1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishining umumiy tavsifi Reja
Download 449.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Konchilik elektr mexanikasi” talim yo‘nalishining umumiy tavsifi.
- “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi qoshida “Konchilik elektr
1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishining umumiy tavsifi Reja: 1. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishi bakalavrining kasbiy faoliyati va sohasining tavsifi. 2. Kasbiy moslashish va o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari. 3. Bilim darajasi va unga qo‘yiladigan talablar.
“Konchilik elektr mexanikasi” talim yo‘nalishining umumiy tavsifi. “Konchilik elektr mexanikasi” talim yo‘nalishining tarixi ToshDTUning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. 1920 – yil Toshkentda Turkiston davlat universiteti tashkil qilindi. 1921 – yil uning tarkibida konchilik bo‘limi tuzildi. 1923 – yili universitetning nomi O‘rta Osiyo davlat universitetiga almashtirildi. 1930 – yili geologiya va konchilik kafedralari asosida O‘rta Osiyo geologiya qiduruv instituti tashkil qilindi. 1933 – yili OTM Konchilik institutiga aylantirildi. 1934 – yili O‘rta Osiyo industrial instituti tashkil qilindi. Konchilik instituti o‘zining barcha bo‘limlari bilan uning tarkibiga konchilik fakulteti sifatida kiritildi. 1949 – yili O‘rta Osiyo industrial instituti, O‘rta Osiyo politexnika instituti deb qayta nomlandi. 1961 – yilda Toshkent politexnika instituti nomi berildi. 1973 – yil sentyabr oyida tug‘ilganiga 1000 yil to‘lgani munosabati bilan ToshPIga o‘rta asrlarning ulug‘ allomasi ensiklopedist – olim Abu Rayxon Beruniy nomi berildi. 1944 – yili konchilik fakultetida “Konchilik elektr mexanikasi” mutaxassisligi tashkil qilindi. Unga Ukraina fanlar akademiyasi akademigi V.S.Pak raxbarlik qildi. 1945 – yildan 1953 – yilgacha dotsent K.F.Sevryugin boshchilik qildi. 1949 – yili birinchi bituruvchilar konchi muxandis – elektromexaniklar chiqarilgan 1953 – yilda 1958 – yillarda dots. X.I.Maqsudov kafedra mudiri bo‘lib bir vaqtda konchilik fakultetining dekani bo‘lgan. 1958 – yildan 1960 – yilgacha dots. U.A.Isamuhammedov kafedraga boshchilik qilgan. 1960 – yildan 1964 – yilgacha dots. O.V.Xorashev kafedra mudiri bo‘lgan.1963 – yili kafedra konchilik fakulteti tarkibida Olmaliq shahriga ko‘chirildi. U erda 1967 – yilgacha faoliyat ko‘rsatib yana Toshkentga ko‘chib kelgan. 1964 – yildan Toshkentga qaytib kelgandan keyin “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasida ikkita mutaxassislik bo‘yicha “Kon mashinalari va komplekslari” hamda “Kon ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” injinerlarni tayyorlash boshlandi. Kafedra “Kon mashinalarini avtomatlashtirish va kon mashinalari” deb nomlandi. 1973 – yildan 1975 – yilgacha kafedrani dots.L.SH.SHoxodjaev boshqargan. 1975 – yilda ushbu kafedra ikkita mustaqil kafedraga ajratildi. “Kon – transport mashinalari va kon mexanikasi” kafedra mudiri dots.L.SH.SHoxodjaev va “Kon ishlarini elektirlashtirish va avtomatlash” kafedra mudiri dots. V.G.Palvanov 1990 – yilgacha boshqargan. 1990 – yildan 1996 – yilgacha dots. Nasriddinov SH.G. kafedra mudiri bo‘lgan. 1996 – yildan ikkita kafedra yana birlashtirilib “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi bo‘ldi. 1995
– yilda ToshPI Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti bo‘ldi. 1996 – yildan 1998 – yilgacha ToshDTU Geologiya va konchilik ishi fakulteti tarkibidagi “Konchilik elektr mexanikasi” talim yo‘nalishini va “Kon mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligini dots. Nasriddinov SH.G. boshqargan. 1998 – yildan talim yo‘nalishi va mutaxassislikni dots. Sodiqov.A.S., dots. Inamov. U., dots. L.SH.SHoxodjaev, dots. Mirsaidov G‘.M. va katta o‘qituvchi Annaqulov T.J. dots. Toshev J.B. lar boshqarishgan. Hozirgi kunda t.f.n YUldshev B.G. boshqarmoqda. “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi qoshida “Konchilik elektr Download 449.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling