1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja
Download 111.02 Kb.
|
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 6-ma’ruza. Mavzu: Mumtoz adabiyotda qissaxonlik Reja
Savol va topshiriqlar:
1. Sharq va G’arbdagi tarjimachilik va ularning farqi haqida nimalarni bilasiz? 2. “Ming bir kecha” asarlari o’zbek adabiyotiga qanday ta’sir o’tkazdi? 3. “Ming bir kecha” asarida tajribadan o’tkazilgan hikoyat ichida hikoyat uslubi keyingi asrlarda qaysi asarlarda rivojlantirildi? Adabiyotlar: 1. Ming bir kecha. Arab xalq ertaklari. 1-5-kitoblar. Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008-2010. 2. Komilov N. Tafakkur karvonlari. Toshkent: Sharq? 2011/ 4. Islom tasavvufi manbalari. To’plovchi: H. Boltaboyev. – Toshkent: O’qituvchi, 2005. 6-ma’ruza. Mavzu: Mumtoz adabiyotda qissaxonlik Reja: 1. “Kalila va Dimna” kabi asarining xususiyatlari. 3. Qissachilikning keyingi adabiyotiga ta’siri. Tayanch tushunchalar: “Kalila va Dimna”, “Ming bir kecha”, Harakoniy, “Nur ul-ulum”, “Manozil us-soyirin”. Jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish “Kalila va Dimna” qadim Hindistonda yaratilgan. Asarni aslini sanskrit (qadimgi zamon hind adabiy tilida yozilgan, deb hisbolaydilar. Asos e’tibori bilan qadimgi hind folk`lori zaminida vujudga kelgan mashhur “Panchatantra”, “Xitopadesha” kabi asarlar bilan ildizi birdir. Ali ibn ash-Shoh al-Forisiyning naql qilishicha, “Kalila va Dimna”ni hind podshohi Dobshalm uchun faylasuf Beydabo (Bedpoy) yozgan. Asarda hukmdorlik siyosatida shohlar nimalarga asoslanishlari, ularning a’yonlar va raiat bilan qanday munosabatda bo’lishlari, shaxsiy fazilatlardan qaysilari shohlar uchun muhim sanalgan masalarlarni “badiiyatning go’zal libosi”da hikmat va donishmandlik bezaklari bilan “orasta” hola berilgan. Buning xabari Anushurvon ibn Qubod Sosoniyga yetib keladi. Ma’rifatparvar shoh buyrug’i bilan asar Barzo’ya hakim tomonidan Hindistondan keltiriladi va tarjima qilinadi. Asar abbosiylar halfaligining mashhur olimlaridan Abdulloh ibn al-Muqaffa tomonidan arabchaga, 10-12 asrlarda tomonidan “Kalila va Dimna” bu tarjima asosida suryoniy tiliga va yunonchaga tarjima qilingan. “Kalila va Dimna”ni Nasr binni Ahmad Somoniy (914-943) davrida Ibn al-Muqaffa nusxasidan mashhur shoir Rudakiy (vafoti 940-941) she’riy tarjima qiladi. Mana shu tarjima orqali “Kalila va Dimna” fors adabiyotiga kirib keldi. Bu tarjimadagi hikoyatlar orqali “Kalila va Dimna”ning aql va tabdir bilan o’z maqsadiga yetuvchi, to’g’rilik va adolat shiori bo’lgan biroz quv, o’ziga xos, original qahramonlari fors adabiyotida ham kirib keldilar. Firdavsiy “Shohnoma”sining, Fariddin Attorning “Mantiq ut-tayr”, “Ilohiynoma” va “Asrornima” kabi yirik masnaviylari, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, “Fihi mo fihi” kabi asarlariga “Kalila va Dimna” hikoyatlariga qayta-qayta murojaat qilindi. Mualliflar bu hikoyatlar orqali bir-biriga o’xshamaydigan orginal xulosalar chiqardilar. 15 asrga kelib bu asrni Husayn Boyqaro topshirig’i bilan hirotlik shoir, Alisher navoiyning suhbatdoshi Husayn Voiz Koshifiy qaytadan tarjima qildi va davrining mashhur, nufuzli siymosi amir shayxim Suhayliyga bag’ishlab “Anvori Suhayliy” deb nomladi. Husayn Voiz Koshifiy tarjimasi o’sha davr uslubiga binoan dabdabali usulda yozilgan bo’lib, jimjimador iboralaru, uzundan uzun mavhum jumlalar bilan to’lib-toshgan. Boburiylardan buyuk Akbarshoh (1556-1605) davrida, ta’bir joiz bo’lsa “Kalila va Dimna” yana Hindistonga qaytdi. Uni Akbarshohning vaziri Abdulfazl bin Muborakshoh (vafoti 1602-1603y.) Husayn Voiz Koshifiy tarjimasini broz soddalashtirib, qo’shilgan madhli tafsilotlar hamda ko’plab she’rlarni qisqartirgan holda yangidan forschaga tarjima qildi va unga “Iyori Donish” deb nom qo’ydi. “Kalila va Dimna” turkiy tillarga ham faol tarjima qilingan. Uning birinchi tarjimasi taxminan 13 asrga mansub bo’lib, uning yagona nusxasi Londondagi “Indiya ofes” kutubxonasida saqlanadi. Ingliz Sharqshunosi Ete katologida tarjimon Iftixoriddin Muhammad Blaxiy deb ko’rsatilgan. Bundan keyin yana bir necha marta asar eski o’zbek tiliga tarjima qilingan. Ularning ichida eng mashhuri Qori Fazlulloh bin Iso Toshkandiy (taxallusi almaiy) tomonidan Muhammad Musobeh tavsiyasi bilan “Anvori Suhayliy” va “Humoyunnoma” asosida 1901-13 yillar ichida (Almaiy tarjimasida) uch marta toshbosmada qayta-qayta chop etildi. Demak, asar o’zbek tiliga ham fors tili orqali kirib kelgan. Demak, Husayn Voiz Koshifiy tarjimasi, talqini va xulosalari Almaiy ijodi orqali o’zbek kitobxonlari badiiy-estetik olamiga kirib kelgan. Biroq shuni alohida ta’kidlash lozimki, G’arbda tarjima qilishda matnni mumkin qadar asl holida saqlab qolishga intilish an’ana tusiga kirgan bo’lsa, Sharqda esa aksincha – aksariyat hollarda erkin tarjima qilish va matnga ozod munosabatda bo’lish tendensiyasi kuchlidir. Demakkai, Sharq tarjimonlari asl matnni qisman bo’lsa-da, o’z dunyoqarashi va davri talab hamda ehtiyojlariga moslab talqin etishga, o’zgartirishga, ayni chog’da o’zidan qo’shish yoxud qisqartirishga harakat qilganlar. Hatto tarjima qilaman deb, orginal asar yaratib qo’yish holatlari ham uchraydiki, bunga Fariddin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr” asarini tarjima qilaman deb, “Lison ut-tayr”day orginal asar yaratgan bobomiz Alisher Navoiyning faoliyati misol bo’la oladi. Bu borada kelgusi ma’ruzalarimizda batafsil to’xtalamiz. Erkin tarjima an’ana holiga kelgan edi. Almaiyning tarjimasiga ham shu nuqtai nazardan qarash kerak edi. U asardagi diniy-mistik o’rinlarni anchagina kuchaytirdi, arabiy-forsiy iboralarni shundayligicha saqlab qoldi va o’zidan alohida hikoyatlar kiritdi, o’zgacha talqinlar kiritdi. Ko’p o’rinlarda asarga o’zining muayyan hissasini qo’shdi. Download 111.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling