Selenogeodeziya – Oyning shakli, kattaligini va Oy yuzasi xaritasini
tuzishni o`rganish.
Planegeodeziya- Quyosh sistemasidagi planetalarning shakli va kattaligini
hamda ular yuzasining xaritasini tuzish bilan shug`ullanadigan fandir.
Radiogeodeziya-radiolokatsiya usullari bilan yer yuzasidagi nuqtalarning
koordinatalarini aniqlash, radiogeodezik asboblar yordamida masofalarni
o`lchashni o`rganadi (svetodalnomer,radiodalnomer).
Fototopografiya – geodeziyaning joyni yerda turibolingan suratlariga
asoslanib topografik xarita va planlar tuzish ishi bilan shug`ullanadigan
tarmog`idir.
Aerofototopografiya–joyni samolyotda o`rnatilgan maxsus asboblar
yordamida olingan suratlariga asoslanib xarita va plan tuzish ishi bilan
shug`ullanadi.
Topografiya- geodeziyaning topografik plan olish nazariyasi va amaliyoti
bilan shug`ullanadigan tarmog`idir. Topografik xarita va planl asoslanib ar
tuzishda aviatsiya ,fotografiyaning keng ishlatilishi tufayli fotografiya va
aerofototopografiya sohalari vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |