1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 230.78 Kb.
bet12/43
Sana19.06.2023
Hajmi230.78 Kb.
#1601508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
1-7 марузалар Кушмаков

Uta xavfli kasblar va ishlar ruyxati
Tashkilot uta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ruyxatiga ega bulishi lozim. Ruyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan xavo va suv muxitida, yuqori xarorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug va suv isitish qozonlari, yuk kutarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigimlar, elektr uskunalarga xizmat kursatish bilan bogliq ishlar va amaldagi tarmoq ruyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Barcha xodimlar uta xavfli ishlarni bajarish topshirigini olishdan oldin, mexnat muxofazasi buyicha yul-yuriq olishi va ishlarni bajarish usullarini uzlashtirib olishi shart.
Uta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad- ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Tashkilot raxbariyati uta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga tula javobgardir.
Jamoaviy va yakka tartibdagi ximoya vositalarini qullash
Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muxiti omillaridan ximoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi ximoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
Jamoaviy ximoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining xavo muxitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va xavo tozalash, isitish, xavo xaroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);

  • ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugliqdan ximoya qilish moslamalari va boshqalar);

  • shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan xamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi xaroratdan ximoya qilish vositalari;

  • mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan ximoya qilish vositalari.

Jamoaviy ximoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bulgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qullanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruqsiya qilish loyixalariga kiritilishi lozim.
Jamoaviy ximoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan xollarda yakka tartibdagi ximoya vositalari qullanilishi lozim. Bunday xollarda yakka tartibdagi ximoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Yakka tartibdagi ximoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qullashi, ximoya xususiyatlari va amal qilish muddati tugrisida ma’lumotlarga ega bulishi lozim.
Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:

  • yakka tartibdagi ximoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;

  • ximoya vositalarini qullash va tugri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;

  • ximoya vositalarining samaradorligi va sozligi teqshirilishi;

  • yakka tartibdagi ximoya vositalaridan xavfli va zaxarli moddalar muxitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qullaniladigan ximoya vositalari bundan mustasno).

Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda ximoyalanish vositalari bilan qonun xujjatlarida belgilanadigan me’yorlarga muvofiq bepul ta’minlanishi lozim.
Kasbiy tanlov
Tashkilotlarda tanlov utkazilishi lozim bulgan kasblar va mutaxassisliqlar ruyxati bulishi lozim. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining raxbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bulishi kerak.
Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va xavfi yuqori bulgan ishlarda xizmat kursatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan utgan va tegishli guvoxnomaga ega bulishi shart.
O‘n saqqiz yoshdan kichik shaxslarning mexnati qullanishi taqiqlanadigan noqulay mexnat sharoitlari ishlari ruyxatiga muvofiq un saqqiz yoshga tulmagan shaxslar zararli va noqulay mexnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Ayollar mexnatidan foydalanish tuliq yoki qisman taqiqlanadigan mexnat sharoiti noqulay bulgan ishlar ruyxatiga muvofiq ayollar zararli va noqulay mexnat sharoitiga ega bulgan ishlarga qabul qilinmaydi.
Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish «Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy kuriklardan utkazish tizimini takomillashtirish tugrisida»gi buyruq asosida amalga oshirilishi lozim. Tashkilot raxbariyati kasaba uyushmasi qumitasi va sogliqni saqlash organlari bilan birgalikda xar yili davriy tibbiy kurikdan utishi lozim bulgan xodimlarning ruyxatini tuzishi xamda xodimlarning tibbiy kurikdan utishini ta’minlashi lozim. Tibbiy kuriklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bulmagan xollarda davolash-profilaktika muassasalarida utkazilishi lozim.
Xodim majburiy tibbiy kurikdan utishdan buyin tovlagan yoki utkazilgan tekshirishlar natijalari buyicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ish beruvchi uni ishga quymasliqqa xaqlidir.
Davriy tibbiy kuriklar uz vaqtida, sifatli utkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot raxbariyati zimmasiga yuklanadi.
Yoritishga quyiladigan talablar
Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 «Tabiiy va sun’iy yoritish» talablariga mos bulishi lozim. Yoritkichlarning konstruqsiyasi va tuzilishi elektr tarmoqning nominal kuchlanishi va tashqi muxitga mos xolda bajarilishi kerak.
Binodan tashqarida urnatilgan, nam, uta nam, chang muxitli xonalardagi yoritkichlarning ishga tushirish apparatlari tashqi muxitdan ximoyalangan usulda bajarilgan bulishi kerak.
Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi xar choraqda kamida bir marta teqshirilishi lozim.
Uta xavfli bulmagan xonalarda barcha statsionar yoritkichlarga 220 V dan yuqori bulmagan kuchlanishdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Chuglanma lampali maxalliy statsionar yoritkichlar uchun quyidagi kuchlanish qullanishi lozim:

  • yuqori xavfli bulmagan xonalarda — 220 V dan yuqori bulmagan;

  • yuqori xavfli va uta xavfli xonalarda — 42 V dan yuqori bulmagan.

Yoritish vositalari toza va soz xolatda bulishi kerak.
Yorugliq tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Yorugliq tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor maxsulot va boshqalar) tusib quyishiga ruxsat etilmaydi.
Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy maxalliy bilan birgalikda). Birgina maxalliy yoritishni qullash taqiqlanadi. Uchastka va xonalarda portlash buyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigilib qolish extimoli bulsa, elektr yoritish tizimi portlashdan aloxida bajarilishi kerak. Xavflilik darajasi yuqori bulgan xonalarda kuchma elektr yoritkichlardan foydalanilganda kuchlanish 36 V dan yuqori bulmasligi kerak. Uta xavfli xonalarda (ishlab chiqarish uskunalari, bunqerlar, siloslar, quduqlar, buglantirish kameralari, tunnellar va boshqalarni ichki sirtini) yoritish uchun kuchma elektr yoritkichlar uchun tarmoqdagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi kerak. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past bulmagan balandlikdan utgan bulishi kerak.
Sanitariya va gigienaga quyiladigan talablar
Tashkilot xonalari ish xududidagi xarorat, nisbiy namlik, xavoni xarakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 «Ish xududining xavosi. Umumiy sanitariya-gigienik talablari»ga muvofiq bulishi kerak.
Noqulay omillar ta’siriga qarshi ximoya tadbirlarini tuzishda samarali xavo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 «Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash» talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 «Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari» talablariga muvofiq bulishi lozim.
Tashkilot maydonlariga bulgan xavfsizliq talablari
Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 «Sanoat tashkilotlarini bosh plani» talabiga mos bulishi kerak.
Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot xududida xaraqatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bulishi kerak.
Transport vositalari va tashkilot xududida piyodalarning xarakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish xamda ish uchastkalari va sexlarning kurinarli joylariga osib quyilishi kerak. Tashkilot maydonlari kukalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bulishi kerak.
Tashkilot maydonidagi utish joylari mustaxkam yopkichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jixozlangan bulishi kerak.
Yilning yoz vaqtida yulkalar va utish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bulishi lozim.
Nazorat savollari:

  1. O‘zbeqiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, uning strukturasi, mohiyati va qo‘llanish sohasini tushuntring.

  2. Avtomobil yo‘llari sohasi korxona va tashkilotlarida mehnatni muxofaza qilish xizmati qanday tashkil etiladi?

  3. Mehnatni muxofaza qilishning nazariy asoslarini tuahuntring.

  4. Mehnat gigienasi va ishlab chiqish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi haqida qanday tushunchalarga egasiz?




Download 230.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling