Tabiatda uchrashi. Tabiatda ishqoriy metallar erkin holda uchramaydi. Natriy va kaliy turli xil birikmalar tarkibiga kiradi. Ulardan eng muhimi NaCl bo`lib, u toshtuz qatlamlarini hosil qiladi. Kaliyli tuzlarning eng katta zahiralari Rossiyada (Solikamsk tumanida), Belorussiyada (Soligorsk shahri yaqinida) joylashgan.
Natriy va kaliy ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po`stlog`ida natriyning miqdori 2,64 %, kaliyniki 2,60 % dir.
Olinishi. Natriy suyuqlantirilgan NaCl ni yoki NaOH ni elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. NaCl suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katodda Na, anodda esa–Cl ajralib chiqadi:
Katodda: Na+ + e- = Na
Anodda: 2Cl- -2e- = Cl2
NaOH suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katodda Na, anodda esa-suv bilan kislorod ajralib chiqadi: Na+ + e- = Na
4OH- - 4e- = 2H2O + O2
Kaliy esa quyidagi usullar bilan olinadi:
a) suyuqlantirilgan KCl orqali 8000C da Na bug`lari o`tkaziladi, ajralib chiqadigan K bug`lari esa kondensatsiyalanadi.
KCl + Na ↔ NaCl + K
b) suyuqlantirilgan KOH bilan suyuq Na orasidagi reaksiya qarshi oqim bilan 440 0C da, Ni dan yasalgan reaksion kolonnada o`tkaziladi.
KOH + Na ↔ NaOH + K
Do'stlaringiz bilan baham: |