Greyder-elevator bilan ishlash.
Greyder-elevator bilan ishlashdan oldin uning kardanli uzatchigini sinchkovlik bilan kuzdan utkazish kerak. Greyder-elevatorni tirkagich traktoriga kattiq tirkagichlar yordamida ulash kerak.
- Ishchi kisimlarining mustaxkamligi ko‘zdan kechirishi kerak.
Tishining erga botirish burgachi, transportyor lentasining baladlik burchagi aniq va bosimga moslashgan xolda bo‘lishi kerak. Ko‘ndalang qiyalik 140 % dan ortiq bo‘lganda qo‘shimcha choralar qurilishi shart.
Avtogreyderlar bilan ishlash.
- Avtogreyderlar bilan ishlaganda shu jaroyonida ko‘chib yuruvchi mexanizmlarga bo‘lgan talablar qo‘llaniladi.
- Avtogreyder ishlaydigan uchastka oldindan daraxt to‘nkalari, yirik xarsanglar va boshqa yirik bo‘limli materiallardan tozalanishi kerak. Burilish va qaytab olish joylarida eng kichik tezlanishda bajarilishi kerak. Balandligi 1,5 m dan ortiq bo‘lgan ko‘tarmalarda ishlaganda nazorat kuchoytiriladi (nazoratchi ish boshida bo‘ladi shart). Er poyi chekasidan avtogreyderning g‘ildiragichaga bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Buldozerlar bilan ishlash.
Xamma turdagi buldozerlar bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak.
Ko‘tarilishda 20o va tushishda 30o dan ortiq bo‘lgan nishabliklarda, shuningdek ko‘ndalang nishablik 25o dan ortiq bo‘lganda buldozerning ishlashi taqiqlanadi.
Yangi to‘kilgan ko‘tarma bo‘ylab tuproq surayotganda buldozerni u qiyalikdan tushib ketmasligi uchun ko‘tarma chekkasiga traktor g‘ildiragi yoki gusenitsasi chetidan 1 m dan kam masofaga yaqinlashtirish taqiqlanadi.
Otvalni cheklagichgacha ko‘tarishga ruxsat etilmaydi.
Ish paytida buldozer bexosdan to‘xtab qolganda, otval yerga tushirib qo‘yilishi lozim.
Otval yerga kiritilgan, shuningdek yuklangan holda buldozerni burish, yomg‘irli havoda va loyli yerda buldozer bilan ishlash taqiqlanadi.
Buldozer qisqa muddatga to‘xtaganda ulovchi mufta uzib qo‘yilishi, dvigatel kichik oborotga o‘tkazilishi, tezlikni almashtirish richagi neytral holatga keltirilishi va otval pastga tushirilgan holatda bo‘lishi lozim.
Buldozer nisbatan uzoq muddatga to‘xtaganda otval pastga tushirilishi, dvigatel o‘chirilishi va tormoz qo‘shilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |