Fizik-kimyoviy xossalari. Na va K–kumushsimon-oq metallardir, Na ning zichligi 0,97 g/sm3, K ning zichligi 0,86 g/sm3, juda yumshoq, pichoq bilan oson kesiladi.
Tabiiy Na 23Na izotopdan, K esa 39K (93,08 %) va 41K (6,91 %) hamda radioaktiv 40K (0,01 %) izotopdan tarkib topgan.
Havoda Na va K tez oksidlanadi, shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Ular ko`pchilik metallmaslar–galogenlar, S, P bilan oson reaksiyaga kirishadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda H2 bilan NaH, KH hosil qiladi. Gidridlar suv ta`sirida oson parchalanib, tegishli ishqor bilan vodorodni hosil qiladi: NaH + H2O = NaOH + H2↑
Na mo`l kislorodda yondirilganda Na2O2 hosil bo`ladi, u havodagi nam CO2 bilan reaksiyaga kirishib, kislorod ajratib chiqaradi:
2Na2O2 + 2CO2 = 2Na2CO3 + O2↑
Do'stlaringiz bilan baham: |