1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
Gaz, kislorod ballonlarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi talablari.
Gaz, kislorod ballonlarini ekspluatasiya qilishdan oldin barcha muxandis texnik xodimlar, ta’mirlovchi ishchilar xizmat ko‘rsatuvchilar avtomobil transportida texnika xavfsizligi Qoidalarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni ekspluatasiya qilish qoidalarini, stasionar kompressorlarda bosim ostida ishlaydigan truboprovodlar (havo yoki gaz o‘tkazgichlar) texnik ekspluatasiyasini bilishlari shart. Gaz xo‘jaligida xavfsiz ishlarni tashkil qilishda xodimlar xavfsizlik “Qoidalari” asosida o‘qib chiqqan, qo‘llarida guvoxnomalari bo‘lishi lozim. Rahbar xodimlar gaz, kislorod balonlarini ekspluatasiya qilishda o‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzsalar baxtsiz xodisa yoki avariya bo‘lishidan qatiy nazar javobgar bo‘ladilar. Ishchilar, belgilangan tartib qoidalarni buzsalar ular ham javobgar bo‘ladilar. Har bir ishchi, joylarda o‘rnatilgan qoidalarni buzilayotganini ko‘rsa bu to‘g‘risida rahbarga yoki boshqa ma’sullarga xabar etkazishlari lozim. Tabiiy gaz yoki suyultirilgan neft gazi bilan ishlayotganlar yoki boshqa xolatda avariya, baxtsiz xodisa yuz berganda tezlik bilan raxbar joyidagi davlat texnik nazorat tashkilotiga, kasaba uyushma markaziy qo‘mitasiga, (texnik inspektorga) xabar berishi shart. Gaz, kislorod ballonlar ishlaydigan, ta’mirlovchilar uchun har bir mutaxassislik bo‘yicha ichki Yo‘riqnomalar ishlab chiqishi va uni rahbar va kasaba uyushmasi (yoki ma’sul xodim) tomonidan tasdiqlanishi lozim va ular xodimlar orasida tarqatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Texnologik jaroyonlar atrof-muxitga xavf tug‘dirilaydigan yong‘in va porlashga nisbatan xavfsiz bo‘lishi kerak. Texnologik jaroyonlarning xavfsizligini ta’minlash uchun quydagi tadbirlarni amalga oshirish pozim: - Salomatlik uchun zararli bo‘lgan jaroyonlarni xavfsiz turlariga almashtirish; - Zararli yonadigan, portlaydigan moddalarni xavfsiz turiga almashtirish; - Zararli va xavfli vaziyat mavjud bo‘lgan texnologik jaroyonlarda mexanizatsiyalash, avtomailashtirish, uzoqdan boshqarish usullarini qullash; - Uskuna – jihozlar pishiqligini ta’mirlash; - Ishchilarni himoyalash, uskunalarni favqulotda to‘xtatish maqsadida tekshirish va boshqarish tizimlarini qo‘llash; - Ishlab chiqarishning xavfli va zararli holati haqida o‘z vaqtida ma’lumot olish; - Xavfli, zarali bo‘lgan ishlab-chiqarish chiqindilarini yo‘qotish, zararsizlantirish; - Ishchilarning himoya vositalaridan foydalanishlari; - Bir xil va charchashga olib keladigan mehnatda dam olishni, mehnatni muqobil uyushtirish. Texnologik uskana moslama, qurilma-apparatlarning xavfsizligi. Texnologik uskana, moslama, kurilma-apparatlarning xavfsiz ishlatilishida quydagi chora tadbirlar ko‘rilishi zarur: 1) Uskana, apparat tarkibidagi qisimlar xavf tug‘diradigan darajada shikastlangan bo‘lmasligi; 2) Uskuna, kurilma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan material xavfli va zararli bo‘lmasligi; 3) Harakatlanuvchi va xavfli qisimlarini to‘siqlash; 4) Uskuna, apparatning to‘liq ko‘rinishida o‘tkir qirralar, bo‘rtiqlar, notekis yuzalar bo‘lmasligi kerak; 5) Ishchilarning issiq yoki sovuq qisimlarga to‘satdan, favqulotda tegib ketish sharoiti bo‘lmasligi; 6) Uskuna va apparatlarni qulay, xavfsiz yo‘lakcha, vositalar bilan ta’minlash; 7) Mahalliy yoritilishini to‘liq ta’minlash; 8) Uskunalarni, ularga elektr tokini uzatishni uzib qo‘yadigan vositlar bilan ta’minlash; 9) Elektr tokidan shkastlanishdan ximoyalash; 10) Shovqin tebranish ultra tovushning normadan ortiq bo‘lmasligini ta’minlash. 11) Xom ashyo maxsulotni yuklash, tushirish, tashish jaroyonini mehanizatsiyalash; 12) Bosim ostida bajariladigan ishlarda kichikroq hajmdagi apparatlardan foydalanish; 13) Suyuklik bilan ishlash jaroyonlarida apparat- uskunalarni ko‘shimcha sig‘im, quyib, qo‘yishi vositalari bilan ta’minlash; 14) Apparat, uskana sig‘imlarini butinligini ta’minlash; 15) Uskuna, apparatlarni faqat tashqi tomodan tozalash, qisimlarini almashtirish; 16) Apparat, uskana sig‘imlarini sovutuvchi suv qobig‘i bilan ta’minlash; 17) Apparat, uskana qurilmalarni tuzatish, sozlar uchun narvon, maydonga, ko‘tarma kran va boshqa zarur vostalardan foydalanish; 18) Xonalar, uskunalar bo‘yog‘i rangi va yoritilishi darajasi charchash yoki toliqishga olib kelishini xisobga olish va xavfli jaroyonlarni olisdan ko‘rib boshqarishni ta’minlash. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling