1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishining umumiy tavsifi Reja
Download 449.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза.
Bakalavr: dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi; Uzbekiston tarixini bilishi; ruhan milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi, milliy g‘oya asosida faol hayotiy o‘rinni egallashi; tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi; insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
axborotni to‘plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov beri shva unumli foydalanish metodlarini egallash; o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlar qabul qila olishi; bakalavriatning mos yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olishi, o‘zini takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi; sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan shug‘ullanib borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo‘lishi, o‘zini jismonan takomillashtirishning malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Bakalavrlik – odamlar, materiallar va iqtisodiy resurslar majmuasi bilan shug‘ullanib bu sohada jamiyat talabini qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ijodiy kasbdir. Bakalavr (konchilik elektr mexanikasi) – texnikaviy kasblarning ichida eng keng qamrovli va eng tez o‘zgarib, rivojlanib turadigan sohadir. SHu sababli kelajak bakalavrlarni tayyorlashda jamiyatdagi texnik, texnologik va ekologik muammolarni echish uchun zarur bo‘lgan etarli darajada keng va chuqur ta’lim dasturlari ishlab chiqildi. Bunda – jamiyat ehtiyojlarini fizika, matematika, kimyo va ekologiya, informatika va nazariy mexanika ilmlariga tayangan holda ta’limda va tadqiqotda ustunlikka erishish asosiy maqsaddir.
qismlarini, qurilmalar elementlarini hisoblashni; yangi ularning o‘rnini almashtiruvchi elektromexanik qurilmalarni loyihalashga texnikaviy shartlar va texnikaviy topshiriqlarni ishlab chiqishni; konchilik mashinalarini loyihalashda va konstruksiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni; boshqarish tamoyiliy tarxini loyihalay olishi kerak; texnologiya sohasida: namunaviy va texnologik jarayonlarni, bo‘laklarni yig‘ishning loyihasini tuzishni bilishi lozim; uskunalar va jarayonlardan foydalanish sohasida: konchilik sanoati texnologik uskunalaridan foydalanishni, ularga texnika xizmati ko‘rsatishni tashkil eta bilishi kerak;
bo‘yicha tadqiq qilishni; mahsulot sifati va sertifikatsiyasini ta’minlaydigan jarayonlarni tahlil, sintez qilish va optimallash metodlarini qo‘llashni; kon mashinalar, elektr apparatlar va qurilmalarda kechadigan fizikaviy jarayonlarning matematik modellarini tuzishni; konchilik elektromexanik jihozlarining muhandislik hisobi algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqishni; kompyuter texnologiyalarini tadqiq qilishni, eksperimentlar o‘tkazishni va ulardan olingan ma’lumotlarga ishlov berishni;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish sohasida: muhandislik va konstruktorlik echimlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilishni; ishlab chiqarish jarayonida texnikaviy nazorat qilishni, sinov o‘tkazishni va sifatni boshqarishni; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilishni, fikrlar turli bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni; birlamchi texnologik, konstruktorlik yoki ishlab chiqarish bo‘limlari ishini tashkil qilishni va boshqarishni; iqtisodiy sohada: muhandislik echimining texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilishni, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashni, biznes rejani tuzishni; ta’lim sohasida: uzluksiz ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga ko‘maklashish (o‘quv personali), tadqiqotlarda ishtirok etish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni egallash va tadbiq etishni bilishi kerak.
mustaqil faoliyat ko‘rsatish talablariga va professionalizmga javob berishi kerak.
Download 449.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling