1-mа`ruzа Mаvzu: Kirish. Geodeziya fanining vazifalari. Fanning qisqacha tarixi
Download 362.91 Kb. Pdf ko'rish
|
MARUZA-1 011b300c9ae4785985cdf6d11c688f17
Qisqacha fanni tarixi. Geodeziya juda
ham qadimiy
fanlardan biri
hisoblanadi.Fan Arabiston,Xitoy,Hindiston,O`rta Osiyoda taraqqiy etgan.Masalan,tarixiy yodgorliklardan ma’lum bo’lishicha, eramizdan bir necha asrlar avval qadimgi Misrdagi Nil daryosi vodiysida dehqonchilik juda rivojlangan bir paytrda, daryo har yili bahor mavsumida toshib, sohilda unumdor tuproq
qoldirganidan bu yerlarda ekindan yuqori hosil olish uchun juda qulay sharoit yaratilgan. Suv toshqini sababli yer uchastkalarining chegarasi o’zgarib turgan, Misrliklar chegaralarni qaytadan belgilash, unumdor yerlarni qismlarga bo’lish va yer o’lchash bilan shug`ullanganlar.Ular yer bo`lishni geodeziya va o`lchashni geometriya deb ataganlar.Geodeziya bilan geometriyaning maqsadi bir bo’lgan, shu tufayli bu ikkita fan birgalikda rivojlangan. Keyinchalik geodeziya joylarni o’lchash va Yerning kattaligini aniqlash bilan, geometriya esa jismlarning fazoviy shakli va o’zaro munosabatini aniqlash bilan shug’ullanadigan fanga aylangan. Qadim zamonlarda geodezik o’lchash ishlari yerlarni bo’lishdagina emas, balki yirik muhandislik inshootlarini yaratishda va qurishda ham bajarilgan. Qadimgi Gretsiya va Misr olimlari Yerning shakli va kattaligini aniqlash ustida ham ish olib borganlar. Qadimgi grek olimi Pifagor (tahminan eramizdan oldingi 580-500 yillar), yer sharsimon bo’lsa kerak, degan fikrni aytib o`tgan. Filosof Aristotel (eramizdan oldingi 384-322 yillar) va boshqa grek olimlari esa yerning sharsimon ekanligini isbot etishga harakat qilishgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, yer sharining kattaligini birinchi bo’lib aleksandriyalik olim Eratosfen (eramizdan oldingi 276-195
yillar) aniqlagan.Yershari kattaligini aniqlashning geometrik (geodezik) uslubi gradus o’lchashlar deb yuritilgan. Yer shar shaklida deb olinganda, gradus o’lchash1- meridianda joylashgan ikki nuqta (1.1-rasm.A va B) orasidagi masofa (D) ni geodezik usulda va bu nuqtalar orasidagi markaziy burchak ( ∆φ 1
astronomik usulda o’lchab, meridianning 1° yoyini uzunligini aniqlashdan iborat bo’ladi. Yer meridianining 1° yoyi uzunligi quyidagi (1.1) formula bilan hisoblaniladi. S = D ∆φ
Download 362.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling