1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 230.78 Kb.
bet1/43
Sana19.06.2023
Hajmi230.78 Kb.
#1601508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
1-7 марузалар Кушмаков


1-M’ARUZA
Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari.



Reja :

  1. Hayot faoliyati xafsizligining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va mazmuni.

  2. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.

  3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari.

  4. O`zbеkiston Rеspublikasida mеhnat muhofazasii nazorat qiluvchi tashkilotlar.

  5. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni.

  6. Faoliyat xavfsizligining ergonomik va psixologiyasi asoslari

Tayanch iboralar: Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, xavfsizlik, muhit, inson omili, ergonomika , ekologiya, psixologiya, ro‘zg‘or, ishlab chiqarish, ijtimoiy, ilmiy, madaniy.
Hayot faoliyati xavfsizligining ijtimoiy ahamiyati. HFX – bu odamning yashash muhitidagi xavfsizligini, uning sog‘lig‘ini ta’minlashni, zararli va xavfli omillarni ruhsat etilgan miqdorlarga kamaytiruvchi usul va vositalarni ishlab chiqishni, tinchlik va xarbiy xolatlarda favqulotda vaziyatlardan kelib chiqqan zararlarni chegaralash choralarini yaratish usullariga yo‘naltirilgan o‘qitishni o‘z ichiga olgan kompleks chora tadbirlardir.
HFX ning iqtisodiy ahamiyati. HFX masalalarini to‘g‘ri amalga oshirish natijasida insonning hayoti, sog‘lig‘i, uning ko‘p zahmatlar bilan yig‘gan mol mulki saqlangan xolda bundan keyingi ishlarni bajarishi muvoffaqiyatlari faqat insonlarning o‘zlarigagina emas jamiyatga ham iqtisodiy samaralarni keltirib chiqaradi. Vazifalarni faol va to‘liq bajarishga imkon yaratadi.
HFX fani tashkiliy qismlari. HFX – bu xavf-xatarlarni o`rganish va insonni himoya qilishni o`rganadigan fandir. HFX kursining ilmiy va amaliy bilim asoslarini “Mehnat muhofazasi”, “Atrof muhit muhofazasi”, “Fuqarolar muhofazasi” kabi fanlar majmuasidagi bilimlardan tashkil topgan.
HFX asoslari odamzod jamiyati mavjudligining zaruriy shart faoliyatidir. Faoliyatlar turli tumandir; ro‘zg‘or, ishlab chiqarish, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va boshqalar.
Mexnatni muxofaza qilish. Davlatimiz iqtisodiy va sotsial siyosatining eng muxim yo‘nalishlaridan biridir. Korxonalarda, jamoa xo‘jaliklari va fermerlik xo‘jaliklarida xavfsiz va zararsiz texnologik jarayonlar, asbob - uskunalar va mashinalar joriy etilmoqda. Ular xavfsizlik talablari xisobga olingan xolda yaratilgan.
Ishlab chiqarishdagi texnika xavfsizligining xolati ustidan davlat, idora va jamoat nazorati o‘rnatilgan.
Fanning maqsadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qo`yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati (mеhnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.
1. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fani o`z tarkibiga inson faoliyatining atrof-muhit bilan aloqasi, mеhnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligi bo`limlarini qamrab olgandir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi printsip va usullar asosida: baxtsiz, hodisalar, qurbonlar va ular natijasida kеlib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini kеng miqyosda qo`yadigan va hal qiladigan fandir. HFX-bu har qanday ko`rinishdagi faoliyatga qo`llanishi mumkin bo`lgan xavfsizlikning nazariy asosidir.
Ishlab chiqarishda-avtotransport va yo‘l xo‘jaligi korxonalari faoliyatida tabiiy, texnogen texnika va harakat xavfsizligi sabablariga ko‘ra ishchilarning (haydovchilarning) soqlig‘ini, mehnat qobiliyatlarini saqlash, shikastlanish, nurlanish va boshqa kasb kasalliklarini oldini olish va bu sohadagi qonunchilik hamda mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan boshqa me'yoriy xujjatlarni o‘rgatishga bag‘ishlanadi.
Xujalik ma’muriyatini mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha tashkiliy va xuquqiy ishlarni yaxshiilash. Oldindan xavfli va zararli ishlab chiqarish
omillarini ko‘ra bilish va ularni yo‘qotish, xamda ish sharoitlarini yaxshilash;
mexnat sharoitlarini shikastlanish va kasallanishga ta’sirini bilish;
yong‘inni oldini olish profilaktikasi - tadbirlarini olib borish; ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish.
2. HFX fanining diqqat markaziga qo`yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli.
Mеhnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog`liq masalalarni o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Hozirgi vaqtda inson-tabiiy, tеxnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi.
Mexnat jarayonida odamning xavfsizligi, salomatligi va ishlash qobiliyatini saqlanishini ta’minlovchi qonunlar tizimi, xamda ularga muvofiq keladigan iktisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik va davolash - oldini olish chora -tadbirligi, xamda vositalaridir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42-sеssiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bеxatarlik yillari, dеb bеlgilangan edi.
Hayotiy faoliyat xafvsizligi tushunchasida ko`p uchraydigan ta'riflar bilan bеlgilanadi.

Download 230.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling