1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


-ma’ruza. Mavzu: Mumtoz adabiyotda irfon va ishq


Download 111.02 Kb.
bet6/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

4-ma’ruza.
Mavzu: Mumtoz adabiyotda irfon va ishq


Reja:
1. “Salomon va Ibsol” asari.
2.Badiiy ijodda ma’rifiy g’oyalar talqinining uzluksizligi.


Tayanch so’z va iboralar:“Tayr” qissasi, Ruhi Avval, “Salomon va Ibson”, “Al-isro” surasi, Vujudi vojib, Vujudi mumkin.

Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari “Salomon va Ibsol” tasavvufiy fikrlar ta’sirida yaratilgan bo’lib, uning syujeti quyidagicha: Salomon ismli bir podshoh bo’lib, uning Ibsol ismli ukasi aqlu kamol va husnu jamolda yetuk yigit bo’lib yetishadi. Bundan xabardor bo’lgan yangasi – Salomonning xotini o’zi tarbiyalab voyaga yetkazgan Ibsolga ko’ngil qo’yadi. Va unga yetishish uchun turli hiyla-nayranglarni ishlatadi. Lekin Ibsol uning tuzog’iga tushmaydi. Yangasidan uzoqroq bo’lish niyatida fotihlik yo’liga kirib, turli yurtlarni zabt etadi. Oxiri, Ibsol saroyga qaytib kelgach, unga yetolmasligini bilgan yangasi qaynisini o’ldirmoqchi bo’ladi va saroy oshpazi hamda uning yordamchisi ko’magida niyatiga yetishadi. Shundan so’ng Salomon bu suiqasdni anglab qoladi hamda xotini va uning yordamchilarini qatl ettiradi.


Bu risolasi bilan Ibn Sino falsafa olamida ko’p asrlik bahs bo’lmish – ruh, aql, nafs va ularning jangu jadali masalasiga o’z munosabatini bildiradi. Mutafakkir Salomonni – inson ruhiga, uning ukasi Ibsolni – aqlga, Salomonning xotinini esa – nafsga qiyoslaydi. Uning Ibsolni o’ldirishga yordamlashgan ikki mulozimi – saroy oshpazi va uning yordamchisi – “Hayy ibn Yaqzon”dagi “yomon oshnolar” bilan va “Tayr qissasi”dagi qushlarning qanoti, oyog’i va boshlariga tushgan tuzoqlar aynan bir narsaning, ya’ni nafsning uch ko’rinishi – shahvat, g’azab va istak mayllarining timsolidir.
Bu haqda Ibn Sinoning o’zi “Ishorot va tanbehot” risolasida quyidagi fikrni bildirgan: Agar qulog’ingga chalingan bo’lsa, eshitganlaring orasida “Salomon va Ibsol” qissasi senga yoqib qolgan, shuni bilgilki, agar irfon ahlidan bo’lsang, Salomon sening o’zing uchun to’qilgan masal, Ibsol ma’rifatdagi darajang haqida to’qilgan masaldir. Agar kuching yetsa, shu ramzni yechgin”.
Yuqorida aytganimizdek, biz tahlil qilayotgan asarlar shunchaki badiiy asar bo’lmay, falsafiy qissalar sirasiga kiradi. Demak, muallif bu qissalar orqali o’z ilmiy-falsafiy qarashlarini namoyon qilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, avvalgi ikki qissa aqlni dastlabki o’ringa qo’yishi bilan ahamiyatli. Keyingisi esa inson ruhiyatini avvalgi o’ringa qo’yadi. Demak, bu asarlar yozilishi oralig’ida muallifning fikri, dunyoqarashi qandaydir ta’sirga uchragan va o’zgargan. Bu ta’sir Ibn Sino asarlaridagi obrazlar uchun ham ahamiyatli bo’lgani bois dastlab ushbu ta’sirning qanday va kim tomonidan berilganligiga to’xtalib o’tamiz.
Ma’lumki, Ibn Sinoning falsafiy tafakkuri shakllanishi jarayonida (ya’ni yoshligida) uning atrofida (Buxoro va Xorazmda) tasavvufiy muhit bo’lmagan. Mavjud ilmiy muhit faqat dunyoviy va shar’iy ilmlar atrofida bo’lgan. Demak, “Hayy Ibn Yaqzon” va “Tayr qissasi” asarlari mana shu bilim va taassurotlar asosida yaratilgan. Ibn Sinoning Hamadonga va umuman, Eron zaminiga qilgan safari uni tasavvuf ilmi bilan tanishtirdi. Bu haqda, ayniqsa, so’fiy olimlardan Shayx Abusaid Abulxayr Meyheniy (967 – 1049) bilan uchrashuvi, u bilan qilgan turli munozaralari haqida tasavvufga oid bir qator tazkiralarda ma’lumotlar uchraydi. Bu ilmning ta’siri va so’fiylar bilan bo’lgan munozaralar natijasi, daho ijodkor ongiga o’z inikosini ko’rsatishi tabiiy edi. Aynan mana shu ta’sirlar samarasi o’laroq, keyinchalik Ibn Sino inson ruhiyatini aqldan-da ustun qo’yib, “Salomon va Ibsol”dan tashqari “Ishorot va tanbehot” asarida orif inson haqida o’z fikru mulohazalarini bayon etib, bir bob yaratdi. Asarda muallif tasavvuf ta’limotini tan olibgina qolmay, oriflar va ularning martabalari, irfon darajalari to’g’risida mutasavvif olimlardan kam bo’lmagan mushohadalarini bayon etgan.



Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling