1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


Download 111.02 Kb.
bet13/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

Savol va topshiriqlar:
1. Xalq kitoblari va ularning paydo bo’liishi haqida qanday fikrlarni bilasiz?
2. Qanday xalq kitoblarani eshitgansiz?
3. Xalq kitoblari qadimda xalq ma’naviyatini o’stirishda nechog’lik ahamiyatga ega bo’lgan, deb o’ylaysiz?
4. Afsonalar, asotirlar va rivoyatlar xalq kitoblarining g’oyaviy-badiiy saviyasiga nechog’lik ta’sir o’tkazgan?
Adabiyotlar:
1. Ibohim Adham qissasi. Xalq kitoblari seriyasidan. Toshkent: Yozuvchi, 1991.
2. Abo Muslim jangnomasi. Xalq kitoblari seriyasidan. Toshkent: Yozuvchi, 1992.
3. Qissai Mashrab. Xalq kitoblari seriyasidan. Toshkent: Yozuvchi, 1992.
4. Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O’qituvchi 1976.


11-ma’ruza.
MAVZU:TARJIMA ADABIYОTI
Reja:

  1. O’zbek mumtoz adabiyoti va badiiy tarjima.

  2. Sharqda tarjimachilik an’analari.

  3. Tarjima va erkin ijod.



Tayanch so’z va iboralar:
Tarjima
Erkin tarjima
An’ana va novatorlik
“Xisrav va Shirin”
Nizomiy va Qutb
Sa’diy va Sayfi Saroiy.

Xalqlar o’rtasidagi adabiy aloqalarning samarasi sifatida tarjima adabiyoti vujudga keldi. Bu adabiyot adabiy hayotning muhim va salmoqli bir tarmog’iga aylandi. U XIV – XVI asrlarda samarali natijalarga erishib, katta tajriba to’pladi. O’zbek yozuvchilari ulkan so’z san’atkorlarining asarlarini tarjima qilib, kitobxonlarga taqdim etdilar. Shoir Qutb Nizomiyning “Xisrav va Shirin”ini , Ma’sud ibn Ahmad Sa’dning Sa’diyning “Bo’ston” asarini, Sayfi Saroiy uning “Guliston”ini o’zbek tiliga tarjima qildilar. Shoir Lutfiy esa Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si asosida qahramonlik asari bitdi.


Qutbning “Xisrav va Shirin”i o’zbek xalqi bilan qardosh ozarbayjon va forsiy tilli boshqa xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari zaminida vujudga keldi. U o’zbek kitobxonlarini ulug’ ozarbayjon shoiri Nizoiy Ganjaviyning ijodi bilan tanishtirishda katta va muvaffaqiyatli adabiy tajriba bo’ldi.
Bir tomondan, Nizomiy dostonining asl mohiyatini saqlab qolib, uning g’oyaviy-badiiy yuksakligini o’zbek tilida san’atkorlik bilan ifodalash, ikkinchi tomondan, dostonga uziga xos xususiyatlari, XIV asr hayoti voqeliklari asosida ayrim o’zgarish va yangiliklar kiritish Qutb tomo-nidan tarjima qilingan «Xisrav va Shirin» dostoninnng muhim va o’ziga xos xususiyatlaridir. Binobarin, Qutb tarjimasi ma’lum darajada erkin tarjimadir.
“Xisrav va Shirin” Qutb yashagan XIV asrda ham o’z qimmati va aktualligini saqlab qolgan edi. Qutb bu dostonni tarjima qilish bilan o’zbek kitobxonlarini Nizomiy ijodi bilan taiishtirishnigina emas, balki, shu bilan birga, zamona hukmdorilarni insof va adolatga chaqirish, ularning e’tiborini obodonchilik va ilm-ma’rifat ishlariga jalb etish, dahshatli feodal urushlarning oldini olish, eegu insoniy xislatlarni targ’ib etish, yashagan muhitining illatlarini tanqid qilish hamda uzbek adabiy tili va epik peeziyasini taraqqiy ettirish maqsadini ham ko’zlagan edi. Tarjimada orignalning mohiyati saqlab qolinganligi ham xuddi shu maqsadga javob beradi, Shunga ko’ra, Qutb Nizomiy dostoniiing syujeti va kompozitsiyasini, g’oyaviy motivlari va obrazlarini originaldagidek to’la saqlab qoladi, Kitobxon Qutb tarjimasida Nizomiy san’atkorligining kuch-qudratini, nafosatini to’la his etadi, Qutbning tarjimonlik mahorati va san’atidan to’la qanoat hosil qiladi. Qutb voqealar tasvirida ham, portretlar, tabiat lavhalari, qahramonlarning ichki ruhiy kechinmalari bayonida ham Nizomiy dostonining munosib tarjimoni ekanini ko’rsata bilgan. Qutb qalamiga mansub misralar, Nizomiy misralari kabi, o’z badiiy nafosati bilan kishini hayratda qoldiradi. Fikrimizning dalili uchun Shirin portretini va Farhodning Besutun tog’ida o’zi chizgan Shirin suratiga qarab yolvorgani tasvirlangan epizodlarni ko’rib o’taylik. Mana Shirin portreti tasvirlangan epizod:

Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling