1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja
Download 111.02 Kb.
|
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Savol va topshiriqlar:
1. Sharq va G’arbdagi tarjimachilik va ularning farqi haqida nimalarni bilasiz? 2.“Kalila va Dimna” asarining qanday tarjima variantlarini bilasiz? 3. “Kalila va Dimna” asari o’zbek adabiyotiga qanday ta’sir o’tkazdi? 4. “Kalila va Dimna” asarida tajribadan o’tkazilgan hikoyat ichida hikoyat uslubi keyingi asrlarda qaysi asarlarda rivojlantirildi? Adabiyotlar: 1. Kalila va Dimna. Nashrga tayyorlovchi S.G’aniyeva. Toshkent: 2. Komilov N. Tafakkur karvonlari. Toshkent: Sharq, 2011. 3. Islom tasavvufi manbalari. To’plovchi: H. Boltaboyev. – Toshkent: O’qituvchi, 2005. 7-ma’ruza. Mavzu: Didaktikyo’nalishdagi asarlar Reja: 1. Yusuf Xos Hojibva uning “Qutadg’u bilik” asari. 2. “Qutadg’u bilik” asarida komil inson talqini. Yusuf Xos Hojib (Bolosog’uniy) hayoti haqida faqat uning asaridagi ma’lumotlar doirasidagina xabar qilinadi. Asarda yozilishicha, shoirning asl ismi Yusuf bo’lgan, Bolosog’un (Quz O’rdu) shahrida tug’ilgan. Yusuf ismli shoir Bolosog’uniy (tug’ilgan yeriga ko’ra) nisbasini olgan. Hatto asarning rus tilidagi 1983 yilgi nashrida muallifni Yusuf Bolosog’uniy deb tanishtiradi. Asarda: “Kitab izisi Yusuf ulug’ Hajib o’zinga pand berur, Yusuf Xas Hajib teb ati javi yozilmish” deyilgan. Ma’lum bo’ladiki, shoir Yusuf ulug’ (katta, yuqori) mansabda xos (maxsus) hojiblik (eshik og’asi) vazifasida ishlagan. Bolosog’unda o’z asarini yoza boshlagan va qoraxoniylar davlatining poytaxti bo’lgan Qashg’ar shahriga kelib tugallagan. Uni 462/1069 yilda yozib tugallab, Tavg’ach Ulug’ Bo’g’ra Qoraxonga taqdim qilgan. Asar hukmdorga ma’qul bo’lgani uchun shoirga Xos Hojib unvoni berilgan. Bundan kitob o’quvchining qo’lidan baxt tutsin deya, uni baxtga eltuvchi bilim deb atagani anglashiladi. Fitrat qut – “baxt”, qutadg’u/qutayg’u – “baxtliklanish”; bilig – “bilim” bo’lib, “Qutadg’u bilig”ning ma’nosi “Baxtliklanish bilimi” bo’ladir”, degan xulosaga kelgan. Shunday qilib, baxtlilanish bilimi o’z o’quvchilariga saodat keltirish barobarida dunyoga tanilgan. Muallif yozishicha, asarni “Molik (podshoh)lar odobi (to’plami)”, “Mamlakatlar do’sti”, “Amirlarning ziynati”, “Turkiy tildagi “Shohnoma”, “Podshohlar pandnomasi” kabi nomlar bilan e’tirof etilgan. Doston mavzui va timsollari. Asarning voqealar ko’lami keng bo’lgani uchun uni bir-ikki mavzuni tashigan deb bo’lmaydi. Doston mavzularini belgilashda fihristdagi boblanish yordam berishi mumkin. Mana shu “ko’mak”ka tayangan holda davlat sifati ardami (fazilati), adl sifati manguligi, bilim va uquv o’rni, beglar, amirlar, hojiblar, pardadorlar, elchilar, kotiblar, xazinador, dasturxonchi, sharobdorlarning vazifalari, xotin olish, farzand tarbiyasi, yig’in va dasturxon adabi v.b. haqida fikr yuritilganini uqish mumkin. Biroq bu hammasi emas, fihristdagi “sarlavhalar” shartli bo’lib, ular asar mavzu doirasini belgilashdan ko’ra syujet tartibi bayoni ekanligini unutmaslik kerak: Oyto’ldining Kuntug’di huzuriga kelishi, Eligning O’gdulmishga savoli, O’zg’urmishning eligga nasihati... kabi. “Qutadg’u bilig” – “Saodatga eltuvchi bilim” hozircha ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo’lgan ilk turkiy tildagi falsafiy-didaktik va axloqiy doston hisoblanadi. Asar qoraxoniylar hukmdori Tabg’ach Bug’roxonga bag’ishlangan bo’lib, unda Yusuf xos Hojib, asosan o’zining davlat boshqarishga, hukmdorning xalq bilan, xalqning hukmdor bilan muomalasi, oila a’zolari, bolalar tarbiyasi va hokazolarga taalluqli fikrlarini bayon qilgan. Uning syujeti quyidagicha: Hukmdor Kuntug’dining ilmga, ma’rifatga muhabbati, olim va fozil odamlarni to’plab, ularga homiylik qilayotganini eshitgan Oyto’ldi uning huzuriga yetib keladi va saroyga qabul qilinadi. Oyto’ldining hayoti shundan keyin tez orada tugallanadi va uning o’rniga o’g’li O’gdulmish maydonga chiqadi. Asardagi qahramonlarning o’zaro munozarasi asnosida turli hayotiy zarur masalalar bir-biriga bog’lab bayon qilinadi hamda yagona bir maqsadga bo’ysundiriladi. Har bir bobda ma’lum masala bayon qilinadi, bayon tugagach, yakunlovchi bir bayt keltiriladi, so’ng shoir so’zini eshit, dono nima deydi, bilimli bunday deydi kabi xitoblar bilan to’rtlik keltiriladi va fikr shu bilan xulosalanadi. Dostonning to’rtala bosh qahramoni ramziy bo’lib, ularni muallifning o’zi sharhlaydi: Bu Kuntug’di Elig tedim so’z bashi, Tuzunig ayayin, ey ezgu kishi. Basa aydim emdi bu Ayto’ldini, Aningdin yariyur izuq qut kuni. Bu Kuntug’di tegli turur ul ko’ni, Bu Ayto’ldi tegli qut ul ko’r ani. Basa aydim emdi ko’r O’gdulmishig, O’qush ati ul bezutur kishig. Aningda(n) babasi bu O’zg’urmish ul, Muni afiyat teb o’zum yo’rmish ul. Mazmuni: Bu Kuntug’di Elig dedim so’z boshi, Sababin etayin, ey ezgu kishi. Yana aytdim endi bu Oyto’ldini, Yorir u tufayli bu davlat kuni. Bu Kuntug’di degan adolat erur, Bu Oyto’ldi degan – davlat erur. Yana aytdim O’gdulmish otini ko’r, Zakovat otidir, kishiin yuksatur. Uningdan bo’ligi bu O’zg’urmish ul, Uni ofiyat deb yo’rish keldi qo’l. Asarning “Oyto’ldi eligga davlat sifatini ko’rsatadi” bobida qahramon o’zining davlat va qut (baxt) timsoli ekanligini aytadi. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oyning goh to’lib, goh kamayishi davlatning doimo mustahkam turmasligi – omonatligiga ham ishora qiladi. “Kuntug’di elig Oyto’ldiga adl sifatlarini aytadi” bobida Kuntug’di o’zining adolat timsoli ekanligini aytadi va buni quyidagi predmetlar orqali izohlaydi: Kuntug’di o’tirgan kumush kursi – u uch ayrilik bo’lib, bu uning asosi mustahkam ekanligining ramzi. Ya’ni, adolatning asosi mustahkam bo’ladi. U qo’lida ulkan pichoq tutgan. Pichoq uning fe’lining o’tkirligiga, keskirligiga ishora. Chap yonida urog’un (bir xil dori) – yomonliklarga jazo. O’ng yonidagi shakar – yaxshiliklarga mukofot ramzlaridir. Demak, Kuntug’dining (“kun”, “oftob”, “quyosh”) – adolat timsoli bo’lib kelgani adabiyotimizdagi odil shoh timsolining takomiliga xizmat qilgan. O’gdulmish – (aqli raso) aql timsoli bo’lib, vazirning o’g’li, keyinchalik vazir. Ushbu timsol orqali adolat va davlatga aqlning doimo hamroh bo’lishi kerakligi ko’zda tutilgan. O’zg’urmish (uyg’ongan) - qanoat timsoli bo’lib, dunyo ishlaridan zuhdu taqvoni afzal ko’rgan darvesh timsolida namoyon bo’lgan. Ko’rinadiki, muallif asarda nafaqat dunyo ishidan, balki bu timsol orqali zuhdu toat, qanoatning afzalligi to’g’risida ham o’z fikrlarida bayon qiladi. Jumladan, O’zg’urmish o’zini saroyga xizmatga taklif etgan Kuntug’diga to’rt tilagi borligini aytadi. Bular quyidagilar: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, kasalsiz eson (omonlik) va kamchiliksiz boylik. Biroq ayni paytda u o’zini ziyorat qilishga kelgan O’gdulmish - vazirga “Xalqqa xizmat qilmoq darveshlar ziyoratidan afzal” degan mazmunda maslahat beradi. Xullas, Yusuf Xos Hojib aql adolat bilan birga xalqqa xizmat qilmog’i kerak, biroq qanoat ham bir-ikki darvesh kabi ulus uchun ziyon qilmaydi, demoqchi bo’ladi. O’zg’urmishning uyg’oq zot ekanligi ham uning Haqni tanigan inson ekanligiga ishoratdir. Ma’lumki, Yusuf Xos Hojib davrida tasavvuf dastlabki ko’rinishda, ya’ni zohidlik ko’rinishida kurtak yoygandi. Shuning uchun Yusufning darveshi zohid bo’lishi tabiiy edi. Biroq, uning ma’rifatli ekanligi O’zg’urmishning shunchaki zohid emas, darvesh deyishimizga asos bo’ladi. Uning yuqoridagi to’rt tilagi shahzoda Sindhasa Gautama – Buddaning taxtni egallab, yurtga bosh bo’lishga taklif qilganlarga qarata aytgan javobining aynan o’zi ekanligi o’sha davrda endi shakllanayotgan turkiy tasavvufda buddizm ta’limotining ta’siri borligini anglatadi. Asarda biz yuqorida aytib o’tgan ramzlardan tashqari yaxshi so’zni – ipakka, yomon (qo’pol, noravo) so’zni – tikanga qiyoslash ham uchraydiki, bu asarda ramziylik undagi yetakchi adabiy unsurlardan deyishimizga asos bo’ladi. Download 111.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling