1 ma’ruza. Mavzu: Mantiqiy tizimlarni tuzilishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar
1 - ma’ruza. Mavzu: Mantiqiy tizimlarni tuzilishi. 1. Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari 2. Mantiqiy avtomatlashtirish tizimlarining tuzilishi va amalga oshirishning texnik vositalari. 3. TAKRORLANUVCHI, EMAS va VA funksiyalarning matematik ko’rinishi. Хalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida mehnat unumdorligi bilan mos ravishda avtomatlashtirish darajasining o’sishi elektr qurilmalari sxemalarining murakkablashuviga olib keladi. Bu sxemalardagi asosiy qurilma rele hisoblanadi. U qoidaga binoan, elektr signallarining ko’payishi, kuchayishi va bloklash uchun xizmat qiladi. Relelar ishining ishonchligi esa yuqori emas. Relening qo’zg’aluvchan elementlari deyiladi, tebranishdan vintli birikmalarning mexanik mustaxkamligi buziladi, kontaktlar kuyadi va xokazo. Shuningdek tashqi omillar, ya’ni xaroratning ko’tarilishi, chang, agressiv muhit ta’siri metall narsalarning oksidlanishiga, elektr ulanishning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari rele juda hajmdor qurilma. U ishlayotganda shovqin va tebranishlar tarqatadi. Ular katta og’irlikka va inersionlikka ega. Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o’rniga ularning vazifasini to’la bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo’llaniladi. Releli va kontaktsiz sxemalarda signalning o’tishi maxsus matematik apparat yordamida yoziladi. Bu to’g’rida quyida tushuncha beriladi. Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy bog’lanishlarni o’rganadi va faqat ikkita qiymat xaqiqiy “I” va sohta “O” bilan ish ko’radi. Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor. 1. Mantiqiy ko’paytiruv, ya’ni kon’yunksiya “VA”. 2. Mantiqiy qo’shuv, ya’ni diz’yunksiya “YoKI”. 3. Mantiqiy inkor “YO’Q”. Logika algebrasi - bu 0 va 1 qiymatlarini qabul qilib, o’zgaruvchan kattaliklar o’rtasidagi bog’liqliqni o’rganadigan analiz va sintez matematik apparatidir. Bu ikkita qiymatga har hil o’zaro qarama-qarshi hodisalar, shart va holatlar qo’yiladi. Masalan, kontaktning ulanishi-1, kontaktning ajralishi-0: signal mavjudligi-1, signalning yo’qligi-0: yopiq zanjir-1, ochiq zanjir-0. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, 0 va 1 raqamlari miqdoriy nisbatni anglatmaydi va son ham emas, balki ular simvol hisoblanadi. Logik o’zgaruvchi deb faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul qiluvchi kattalikka aytiladi. Logik funksiya deb-argumentlari kabi faqat 0 va 1 qiymatlarni qabul qiluvchi funksiyaga aytiladi. Logik funksiyalarda kirishdagi va o’zgaruvchi qiymatlarning turli xil amallari termalar deyiladi. Kirishdagi o’zgaruvchilar qiymatlari va logik funksiyalar qiymatlari termasi funksiyaning haqiqiylik jadvali deyiladi. Jadvaldan foydalanishning afzalligi shundaki, funksiyaning matematik yozuvi, uning tarkibini hamma vaqt ham yaqqol ko’rsatavermaydi. Quyida asosiy funksiyalar to’g’risida bayon berilgan 1. «ТAKRORLOVChI» «ТAKRORLOVChI» funksiyasining matematik ko’rinishi y= k ⋅ x bo’lib, bu ifoda logik elementning chiqish signali y kirish signali x dan k marta farq qilishini anglatadi. Bunda ularning ishoralari bir xil. Bunday elementlar kirish signalini kuchaytiruvchi va bo’luvchilar hisoblanadi. 2. “EMAS ” “ EMAS ” funksiyasi logik inkor deyiladi va matematik ko’rinishi quydagicha: y= x- . Bu ifoda elementning chiqishdagi y signali, kirishdagi x signali bo’lmaganda mavjudligini va aksincha bo’lishini anglatadi. 3. “ VA ” “VA” funksiyasi logik ko’paytirish yoki konyuksiya deyiladi va matematik y = x1 . x2 ko’rinishda ifodalanadi. Bu funksiya logik elementning kirishdagi x1 va x 1 10 1 1 4 13 y HL x y х 0 0 1 1 у y HL х 1 10 1 14 13 80 x2 signallari faqat bir vaqtda paydo bo’lgandagina, chiqishdagi y signali hosil bo’lishini anglatadi. Тexnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS larda nazorat qilinayotgan kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya bo’yicha o’zgartirish yoki kirish signali o’zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo’llanadi. Тopshirish vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan belgiga o’rnatish uchun xizmat qiladi. Тopshiruvchi qurilmalar beradigan signalining xarakteriga qarab ikki asosiy sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga bo’linadi. Analogli qurilmalar o’z navbatida, uzluksiz va diskret topshiruvchi qurilmalarga ajraladi. Diskretlik vaqt bo’yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning qiymati bo’yicha ham bo’lishi mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli signallar ishlab chiqaradi. Nazorat savollar 1. Mantiqiy avtomatlashtirish tizimlarining tuzilishi va amalga oshirishning texnik vositalari. 2. TAKRORLANUVCHI, EMAS va VA funksiyalarning matematik ko’rinishi qanday holatda bo‘ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling