1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


-ma’ruza Mavzu: Qur’on g’oyalarining badiiy ijodga ta’siri


Download 111.02 Kb.
bet4/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

2-ma’ruza
Mavzu: Qur’on g’oyalarining badiiy ijodga ta’siri
Reja:

1. “Qur’oni karim”da bayon etilgan fikrlarning badiiy asarlarga ko’chishi.


2. Payg’ambarlar tarixiga bag’ishlangan kitoblar. “Qissai anbiyo” tipidagi asarlar.
3.Avliyo va shayxlar hayotini aks ettiruvchi kitoblar. “Tazkirat ul-avliyo” tipidagi asarlarning o’ziga xosliklari.


Tayanch so’z va iboralar:Qur’oni karim, oyat, sura, tafsirlar, “Qisasi Rabg’uziy”, “Qisasi anbiyo”, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, “Mabdai nur”.

Qur’oni karim o’zining sura va oyatlari, ularda ko’tarilgan axloqiy-siyosiy masalalar, ibratli va hikmatli qissalar, duo va iltijolari vositasida 14 asrlik tarixi davomida ko’p millatlilik musulmon ummatlari qatori o’zbek adabiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Qur’on mavzulari islom dinini qabul qilgan xalqlar adabiyotiga singib, mahalliy diniy va adabiy aqidayu an’analar bilan uzviy ravishda bog’landi. Islom dini va mahalliy urf-odatlar sintezi asosida o’zbek adabiyoti va ilmining shoh asarlari yaratildi. Misol tariqasida Abu Ali ibn Sinoning ruboiysini tahlil etaylik.


Shu hoki siyohdin to avji Zuhal,
Har neki mushkulot, barin qildim hal.
Ochdim necha zanjir, magar makru hiyal,
Yechdim necha tugun, magar qoldi ajal.
Ruboiyning so’nggi misrani tushunish uchun Qur’oni karim 113-surasining 4-oyatini bilishimiz lozim. “Tugunlarga dam soluvchi (jodugar)larning yomonliklaridan (Alouddin Mansur tarjimasi).
Qur’oni karim tafsirlarida aytilishcha, Muhammad alayhissalomning ishlari yurishmay qolib, kasal bo’ladilar. Shundan ma’lum bo’ladiki, bir yahudiyning ikki qizi arqonga o’n bitta tugun bog’lab, payg’ambarga qarshi jodu – sehr qilib quduqqa tashlagan ekan. Payg’ambar 113-surani o’n bir marotaba o’qiydilar va har bir o’qiganlarida bittadan tugun yechiladi. Nihoyatda o’n birinchi tugun yechilib, ishlari o’nglanadi. O’z ruboiysida Ibn Sino o’sha tugunlarga ishora qilmoqda. “Yechdim necha tugun, magar qoldi ajal...”.
“Qur’oni karim”dan bunday ta’sirlanish XII asr islom dunyosining yirik mutafakkirlaridan Ahmad Yassaviy ijodida ham kuzatiladi. Ahmad Yassaviy Sayramda tavallud topgan bo’lib, aniq yili noma’lum. 1166-67 yillarda vafot etgan. Muhammad alayhissalom umrlarini o’ziga muqaddas bilib, 63 yoshida yer osti chillaxonasiga kirganini hisobga olsak, XII asrning boshida tug’ilgan bo’ladi. Yer ostida, rivoyatlarga ko’ra, 125 yoki 133 yil umr ko’rgan desak, XI asrning o’rtalarida tug’ilgan bo’ladi. Rivoyatlarga qaraganda, Muhammad payg’ambarga Jabroyil jannatdan keltirgan xurmolarning bittasi yerga tushadi. Shunda Payg’ambar bu xurmo Ahmad Yassaviyning nasibasi ekanligini va uning ruhi bilan me’roj kechasi uchrashgani aytadi. Yassaviy hikmatlarida shu hodisa haqida ma’lumot uchraydi:
Me’roj kuni Haq Mustafo ruhim ko’rdi.
Hikmatlarda o’zining Payg’ambar zamonilan qancha keyin tug’ilishi ham aniq keltirilgan:
To’rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo’lg’ay,
deydi.
Yassaviy hikmatlarining o’zi pir tarjimai holini yoritishda asosiy manba bo’la oladi. Umr pog’onalarini islom haqiqati va tariqat maqomlariga bog’lab hikoyat qiladi. Bu borada ilohiy haqiat va tariqat qo’sh holatda jilolanib, umr yo’liga ko’p ohangli ma’no bag’ishlaydi. Solnomasining termasini keltirishning o’zi bu fikrni isbotlaydi:
To’qqiz oyu to’qqiz kunda yerga tushdim,
To’qqiz soat turolmadim, ko’kka uchdim.
Bir yoshimda arvoh menga ulush berdi.
Ikki yoshda payg’ambarlar kelib ko’rdi.
To’rt yoshimda Haq Mustafo berdi xurmo.
Ha, bu Payg’ambarga Jabroyil jannatdan keltirgan o’sha xurmo:
Besh yoshimda belim bog’lab toat qildim.
Olti yoshda turmay qochdim haloyiqdin.
Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdi.
Sakkizimda sakkiz yondin yo’l ochildi.
Hikmat ayt deb yo’llariga nur sochildi.
“Nur” so’zi islom va tasavvufda ramziy ma’no anglatib, Muhammad alayhissalom ham islom nuri hiqida aytganlar. Qur’onni nurga o’xshatishadi. 24-sura 35-oyatda esa aniq aytilgan: (Alouddin Mansur tarjimasi) “Olloh osmonlar va yerning nuridir, (ya’ni, ularning barchasini yoritib, ko’zga ko’rsatib – yo’qdan bor qilib turguvchidir). U zot nurining (mo’min banda qalbidagi) misoli bir tokcha, uning ustida bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go’yo bir dur yulduzga o’xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g’arbiy bo’lmagan (balki zaminning qoq markazidagi) muborak zaytun daraxtining moyidan yoqilur...
Shak-shubhasiz, Ahmad Yassaviy shu nur tufayli hikmat aytish sharafiga erishganligini ta’kidlaydi. Ahmad Yassaviy ijodidagi “Me’rojnoma” janri ham Payg’ambar hadislari asosida shaklalangan asarlardan hisoblanadi.
Tasavvuf ahli orasida, albatta Qur’oni karim oyatlarning so’fiyona sharhlash odat tusiga kirganligini “Mabdai nur” asaridan bilsa bo’ladi. Jumladan, Mashrabi soniy ham o’z dostonida “Qur’oni karim”dagi Muso a.s. bilan bog’liq ba’zi bir qissalarni tasavvufiy nuqtai nazarda sharhlaydi. Shunday qissalardan biri, Muso bilan Hizrning suhbati va Ollohning Musoga tanbeh berishi haqidagi qissadir.Uni Mashrab quyidagicha sharhlaydi:

Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling