1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 230.78 Kb.
bet10/43
Sana19.06.2023
Hajmi230.78 Kb.
#1601508
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
1-7 марузалар Кушмаков

Jamoa shartnomasi. Jamoa shartnomasi – ish beruvchi va hodimlar o‘rtasida qabul qilinadigan me’yoriy xujjat bo‘lib, bu xujjatda ishlash, dam olish tartibi, mehnatga xaq to‘lash, turli ijtimoiy to‘lovlar, mehnatni muhofaza qilish ishlari, atrof muhit himoyasi bo‘yicha tadbirlar rejalashtiriladi.
Jamoa kelishuvi ma’lum hudud, tarmoq, soha, kasbga oid qabul qilingan me’yoriy xujjatdir. Bu xujjat jamoa shartnomasidan ko‘ra yuridik jixatdan ustunroq.
Ishlab chiqarishda jarohatlanish. Bu hodisa ish joyida, korxona xududida, korxona xududidan tashqari (avtomobilning ish-yo‘nalishida, joriy ta’mirlanishi vaqtida) o‘z vazifasi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni bajarishda va yana korxona tomonidan ajratilgan xizmat avtobusida ishga borish va qaytish vaqtlarida ham jarohatlanish sodir bo‘lsa, u ham ishlab chiqarish bilan bog‘liq hisoblanadi. Agar haydovchlar xizmat safariga, bug‘doy tashishiga va paxtakorlarni tashishga jalb etilgan bo‘lsalar, u erda olingan jarohat ham ishlab chiqarish bilan bog‘liq deb hisoblanadi.
Baxtsiz hodisalarning tahlili. Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997y iyundagi 286 - qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish” to‘g‘risidagi Nizomi asosida olib boriladi:
- Tashkiliy sabablarga: ishlab chiqarish intizomining pastligi, Qish mavsumida 5 ta ta’mirlovchi metil spirti ichib o‘lganlar, haydovchi spirt yuklab avtobusni yondirib yuborgan, sifatsiz o‘qitish va instruktaj o‘tqazish, ish joyida instruksiya yo‘qligi, ish va dam olish rejimlarni buzilishi (bu sabablar haydovchilar, ayniqsa shaxsiy avtomobil haydovchilari orasida juda ko‘p tarqalgan), kerakli texnikaviy hujjatlar bilan ta’minlanmaganligi, mehnat muhofazasi bo‘yicha qoida va me’yorlarning bajarilishi ustidan nazoratning sustligi, ishlab chiqarish xonalarining va texnologik uskunalarning qoniqarsiz joylashtirilganligi kabilar kiradi.
- Texnik sabablar. Texnik sabablarga: mashinalarda, avtotransport vositalarida, mexanizm va texnologik jihozlarda ularning xavfsiz ishlashini ta’minlovchi asbob-uskunalarining Yo‘qligi; mashina, mexanizm va boshqa texnologik jihozlarning qoniqarsiz texnik holati (avtomobilning boshqaruv tizimlari) texnologik jarayonning buzilishi; texnologik rejimni noto‘g‘ri qo‘llanishi; mashina, mexanizm va texnologik ishlab chiqarish vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, ishlarini sifatsiz o‘tkazish kabilar kiradi. (avtomobillar texnik nosozligi tufayli avariyalar sodir etilishi).
- Psixofizologik sabablar. Psixofizologik sabablarga: mehnat jamoasidagi qoniqarsiz “psixologik” vaziyat; ishchining ish holatiga “antropologik” ravishda mos kelmasligi; ishchining o‘z ishidan qoniqmasligi; alkogolik holat kabilar kiradi.
Korxonada doimiy ravishda yuz bergan baxtsiz hodisalar tahlilini olib borib, ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi kerak. Xususan, ishchilarning texnika xavfsizligi talablariga rioya etmasliklari yoki ularning bu qoidalarni tushunib yetmasliklari oqibatida,haydovchilar ishtiroki orqali bo‘ladigan baxtsiz hodisalar esa Yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanmaganligi sababli yuz beradi.
Statistik usul. Bu usul sanoat korxonalarida N-1 dalolatnomasi asosida hisobga olingan baxtsiz hodisalar materiallarini chuqur o‘rganishga asoslangan. Statistik usul baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi va sanoatda jarohatlanishni ta’riflovchi chastota (qaytarilish) koeffitsienti, jarohatlanish og‘irlik koeffitsienti o‘rtacha ko‘rsatgichini aniqlash imkonini beradi.
Davlat mehnat inspeksiyasi 2020 yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019 yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.


Download 230.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling