7-Ma`ruza.
Mavzu: Bosh guruhchalarning metallari.
Reja:
1. Litiy guruhchasining umumiy tavsifi. Natriy va kaliy, o`yuvchi ishqorlar, natriy va kaliy tuzlari.
2. Berilliy guruhchasining umumiy tavsifi. Kalsiy, uning oksid, gidroksid va tuzlari.
3. Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.
4. Bor guruhchasining umumiy tavsifi. Alyuminiy, uning oksid va gidroksidlari, alyuminiy va uning qotishmalarining ishlatilishi.
Yangi darsning bayoni.
1. Litiy guruhchasining umumiy tavsifi.
Natriy va kaliy, o`yuvchi ishqorlar, natriy va kaliy tuzlari.
Litiy guruhchasini Li, Na, K, Rb, Cs va Fr elementlari tashkil etadi. Bular s-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida bittadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +1 ga teng doimiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
7. 1-jadval. Litiy guruhchasi elementlarining xossalari.
№
|
Xossalari
|
Li
|
Na
|
K
|
Rb
|
Cs
|
Fr
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
|
Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm
|
3
2s1
5,39
0,97
+1
0,155
|
11
3s1
5,14
1,01
+1
0,189
|
19
4s1
4,34
0,91
+1
0,236
|
37
5s1
4,18
0,89
+1
0,248
|
55
6s1
3,89
0,86
+1
0,268
|
87
7s1
3,83
0,86
+1
0,280
|
Bu elementlarning oddiy moddalari ishqoriy metallar deyiladi. Ular kuchli qaytaruvchilar va eng faol metallar bo`lib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Ular kimyoviy birikmalarida ko`pincha ionli bog`lanishli bo`ladi.
Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning metallik xossalari kuchayib boradi. Davriy jadvalning har qaysi davri (1-davrdan tashqari) shu elementlar bilan boshlanadi.
Bu elementlar kislorod bilan R2O tipidagi oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar suv bilan birikib, ROH tipidagi asoslar hosil qiladi:
R2O + H2O = 2ROH
Ishqoriy metallar vodorod bilan RH tipidagi birikmalarni hosil qiladi, ular metallarning gidridlari deyiladi. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi –1 bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |