1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishining umumiy tavsifi Reja
mexanikasi” talim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va “Kon mashinalari va
Download 449.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза.
mexanikasi” talim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va “Kon mashinalari va
jihozlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Konchilik korxonalaridagi qo‘llaniladigan ishlab chiqarish jarayonlarida ko‘p miqdorda turli xil mashina va mehanizmlar ishlatiladi. Bu mashina va mehanizmlar hamda ularning elektr uskunalari, elektr taminoti, konchilik korxonalarini elektrlagtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatiladigan mutaxassislarni “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi tayyorlaydi. Bu kafedraning bituruvchilari konchilik sanoatidan boshqa ko‘pgina sanoat korhonalarida ham ishlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi bituruvchilari konchilik sanoatiga taaluqli bo‘lgan har turli korhona, tashkilot va muassasalarda o‘z amaliy faoliyatlarini amalga oshiradilar. Ochiq va er osti konchilik korxonalarida kon mashinalarini, jumladan ekskavatorlarni, burg‘ulash mashinalarini, qazib olish va laxim o‘tish komplekslarini, yuklash mashinalarini, transport mashinalarini jumladan avtomobillarni, konveyerlarni, otval hosil qiluvchilarni, transport – atval ko‘priklarini, temir yo‘l transporti vositalarini, turg‘un mashinalarni jumladan ko‘tarish mashinalarini, bosh va mahalliy suv haydash nasoslarini, kompressorlarni va bo‘shqa yordamchi mashinalarni lebedkalar, vagonag‘dargichlar va x.k. ni ishlatish ekspulatatsiya bo‘yicha faoliyat yuritadilar. Ishlatish kundaik xizmat ko‘rsatishlar, rejalashtirilgan profilaktika ishlari, joriy tamirlash, almashtirish, kapital tamirlashga yuborish, tamirlanganlarni o‘rnatish va shu kabi ishlar ishlatish (ekspulatatsiya) jarayoni hisoblanadi. SHuningdek ochiq va er osti konlarida kon mashina va mexanizmlari elektr yuritmalarini, yuqori va past kuchlanishli elektr uskuna, qurilmalarni, elektr yoritish asboblarini, nimstansiya va taqsimlovchi punktlarni, ularning tashkil etuvchilarini, havo liryalari va kabel tarmoqlarini, ximoyaviy zaminlash tizimlari va x.k. ishlatish (ekspulatatsiya) bo‘yicha faoliyat yuritadilar. Ular ishlatish bo‘yicha chilangar, kon masteri, uchastka mexanigi va elektrchisi, uchastka boshlig‘i, konning bosh mexanigi va bosh energetigi lavozimlarida ishlaydilar. Loyihalash institutlarida konchilik korxonalari uchun yuqori kultirilgan mexanik va elektrtexnik vositalarni hisoblash, tanlash, qo‘llash, chizmalarni, sxemalarini chizish bo‘yicha loyixalash ishlarini bajaridilar. Loyixalovchi, katta loyixalovchi, guruh boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, loyixaning bosh injeneri lavozimlarida ishlaydilar. Montajlovchi (o‘rnatish, yig‘ish ishlari) tashkilotlarda montajchi chilangar, brigada boshlig‘i, uchastka boshlig‘i, bosh muxandis, tashkilot boshlig‘i lavozimlarida ishlaydilar. YAngi qurilayotgan konchilik korhonalarida yoki yangi ochilgan daxim o‘tish, qazib olish uchastkalarida hamda boshqa uchastkalarda kon mashinalarini va komplekslarini, transport mashinalarini, turg‘un mashinalarni va boshva yordamchi mexanizmlarni o‘rnatish va yig‘ish bo‘yicha faoliyat yuritadilar. SHu bilan birga elektromexanik vositlarni jumladan kon mashinalari va mexanizmlarining elektr yuritmalarini, elektr uskunalarini avtomatlashtirishning tizimlarini, elekt tarmoqlarni, elektr yoritish vositalari va tarmoqlarini, er osti nimstansiyalarini, taqsimlovchi punktlarini, ochiq konlardagi uchastka nimstansiyalarini, karer taqsimlovchi punktlarini va boshqa elektr qurilmalarni o‘rnatish va ularning elektr zanjirlarini yig‘ish bo‘yicha faoliyat yuritadilar. Naladka (sozlash ishlari) tashkilotlarida naladkachi, master, brigada boshlig‘i, uchastka boshlig‘i, bosh muhandis, tashkilot boshlig‘i lavozimlarida ishlaydilar. Iontaj tashkilotlari yuqorida ko‘rsatilgan barcha mexanizatsiya va elektromexanik vositalarni konchilik korxonalarida o‘rnatib, yig‘ib bo‘lganlaridan keyin, ishlatishga topshirishdan oldin naladkachilar, ularning ko‘rsatkichlarini, ishchi tavsiflarini loyixada qabul qilingan miqdorlarga muvofiqlashtirish olib boradilar. Sozlash jarayonida aniqlangan kamchiliklar ham tuzatiladi. Sozlash ishlari tamomlangandan keyin barcha vostilarni mahsus tuzilgan hayat ishlashga qabul qilib oladilar. Qabul qilish jarayonini maxsus hujjatlar (aktlar) bilan rasmiylashtiriladi. SHular bilan birga “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi bituruvchilari tegishli ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy izlanishlar bo‘yicha faoliyat olib boradilar. Ushbu amaliy faoliyatlarni muvaffaqiyatli amalga oshira olishlari uchun “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi bituruvchilari talab darajasidagi bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun kafedrada malakali o‘qituvchilar yangi redagogik texnologiya usullarini qo‘llab maruza, amaliyot, laboratoriya mashg‘ulotlarini, kurs loyihalarini o‘tadilar. Bu o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish uchun kafedra qoshida ixtisoslashtirilgan o‘quv xonalari, modellar xonalari, labaratoriyalar bor. Jumladan Sandvik va Atlas Copco kompaniyalarining xonalari, kon va transport mashinalari, turg‘un mashinalar labaratoriyalari, elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari, elektr yuritmalari labaratoriyasi, kon korxonalarining elektr taminoti, kon mashinalarining elektr jixozlari va elektr taminoti, kon ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish laboratoriyalari mavjud.
Download 449.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling