1-ma’ruza mavzu: Kirish. Respublikamizda sanoat va uy-joy qurilishining o‘sishi, quruvchilar oldidagi dolzarb masalalar. Ma’ruza rejasi


Download 58 Kb.
bet1/2
Sana19.11.2023
Hajmi58 Kb.
#1787037
  1   2
Bog'liq
1-MA\'RUZA


1-MA’RUZA
Mavzu:Kirish. Respublikamizda sanoat va uy-joy qurilishining o‘sishi, quruvchilar oldidagi dolzarb masalalar.
Ma’ruza rejasi:



  1. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida iqtisodiy va qurilish soxalarida erishgan yutuqlari.

  2. Bo‘lajak quruvchi muxandislar oldidagi dolzarb vazifalar.

  3. O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlanishida amalga oshirilayotgan ishlar.

Mustakil davlat - Uzbekiston XXI asrga kadam qo‘yar ekan. Tarix oldida ummondan tomchidek qisqa vakt ichida ijtimoiy xayotda tub burilishlarga aniq mo‘ljal olindi. Bozor iktisodiyoti tuzilmalari muvaffakiyat bilan shakllana boshladi. Yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chikilgan o‘tish davri iqtisodiy isloxotlarining milliy modeli yaratildi. Bosib o‘tilgan yo‘l tanlangan yo‘nalishning nechog‘li to‘g‘riligini davr, hayot tasdiqlab turibdi. Zero, Mamlakatimizda bir vaqtning o‘zida MDX davlatlari orasida eng mushkul muammolar yechimining topilishiga erishildi. Bular: makroiqsodiy va moliyaviy marom barkarorligi izdan chiqishining oldi olinishi, iqtisodiyotda institutsional va tuzilmaviy qayta shakllanish taʼminlanishiga iqtisodiy asoslar yaratilishi singari muammolar edi.


Mamlakatimizda 1996 yildan buyon muttasil iktisodiy o‘sishga erishilmokda. Mablag‘ kamayishning iqtisodiy omillari yaratildi. Investitsiyalarning o‘sishi 1991 yilga karaganda Kozog‘istonga nisbatan 2010 yilda 6 marta, Ukrainaga - 4, Rossiyaga -3,1 marta ko‘pligiga erishildi. Yalpi ichki maxsulot (YAIM) 1996 yil -1,6 foizga, 1997 yil-5,2 , 1998yil -4,4 , 1999 yil 4,6 foizga usdi. Uzbekistonda YAIM ishlab chikarish 1990 yilga nisbatan takkoslangan 1999 yilda 5 foizga kamaygani xolda shu davrning uzida Rossiyada 24-27 foizga, Ukrainada - 55-58 foizga, Kozogistonda - 34-37 foizga, Kirgizistonda esa 29-32 foizgacha kamaydi.
Fiskal siyosati (fiscus - lotincha gazna) solik orkali xosil buluvchi davlatning pul jamgarmalari okilona kullanishi tufayli budjet kamomadi YaIMga nisbatan 2,51 foizgacha ozaydi. Oyiga urtacha inflyasiya darajasi 1,2 foizni tashkil etdi. Vaxolanki, bu kursatkich 1996 yilda 6 foizga teng edi. Bu esa maxsulot ayirboshlashda yaxshi natijalarga erishilganini kursatib turuvchi dalolatdir. Mexnatga yarokli axoli tarkibida ishsizlik darajasi 0,6 foiz maromida saklanib turibdi. Yevropa texnalogiyalarini jalb kilish xisobiga ishlab chikarilgan maxsulotning 50 foizini eksport kilish muljallangani xolda kushma korxonalar tashkil etishga aloxida eʼtibor karatilayotgani ayniksa dikkatga sazovordir.
O‘zbeksiton Iqtisodiyoti 20 yil davomida qariyib 3,4 barobar yalpi ichki mahsulot(YaIM) aholi jon boshiga 2,5 barobar , o‘rtacha ish haqi 14 barobar o‘sdi, aholi soni 28,5 mln ga yetdi.
Mustaqilliq yillarida quyidagi katta hajmdagi sanoat binolari barpo etildi:
1.Buxoro(Qaravulbozor) neftni qayta ishlash zavodi.
2.Shurtangaz kimyo majmuasi.
3.Andijon viloyatidani Asaka yengil(DAIVO-Janubiy koreya) avtomobillar ishlab chiqarish zavodi.
4.Samarqand possajir(ISUSI Yaponiya) avtobuslari ishlab chiaruvchi zavod.
5.Qo‘ng‘irot soda zavodi.
6.Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi.
1997 yildan boshlab, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish doirasida Davlat buyudjeti hisobidan 1,6 mln dan ziyod o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 1,5 mingdan ortiq KHKva AL lar qurildi.
2004-2010 yillar davomida 2004 yilda qabul qilingan “Maktab taʼlimini rivojlantirish” umummilliy Davlat dasturini amalga oshirish doirasida 403 ta yangi maktab qurildi, 9 mingga yaqin maktablarda qayta taqlash ishlari amalga oshirildi.
Shuni aloxida gurur va shukronalik bilan taʼkidlash kerakki, muxtaram Prezidentimiz kuygan tarakkiyotning tamal toshlari – mashxur besh tamoyil asosida mamlakatimizda iktisodiy siyosat kayta shakllanishining boshlangich boskichidayok xamma narsa avvalambor iktisodiy mustakillikka karatildi. Yaʼni, mamlakatning energetika xavfsizligi shu bilan birga mineral xomashyolarning boy zaxiralarini kazib olish sanoatini boshkarish, 1995 yildagi ishlab chikarishning tushib ketish surʼatini tuxtatib kolish va sanoatning barkaror o‘sishini taʼminlashdan iborat bo‘ldi. Xususan, makroiqtisodiy maromni saklashga jiddiy eʼtibor berildi. Moliyaviy zaxiralarning cheklanganiga qaramay, soxalarning tuzilmalarini qayta shakllantirishga moliyaviy yordam ko‘rsatish borasida jiddiy ishlar kilindi. Muxim soxalarning ayrimlari rivojlanishi tezlashtirilishiga yordam berildi. Masalan, kapital qurilish, neft, gaz sanoati, oltin kazib olish va avtomobil yo‘llari qurilishi jadal ketmokda. Avtomobilsozlik, samalyotsozlik, elektronika, kimyo, neftkimyo, yengil va ozik-ovkat sanoati muttasil rivoj olyapti.

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling