1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MA’RUZA Mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy – me’yoriy va tashkiliy asoslari. Reja
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari:
Mustaqil Davlatimizni ishlab chiqarishda mexnat muxofazasini yaxshilash yo‘lidagi farmoyish va qonunlarini qaysilarini bilasiz? Faning maqsadi va vazifalari nimada? Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omil nima? Ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasallanishning sabablari nimadan iborat? Faoliyat xavfsizligining ergonomik va psixologiyasi asoslarini tushuntring. 2-MA’RUZA Mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy – me’yoriy va tashkiliy asoslari. Reja O‘zbekiston Respublikasining hayot faoliyati xavfsizligiga doir qonunlari, standartlari, nizomlari, qoidalari va me’yoriy hujjatlari tizimi. O‘zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlari. Mehnat xavfsizligida qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, ularni tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Tayanch iboralar: qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar, me’yoriy xujjatlar, yo‘riqnomalar. O‘zbekiston Respublikasi fuqoralarining Konstitutsiya va qonunlarida, mustahkamlangan xuquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asosini tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qaror va me’yoriy hujjatlari Fuqarolik jamiyat qurar ekanmiz hamma sohalarda, hayotimizda qonun ustuvorligini ta’minlashimiz zarur hisoblanadi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan yurtimiz fuqarolarining haѐt faoliyati xavfsizligi bo‘yicha uning qonuniy asoslari ishlab chiqilgan. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy, qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Repsublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va turli vazirliklarning ko‘rsatmalari va buyruqlari tashkil etadi. Asosiy Qonunimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning haѐti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. Ma’lumki, Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrida o‘zining birinchi demokratik Konstitutsiyasini e’lon qildi. Asosiy Qonunimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham alohida o‘rin berilgan. Mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi asosiy qonunlar: 1992 yil 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining konstitustiyasi. «Mehnat muhofazasi to‘g‘risida» gi 1993-yil 6 mayda qabul qilingan qonun. 1996 yil 1 apreldan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi» Mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan Davlat standartlari (SSBT-MMST) Avtomobil transportiga bag‘ishlangan qonunlar: «Shahar Yo‘lovchi transporti to‘g‘risida» (1997y 24 aprel), 8.23 - moddalari, «Avtomobil transporti to‘g‘risida» (1998y 29 avgust), 12.29 – moddalari. O‘zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo‘llari” to‘g‘risidagi qonuni (2007 yil 2 oktabr) Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunlari bo‘limlari va tarkibi: Qonun 1993 yil 6 maydan boshlab kuchga kirgan xolda beshta bo‘lim va yigirma to‘qqizta moddadan iboratdir. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling