1-mа`ruzа Mаvzu: Kirish. Geodeziya fanining vazifalari. Fanning qisqacha tarixi


Geodeziya fanini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


Download 362.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana05.01.2022
Hajmi362.91 Kb.
#223446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MARUZA-1 011b300c9ae4785985cdf6d11c688f17

Geodeziya fanini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

1)  yer  yuzasini  gorizontal,vertikal  harakati,  okean,  dengiz  suvi  sathining  bir-

biridan farqini va  “Yer qutbining”  o`zgarishini aniqlash 

2) quyosh sistemasidagi planetalarning xarita va planlarini tuzish 




3) quyosh sistemasidagi palnetalarning shakli va kattaligini aniqlash 

4)  yer  va  Quyosh  sistemasining  boshqa  sistemalardagi  nuqtalarini  yagona 

koordinatalarini aniqlash 

5) tabiiy resurslarni o`zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish 

6) mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish. 

Geodezik  ishlarda-asosan  geodezik  o`lchashlar  amalga  oshiradi.Bunda 

xilma-xil  geodezik  asboblar  ishlatiladi.Umuman,  o`lchash  ishlarini  tashkil 

qilish,o`lchashlarda  ishlatiladigan  asboblarni  o`rganish  va  ular  bilan  ishlash 

geodeziyaning vazifasiga kiradi. 

Yerning  sun’iy  yo’ldoshlarini  geodezik  maqsadlarda  kuzatishda,  geodezik 

tayanch  shoxobchalarini  barpo  etishda,  yer  yuzidagi  nuqtalarning  geografik 

koordinatalarini  aniqlashda  geodeziya  astronomiya  faniga  tayanadi.  Yerning 

shaklini  o’rganishda  va  kattaligini  aniqlashda  geodeziya  gravimetriya,  geologiya, 

geofizika  va  boshqa  fanlarga  oid  ma’lumotlardan  foydalanadi.  Biror  hududni 

topografik kartada geografik jihatdan to’g’ri tasvirlash uchun hududning geografik 

landshaftini  o’rganishi,  buning  uchun  esa  geografiya,  geomorfologiya  va  boshqa 

fanlarning asoslarini bilishi zarur.Ma’lumki geodezik o’lchash natijalari matematik 

jihatdan  analiz  qilinadi  va  qayta  ishlab  chiqiladi.  Bunda  geodeziya  matematika 

faniga  tayanadi.  Geodezik  asboblarni  yaratishda  fizika,  mexanika,  elektronika  va 

boshqa  fanlar  sohasida  erishilgan  yutuqlardan  foydalaniladi  va  hokazo.  Shu 

aytilganlardan  ma’lum  bo’lishicha,  geodeziya  juda  ko’p  fanlar,  jumladan, 

astronomiya,  matematika,  fizika,  elektronika,  geografiya,  geologiya  va  boshqa 

fanlar  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  o’z  faoliyatida  bu  fanlar  taraqqiyotidan  keng 

foydalanadi. O’z navbatida boshqa fanlar geodeziya fani yutuqlaridan foydalanadi. 

Masalan,  Yerning  shakli  va  kattaligi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  astronomiya, 

geografiya, geologiya va boshqa fanlar uchun juda ham kerakdir. 




Download 362.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling