1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
V. Bo‘lim. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganligi va sotganligi uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi; mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik; ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon etkazganlik uchun avtotransport va servis markazlarining moddiy javobgarligi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda belgilangan tartibda to‘lovlar to‘lash.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi. Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan korxonalar iste’molchilarga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ‘ib qilish g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi kerak. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Mansabdor shaxslar mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun uning rioya etilishida ma’sul bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi. Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xodimga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi hamda sog‘liqqa yetkazilgan shikast uchun tovon to‘laydi. Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi lozim. Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog‘liq harajatlarni to‘laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini o‘zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187—197-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalar» belgilangan. Korxonalarda xavfsiz sharoitlarni yaratish. Korxonalarda xavfsiz sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora tadbirlar rejasi (GOST raqamlari bilan birgalikda) Mehnat muhofazasi bo‘yicha rejalashtirishda quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi: Robotlarni qo‘llash - (Xavfli va zararli ishlab chiqarishda robotlarni qo‘llash, ishlab chiqarish jihozlari, texnologik jarayonlar, ko‘tarish va transport uskunalarini avtomatik va masofadan turib boshqarish tizimlarini kiritish GOST 12.2.049. GOST 12.2.061, GOST 12.2.062, GOST 12.2.064, GOST 12.2.072, GOST 12.3.002, GOST 12.4.026. Misol: ATK,AS,SMlarida avtomobillarni ko‘tarish, tushirish, konveyerlarni boshqarish va boshqalar). Xavfli va zararli omillar - Ishlovchilarga xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf qilish maqsadida texnologik jarayonlarni takomillashtirish (GOST 12.0.003, GOST 12.1.007, GOST 12.3.002, SP-1042-73) (Misol: ATK,AS, uyushmalarda ishqorli akkumulyatorlar yoki gellilaridan foydalanish), avtomat uzatgichli avtomoykalar sotib olish, M-B, LAZ avtobuslari misolida). Xavfli va zararli omillarning darajasini nazorat qilish - Ish joylarida xavfli va zararli omillarning darajasini nazorat qilish va xabarlagich tizimlarini kiritish (GOST 12.1.001, GOST 12.1.002, GOST 12.003, GOST 12.006, GOST 12.1.008, GOST 12.1.012, GOST 12.1.019, GOST 12.1.031, GOST 12.01.045, GOST 12.1.047, GOST 12.1.048, GOST 12.4.012). Elektrdan himoyalanish - Ishlovchilarning Elektr tokidan jarohatlanishdan himoyalanishini ta’minlovchi texnik uskunalarni kiritish va takomillashtirish. Kommunikasiyalarni xavfsiz ekspluatasiya qilish - Bug‘, suv, gaz va kislota-ishqorlar bilan ishlovchi qurilma va kommunikasiyalarni xavfsiz ekspluatasiya qilish va avariyadan himoyalash maqsadida xabarlagich, signal beruvchi va xavfni oldini oluvchi (predoxranitel) uskunalarni o‘rnatish (akkumulyator, yamash , dvigatellarni sinash sexlarida). Xavflilikdan himoyalanish - Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zaharli, agressiv, tez alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklar saqlanadigan ko‘chma yoki qo‘zg‘almas rezervuar (idish)lar bilan ishlaydigan texnologik jarayonlardagi ishlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish (saqlash, tashish, idishni to‘ldirish yoki bo‘shatish ishlari). Noxush ta’sir qiluvchilardan saqlash - Ish joylaridagi noxush ta’sir qiluvchi mexanik tebranish-titrashlar, shovqin, ultra va infratovush va nurlanishlar (ionlovchi, Elektromagnit, lazer, ultrabinafsha va boshqalar) hamda havodagi zaharli-zararli moddalar miqdorlarini ruxsat etilgan chegaragacha tushirish. Jamoa himoya vositalari - Ishlovchilarning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan saqlovchi jamoa himoya vositalarini yangilash va takomillashtirish Mikroiqlimni ta’minlash - . Ish joylari va xizmat ko‘rsatish zonalarida me’yoriy issiqlik rejimi va mikroiqlimni ta’minlashga qaratilgan isitish va shamollatish tizimlarini issiqlik va havo to‘siqlari, aspirasion (surish) va chang gaztutgichlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini o‘rnatish. Yoritishni ta’minlash - Ish joylari, sexlar, maishiy binolar, hudud va odam ko‘p o‘tuvchi(yuruvchi) boshqa joylarning yoritilish darajasini me’yoriga olib kelish. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling