1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja
Download 111.02 Kb.
|
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Tayanch iboralar
Savol va topshiriqlar:
1. Tarjima adabiyoti asaon qaysi davrda shakllandi? 2. Sharq tarjimachiligi Yevropa tarjimachiligidan nimasi bilan farq qilardi? 3. Qutb Nizomiyning “Xirav va Shirin”ini tarjima qilishda qanday originalliklar kiritdi? 4. Sayfi Saroyi buyuk fors-tojik klassigi Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini tarjima qilish bilan o’z oldiga qanday maqsad qo’ygan edi? Adabiyotlar: 1. Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O’qituvchi 1976. 2. Sa’diy Sheroziy Guliston. Toshkent: Fan. 2005. 3. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. Nashrga tayyorlovchilar: N. Rahmonov, H. Boltaboyev. Toshkent 12-ma`ruza MAVZU: TARJIMA ADABIYОTI Reja: 1. Nizomiy asarlarining tarjimalari. 2. Tarjimachilik maktablari. 3.Sa’diy sheroziy asarlarining tarjimalari. Tayanch iboralar: Tarjima, erkin tarjima, an’ana va novatorlik, “Xisrav va Shirin”, Nizomiy va Qutb, Sa’diy va Sayfi Saroiy. Shunday tarjimonlardan yana biri Sayfi Saroiy 793 hijriy – 1390-91 milodiy yillarda buyuk fors shoiri Shayx a’diyning mashhur «Guliston» asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi: Muddati hijrat yedi1 yuz to’qson uch, Yil edikim oz edi olamda kuch. Avvalgi shavvol edi kim, ey aziz, Xat o’ldi bu Gulistonnomamiz. Sayfi Saroyi «Guliston»ni tarjima qilishga kirish voqeasi haqida ma’lumot berib aytadi: «Ilk yoz kunlaridan bir kun, bo’stoi ichinda, gullar orasida bir necha zarif olimlar bilan o’turub, inno ilmidan bahs qilib abyoti g’arib va ash’ori ajib o’qudum esa, ul olimlarnnig ullusi (ulug’i) aruz ilmindan bir mushkil baytning taqattu’in savol etti. Filhol javobin eshitib, aytti: «Ey adibi g’arib, senga bir muvofiq nasihatim bor, qabul qilsang xayr bo’lg’ay». Ayttim: «Buyuring». Aytti: «Shayx Sa’diy «Guliston”ini turkiy tarjima qilsang, bir sohib davlat er otini yodgoring jaxona qolsun deb». Shu suxbatdan keyin Sayfi Saroyi «Guliston» tarjimasiga kirishadi, uni Mysr sultonining Hojibi — xos begi Batxosbekka bag’ishlaydi. Muallif — tarjnmon muqaddimada: “Bu Guliston ziynatn Batxosbek, Hojibul-hujjobi sulton, xos bek... Bu Guliston bog’boni ul adib, Kim Saroyi Sayiy erur nazmi g’arib,— deb ta’rif-tavsif etadi, 7-bobning xotimasida uning ta’rif-tavsifann davom ettirib, karamli, elparvar deb ulug’laydi. Shu tarzda «Guliston» tarjimasi bunyodga keladi. Bu tarjima o’zbek tarjima adabiyotining ilk namunalaridan biri bo’lib, u kitobxonni Sa’diy ijodiyoti bilan tanishtirishi barobarida, io’zbek adabiy tili va o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga ham salmoqli hissa bo’lib qo’shildi. Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy fors-tojik klassik adabiyotining ulug’ namoyandalaridan biridir. U 1204—1208 yillar orasida Sherozda tug’ilidi, 1291/92 yillarda vafot etdi. Sa’diy dastlabki ma’lumotini Sherozda oldi, keyin Bag’dodning mashhur «Nizomiya» madrasasida o’qidi. Madrasa tahsilidan keyin Sa’diy ko’p yillik uzoq safarga jo’nab, Sharqning byar qancha mamlakatlarini kezib chiqdi va ahli saliblar qo’liga asir tushdi, birmuncha vaqtdan keyin halablik bir do’sti uni asirlikdan ozod etib oldi. «Bo’ston» asarn bnlan shuhrat qozongan Sa’dinni Fors viloyatining hokimi Abubakr ibn Sa’diy Zangiy o’z saroyiga taklif qiladi. Sa’diy unga bag’ishlab bir necha qasida yozsa ham, lekin saroyga bormaydi. Chunki u: “Ba Dayet ohaki tafta kardan xamir, Beh az dast bar sina peshi amir”. (O’tdek ohakni qo’l bilan qorib xamir qilmoq amir oldida qo’lni ko’ksiga qovushtirib turishdai yaxshiroq),— deb hisoblar edi. Sa’diy butun kuch-quv-vatini badiiy ijodga bag’ishladi, hayot tajribalari, safar taassurotlarini, orzu-armonlarini badiiy asarlarida mujassamlashtirdi. Sa’diy ulug’ shoir va adibdir. Sa’diy ayniqsa «Guliston» va «Bo’ston» asarlari hamda g’azallari bilan keng shuhrat qozondi. «Bo’ston» She’riy axloqiy-ta’limiy ayear bo’lib, o’n bobga bo’lingan. Bu boblar adolat (I), veson (II), ishq (III), tavozuь (IV), rizo (V), kanoat (VI), tarbiya (VII), shukr (VIII), tavba (IX) va xotima (X)dan iborat. Sa’diy bu asarida axloqiy-ta’limiy qarashlarini ibratli kichik hikoyatlar va didaktik lirik she’rlarda mujassamlantnradi. Bu asar bir necha tillarga, jumladan o’zbek tiliga ham tarjima qilingan (Mas’ud ibn Ahmad, Ogahiy va boshqalar tomonidan). “Guliston” (1258) nasriy axloqiy-ta’limiy asar bo’lib, 8 bobga bo’lingan. Boblar: podsholarning xislati (I), darveshlarning axloqn (II), qanoaptning yaxshiligi (1Y), xomushlikning foydasi (IV), ishq va yoshlik (V), notavonlik va qarilik (VI), tarbiyaiing kuchi (VII) va suhbat odobi (VIII). Har bir bobda shu masalllarga muvofiq kichik hajmli ibratli hikoyalar keltiriladi, she’riy parchalarda yoki hikmatli so’zlarda «qissadan hissa» chiqariladi. Yezuvchi o’zi asarida xalq og’zaki ijodidan keng foydalanadi. Sa’diy Sheroziy o’z ijodiyoti bilan Sharq va G’arb xalqlari adabiyotiga samarali ta’sir atdi. Sayfi Saroyi buyuk fors-tojik klassigi Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini tarjima qilish bilan Sharqning bu buyuk mutafakkiri va adibining axloqiy-ta’limiy qarashlarini targ’ib etish, uning ijodiyoti bilan o’zbek va boshqa turkiy xalqlarga tanishtirish maqsadini o’z oldiga qo’yadi. U «Guliston»ning aslnini deyarli butunlay saqlab qoladi va originalning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini tarjimada mujassamlashtirib berishga muvaffaq bo’ladi. Biroq, shu bilan birga, Sayfi Saroyi original-dan ma’lum darajada chekinadi, ayrim parchalarni tushirib qoldiradi, ko’pchilik she’rlarni o’zbek tiliga tarjima qilsa ham ba’zilarini aslicha (fors-tojik yoki arab tillarida) qoldiradi, bir necha mustaqil — original she’rlar kiritadi, ba’zan Sa’diy she’rlarini ijodiy qayta ishlaydi, bir o’rinda o’zbek shoiri Xoja Is’hoq Xorazmiy she’ridan parcha keltiradi, o’zbek va boshqa turkiy xalqlarning og’zaki adabiyoti namunalaridan foydalanadi. Bu va boshqa jihatlari bilan Sayfi Saroyi tomonidai tarjima qilingan «Guliston», qisman bo’lsada, erkin tarjima asari tusnni oladn. Sayfi Saroyi «Gulnston» ni o’zbek tilining asosan qipchoq dialektida tarjima qilgan, ayni choqda o’zbek adabiy tilining mushtarak adabiy til sifatida taraqqiy etishiga ma’lum hissa qo’shgan edi. Tarjimon “Guliston” kompotsiyasi, uning boblari tematika va nomlanishini saqlab qolib, muqaddimada boblar fehrastini beradi: Download 111.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling