1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
-MA`RUZA Mavzu: Biotexnologiyaning qisqacha tarixi. Biotexnologiyaning zamonaviy
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
2-MA`RUZA
Mavzu: Biotexnologiyaning qisqacha tarixi. Biotexnologiyaning zamonaviy yo`nalishlari . Reja: 3. Biotexnologiyaning qisqacha tarixi. 4. Biotexnologiyaning zamonaviy yo`nalishlari. Biotexnologiyaning qisqacha rivojlanish tarixini quyidagi jadval orqali ifodaladik. Sana Voqealar 1917 Karl Ereki «biotexnologiya” terminini kiritgan 1943 Sanoat miqyosida penitsillin ishlab chiqarilgan 1944 Everi, Mak Leod va Mak Kartilar genetik material DNKdan tuzilganligini ko’rsatib berishgan 1953 Uotson va Krik DNK molekulasining tuzilishini aniqlashgan 1961 “Biotexnologiya va bioinjeneriya” jurnali ta’sis etilgan 1961-1966 Genetik kod rasshifrovka qilindi 1970 Birinchi restriksion endonukleaza ajratib olingan 1972 Тo’liq hajmli tRNK geni sintez qilingan 1973 Rekombinant DNK texnologiyasiga asos solingan 1975 Monoklonal antitela olingan 1976 Rekombinant DNKni olish bo’yicha yo’riqnoma ishlangan 1976 DNKning nukleotid ketma-ketligini aniqlash metodi ishlab chiqilgan 1978 E.coli yordamida inson insulini ishlab chiqilgan 1982 Rekombinant DNK texnologiyasi bo’yicha olingan 1 vaksinani hayvonlarda qo’llashga ruxsat berilgan 1983 Gibrid Ti–plazmidadan foydalanib o’simliklar transformatsiyalangan 1988 Polimerazaning zanjir reaksiyasi metodi yaratilgan 1990 Insonning somatik hujayrasidan foydalanib gen terapiyasi sinash rejasi tasdiqlandi 1990 “Inson genomi” loyihasi bo’yicha ishlar boshlandi 1994-1995 Inson xromosomasining genetik va fizik haritasi chop etildi 1996 Rekombinant DNK katta miqdorda sotildi 1997 Somatik hujayradan sut emizuvchi klonlashtirildi O’zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanishi va shakllanishini O’zR FA akad. O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik Kimyo instituti tashkil etilganidan bilishimiz mumkin. Ushbu institut 1977 yilda O’zbekiston Respublikasi FA tarkibidagi bioorganiq kimyo bo’limi (1973 y.) negizida tashkil etilgan. Institutning asosiy ilmiy yo’nalishi hayvon va o’simliklar organizmidagi bioorganiq kimyo jarayonlarini, ya’ni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega bo’lgan biologik faol moddalarning tuzilishi, funksiyasi o’rganilib, ularni sintetik usulda olish yo’llari ishlab chiqildi. Тabiiy biologik faol modda – gossipolning polimorf modifikatsiyasi kompleks hosil qilishi birinchi bo’lib isbotlandi va uning asosida yigirmadan ortiq yangi dorilar, biologik moddalar asosida esa 30 dan ortiq dori preparatlari olindi. Bulardan viruslarga qarshi ishlatiladigan 3%li gossipol linimenti, immunomodulyator - timoptin, qon to’xtatuvchi “Lagoden”, xlamidiyaga qarshi qo’llaniladigan dorivor vosita “Polinil” va bioorganiqa institutining tajriba sinov bazasida ishlab chiqarilmoqda va amaliyotda qo’llanilmoqda. Jahon andozalariga mos keladigan paxta moyini va kam gossipolli paxta kunjarasini olish texnologiyasi ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasining ko’pchilik yog’-moy ekstraksiya zavodlarida litsenziya asosida qo’llanilmoqda. Biotexnologiya sohasida O’zbekiston asosan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda ishlar olib borilmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi birinchi o’zbek akademiki A.G.Хolmurodov (1939-1996) fuzalium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD struktura- funksional bog’liqligini o’rganish hayvon va o’simliklardan ajratib olingan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga mos keladigan yangi texnologiyalarini hamda o’simliklarni himoya qiluvchi ekologik toza vositalarni olish ustida tadqiqotlar olib borishdan iborat. Institutda olib borilgan yuqori va quyi molekulyar bioregulyatorlarni kompleks tadqiq etish natijasida zaharli jonivorlar zaharidan 50 dan ortiq biologik faol oqsil va peptidlar ajratib olindi. Ulardan 15 dan ortig’ining kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi o’rganildi. G’o’zadan fitogormonlarning retseptorlari ajratib olindi va fizik-kimyoviy xossalari o’rganildi, ularning paxta bargini to’kishdagi regulyatorlik roli isbotlandi. Natijada g’o’za defoliatsiyasida ro’y beradigan jarayonning molekulyar mexanizmi ko’rsatildi va defoliatsiyalovchi hamda o’sishni tezlashtiruvchi faollikka ega bo’lgan birikmalarni tanlash ko’rsatkichlari ishlab chiqildi. G’o’za o’sishi jarayonida organizm ferment sistemalarining paxta tolasi hosil bo’lishidagi roli o’rganildi va sellyo’loza biosintezi jarayonining molekulyar mexanizmi isbotlandi. O’simliklar zararkunanda hashorotlari fero kofermenti va vitaminlar kompleksi (B guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin PP, A va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Professor Q.D.Davronov tomonidan yog’ parchalovchi ferment-lipaza tayyorlash texnologiyasini «Yer malhami” biopreparatini yaratdi. Bu preparat azot yo’tuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib, mamlakatimiz qishloq xo’jaligida qo’llanilmoqda. Bundan tashqari K.D.Davronov rahbarligida sellyo’loza lignin biokarkasini (g’o’zapoya, somon, kanop poyasi, qirindi va b.) maxsus tayyorlangan bazidiometsitlarning fermentlari ishtirokida tabiiy sellyuloza – lignin birikmalari parchalanishi amaliyotda ko’rsatib berildi. Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni tahlil qilib, ularni novvoychiliq vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini oldi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi. Mikrobiologiya instituti olimi J.Тoshpo’latov somon va g’o’zapoyani parchalashda «Тrixoderma harznanum” zamburug’i fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi. Bu texnologiya qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7% ga yetgani, vitaminlar, aminokislotalar paydo bo’lib, somonni ozuqa birligi bir necha barobar oshganligi isbotlab berilgan. O‘zbek olimlaridan T.G.Gulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov, I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda mikrob biotexnologiyasining rivojlantirish ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. Shuningdek, marhum professorlar M.M.Murodov va T.YU.Yusupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta ilmiy amaliy nazariyalar yaratilgan. Biotexnologiyani fan sifatida ikki yo’nalishini ko’rsatish mumkin: 1. Hozirgi zamon biotexnologiyasi. 2. Klassik biotexnologiya. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling