1-mа`ruzа
Mаvzu:
Kirish. Geodeziya fanining vazifalari.Fanning qisqacha tarixi
Mа`ruzа rеjаsi:
1. Kirish
2. Geodeziyaning vazifalari
3. Qisqacha fanning tarixi
4.Yer shakli va o`lchamlari
Geodeziya fani Konchilik ishi yo`nalishi talabalarga Yer yuzasida
bajariladigan geodezik dala ishlarida olib boriladigan o’lchash ishlari, hisoblash
ishlari va hisoblashlar natijasida yaratiladigan planlar, xaritalar va profillar haqida
ma`lumot beradi.O`lchashlar xilma-xil bo’lib, unda yer yuzining quyidagi
elementlari: yer yuzida chiziqlar uzunligi, chiziqlar orasidagi gorizontal va vertikal
burchaklar, yer yuzidagi nuqtalarning boshlang’ich nuqta deb qabul qilingan
nuqtaga nisbatan balandligi o’lchanadi. Bu o’lchashlarda xilma-xil asboblar:
teodolit, nivelir, taxeometr, dalnomer, svetodalnomerlar ishlatiladi. Geodezik
o’lchashlardan foydalanib biror amaliy yoki ilmiy masalani yechishda o’lchash
natijalari matematik jihatdan ishlab chiqiladi, ya’ni hisoblash ishlari bajariladi;
hisoblash natijasida yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o’rni aniqlaniladi.
Geodezik o’lchashlar grafik rasmiylashtirilib, yer yuzining qog’ozda
kichraytirilgan tasvirlari, topografik karta, plan va profillari chizib tayyor qilinadi.
Geodezik o’lchashlardan foydalanib Yerning shakli va kattaligi aniqlanadi.
Umuman, xalq xo’jaligining konchilik sohasida, xilma-xil amaliy masalalarni
yechishda geodezik va marksheyderlik o’lchashlar bajariladi.
Geodezik va marksheyderlik o’lchashlar yer yuzidagina emas, balki yer
bag’rida, dengiz sathida va fazoda ham olib boriladi.