plazmidadan 
foydalanib 
o’simliklar 
transformatsiyalangan
1988 
Polimerazaning zanjir reaksiyasi metodi yaratilgan 
1990 
Insonning somatik hujayrasidan foydalanib gen terapiyasi sinash 
rejasi tasdiqlandi 
1990 
“Inson genomi” loyihasi bo’yicha ishlar boshlandi 
1994-1995 
Inson xromosomasining genetik va fizik haritasi chop etildi 
1996 
Rekombinant DNK katta miqdorda sotildi 
1997 
Somatik hujayradan sut emizuvchi klonlashtirildi 
O’zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanishi va shakllanishini O’zR FA akad. 
O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik Kimyo instituti tashkil etilganidan bilishimiz mumkin. 
Ushbu institut 1977 yilda O’zbekiston Respublikasi FA tarkibidagi bioorganiq kimyo 
bo’limi (1973 y.) negizida tashkil etilgan. Institutning asosiy ilmiy yo’nalishi hayvon va 
o’simliklar organizmidagi bioorganiq kimyo jarayonlarini, ya’ni yuqori va quyi molekulyar 
tabiatga ega bo’lgan biologik faol moddalarning tuzilishi, funksiyasi o’rganilib, ularni 
sintetik usulda olish yo’llari ishlab chiqildi. Тabiiy biologik faol modda – gossipolning 
polimorf modifikatsiyasi kompleks hosil qilishi birinchi bo’lib isbotlandi va uning asosida 
yigirmadan ortiq yangi dorilar, biologik moddalar asosida esa 30 dan ortiq dori preparatlari 
olindi. Bulardan viruslarga qarshi ishlatiladigan 3%li gossipol linimenti, immunomodulyator 
- timoptin, qon to’xtatuvchi “Lagoden”, xlamidiyaga qarshi qo’llaniladigan dorivor vosita 
“Polinil” va bioorganiqa institutining tajriba sinov bazasida ishlab chiqarilmoqda va 
amaliyotda qo’llanilmoqda. Jahon andozalariga mos keladigan paxta moyini va kam 


gossipolli paxta kunjarasini olish texnologiyasi ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasining 
ko’pchilik yog’-moy ekstraksiya zavodlarida litsenziya asosida qo’llanilmoqda. 
Biotexnologiya sohasida O’zbekiston asosan O’zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o’simliklar eksperimental 
biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda 
ishlar olib borilmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi birinchi o’zbek akademiki 
A.G.Хolmurodov (1939-1996) fuzalium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD struktura-
funksional bog’liqligini o’rganish hayvon va o’simliklardan ajratib olingan ikkilamchi 
mahsulotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga mos keladigan yangi texnologiyalarini 
hamda o’simliklarni himoya qiluvchi ekologik toza vositalarni olish ustida tadqiqotlar olib 
borishdan iborat. Institutda olib borilgan yuqori va quyi molekulyar bioregulyatorlarni 
kompleks tadqiq etish natijasida zaharli jonivorlar zaharidan 50 dan ortiq biologik faol oqsil 
va peptidlar ajratib olindi. Ulardan 15 dan ortig’ining kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi 
o’rganildi. G’o’zadan fitogormonlarning retseptorlari ajratib olindi va fizik-kimyoviy 
xossalari o’rganildi, ularning paxta bargini to’kishdagi regulyatorlik roli isbotlandi. Natijada 
g’o’za defoliatsiyasida ro’y beradigan jarayonning molekulyar mexanizmi ko’rsatildi va 
defoliatsiyalovchi hamda o’sishni tezlashtiruvchi faollikka ega bo’lgan birikmalarni tanlash 
ko’rsatkichlari ishlab chiqildi. G’o’za o’sishi jarayonida organizm ferment sistemalarining 
paxta tolasi hosil bo’lishidagi roli o’rganildi va sellyo’loza biosintezi jarayonining 
molekulyar mexanizmi isbotlandi. O’simliklar zararkunanda hashorotlari fero kofermenti va 
vitaminlar kompleksi (B guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin PP, A va h.k.) tayyorlash 
texnologiyasini yaratdi. 
Professor Q.D.Davronov tomonidan yog’ parchalovchi ferment-lipaza tayyorlash 
texnologiyasini «Yer malhami” biopreparatini yaratdi. Bu preparat azot yo’tuvchi 
mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib, mamlakatimiz qishloq xo’jaligida 
qo’llanilmoqda. Bundan tashqari K.D.Davronov rahbarligida sellyo’loza lignin biokarkasini 
(g’o’zapoya, somon, kanop poyasi, qirindi va b.) maxsus tayyorlangan bazidiometsitlarning 
fermentlari ishtirokida tabiiy sellyuloza – lignin birikmalari parchalanishi amaliyotda 
ko’rsatib berildi. 
Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni tahlil qilib, 
ularni novvoychiliq vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini oldi va ular asosida 
maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi. 
Mikrobiologiya instituti olimi J.Тoshpo’latov somon va g’o’zapoyani parchalashda 
«Тrixoderma harznanum” zamburug’i fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy 
asoslab berdi. Bu texnologiya qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7% ga yetgani, 
vitaminlar, aminokislotalar paydo bo’lib, somonni ozuqa birligi bir necha barobar oshganligi 
isbotlab berilgan.
O‘zbek olimlaridan T.G.Gulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov, 
I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda mikrob biotexnologiyasining rivojlantirish 
ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. Shuningdek, marhum professorlar 
M.M.Murodov va T.YU.Yusupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta 
ilmiy amaliy nazariyalar yaratilgan. 
Biotexnologiyani fan sifatida ikki yo’nalishini ko’rsatish mumkin: 
1. Hozirgi zamon biotexnologiyasi. 
2. Klassik biotexnologiya. 



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling