1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MA’RUZA Mavzu: Avtomobil yo‘llari sohasida mehnatni muhofaza qilish va uning ahamiyati. Reja
Nazorat savollari:
Respublikada mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlarni gapirib so‘zlab bering. Xavfsizlik sharoitini yaratish chora-tadbirlari haqida tushunchangiz. Jamoa shartnomalari va ahdnomalri nima. Standart va me’yoriy hujjatlarning ahamiyati. 3-MA’RUZA Mavzu: Avtomobil yo‘llari sohasida mehnatni muhofaza qilish va uning ahamiyati. Reja O‘zbeqiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, uning strukturasi, mohiyati va qo‘llanish sohasi. Mehnatni muhofaza qilish sohasida standartlashtirish. Avtomobil yo‘llari sohasi korxona va tashkilotlarida mehnatni muxofaza qilish xizmatini tashkil etish. Mehnatni muxofaza qilishning nazariy asoslari. Mehnat gigienasi va ishlab chiqish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi haqida tushunchalar. Avtomobil yullarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mexnatni muxofaza qilish O‘zbeqiston Respublikasi mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirining 2011 yil 14 iyuldagi 42- B-son buyrugi bilan tasdiqlangan. Mazkur qoidalar avtomobil yullarini qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. Mazqur qoidalar bino va inshootlarni loyixalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jixozlash va qayta jixozlashda, texnologik jarayonlar xamda uskunalardan foydalanishda xisobga olinishi lozim. Mazkur qoidalar texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ xujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. Tashkilotlarda mexnatni muxofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mexnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mexnatni muxofaza qilish buyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. Mexnatni muxofaza qilish xizmatini tashkil etish Tashkilotlarda mexnatni muxofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mexnat muxofazasi buyicha ishlarni tashkil etish tugrisidagi namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotlarda quyidagi asosiy xujjatlar ishlab chikiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mexnat sharoitlari va mexnatni muxofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya- soglomlashtirish chora-tadbirlari buyicha bulimni uz ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mexnat sharoitlarini baxolash va ish urinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish urinlarini attestatsiya qilish kartalari; mexnatni muxofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; ishchilar va muxandis-texnik xodimlarni uqitish, yul-yuriq berish va bilimlarini sinovdan utkazish dasturlari; mexnatni muxofaza qilish buyicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlar bilan yonginga qarshi yul-yuriq berish va yongin-texnikaviy minimum mashgulotlarini utkazish dasturi; xar bir kasb va ish turlari buyicha mexnatni muxofaza qilish yuriqnomalari. O‘zbekistan Respublikasi «Mexnatni muxofaza qilish tugrisida»gi Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 5-son, 223-modda) 14- moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarliqqa ega shaxslar orasida mexnatni muxofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bulgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo’l xarakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mexnatni muxofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish raxbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. Mexnatni muxofaza qilish xizmati uz makomiga kura tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning raxbariga buysunadi xamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda beqor qilinadi. Mexnatni muxofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yuriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan utkazish va ularga yul-yuriq berishni tashkil etish Tashkilot xodimlari uz kasblari va ish turlari buyicha belgilangan tartibda uqishlari, ularning bilimlari sinovdan utkazilishi va ularga yul-yuriq berilishi kerak. Xodimlarning mexnatni muxofaza qilish buyicha bilimlarini sinovdan utkazish Mexnat muxofazasi buyicha uqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash tugrisidagi namunaviy nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni texnologik reglament buyicha xavfsiz yuritish yuriqnomalari Mexnat muxofazasi buyicha yuriqnomalarni ishlab chiqish tugrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi xamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yuriqnomalar bilan ta’minlash tashkilot raxbariyati zimmasiga yuklatiladi. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 buyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari tugrisida tuliq va xolisona ma’lumotga ega bulishi lozim. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muxiti xamda mexnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tugrisidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muxitining fizik, kimyoviy, radiologik, miqrobiologik va mikroiqlim ulchovi natijalari, shuningdek mexnatning ogir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. Yangi zararli moddalar paydo bulishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar uzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tugrisidagi ma’lumotlarga tegishli uzgartirishlar kiritilishi lozim. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling