5-ma’ruza. Mavzu: Mumtoz adabiyotda qissaxonlik Reja


Download 14.4 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi14.4 Kb.
#1316469
Bog'liq
5-ma`ruza


5-ma’ruza.
Mavzu: Mumtoz adabiyotda qissaxonlik
Reja:
1. Sharqda qissachilik an’anasining paydo bo’lishi.
2. “Ming bir kecha” asarining xususiyatlari.


Tayanch tushunchalar: “Kalila va Dimna”, “Ming bir kecha”, Harakoniy, “Nur ul-ulum”, “Manozil us-soyirin”.

“Ming bir kecha”ertaklari uzoq o’tmishning ajoyib voqealarni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlab beruvchi asardir. Bu asar o’zida aks etgan va yoritgan mavzularning ko’pligi, rango-rangligi bilan ham jahon adabiyoti miqyosida o’rin olgan, hamma xalqlar orasida shuhrat qozongan. Asar o’zining yozilish uslubi bilan ham diqqatga sazovordir. U asosan nasrda yozilib, she’riy parchalar ham ora-sira uchraydi. Bu parchalar ertak mazmunini to’ldiradi, unga yoqimlilik bag’ishlaydi, ta’sirchanlik kuchini oshiradi. Bu she’riy parchalar asar syujeti bilan uzviy bog’liqdir. Ming bir kecha” ertaklarining qayerda va qachon yozilgani noaniqdir. Eng ishonchli va puxta manba “Kashfizzunnun” muallifi, kotib Chalapiy faqat “Alif laylo va laylo” degan ismni ko’rsatish bilangina cheklangan.asarning o’zidan ham bu haqda ma’lumot olish qiyin. Asarda ko’rsatilishicha, voqea Sosoniylar davrida yuz bergan. Sosoniylar esa 226-652 yillarda Eronda hukm surgan edi.


“Ming bir kecha”ning qachon yozilgani anq bo’lmasa hamuning qadimgi davrlardayoq yuzaga kelgani aniqdir. Asarning ahamiyati ham shu qadimgi davrlar voqeyligini, hayot fojelarini, xalq boshidan kechirgan og’ir kulfat va alamlarin, hatto o’sha davr uchun mudhish hisoblangan dev va jin afsonalari hamda boshqa voqealardan namunalar berishdadir. Shuningdek, dastlab asarning qaysi tilda yozilishi haqida ham turlicha fikr yuritiladi. Ba’zilar asardagi bosh qahramonlar: Shahrizod, Shahriyor ismlarining forscha ekani va boshqa dalillarga ko’ra, asar aslida forscha ekanini, u forschada “Hazor afsona” (“Ming ertak”) asarining arab tiliga qilingan tarjimasi asosiada yuzaga kelgan, deb da’vo qilsalar, ba’zilar “Ming bir kecha” ertaklaridagi ko’pchilik voqealar arablar xalifasi Xorun ar-Rashid ismi bilan bog’lanishi va boshqa dalillar uning asli arab tilida yozilganligidan dalolat, deya da’vo qiladilar. Har holda masalaning bu tomoni yana ko’p jihatlar asosida tekshirishga bog’liq bo’lgan kelajakning ishidar.
“Ming bir kecha”da tasvirlangan voqealar tarixiy taraqqiyot tiziminini bir xil sharoitda o’tagan bir qancha xalqlar uchun umumiydir. Asarning barcha xalqlar tillariga tarjima qilinishi va har bir xalqda sevib o’qilishining siri shundadir.
“Ming bir kecha”da shoh saroyidagi buzuqliklar, kishilik huquidan mahrum qilingan qullar, cho’rilar, joriyalar va tavoshilarning inson ekanligini anglash yo’lidagi shafqatsizliklari, ayanchli ahvoli, jafokor go’zallarning hiyla-nayrangi, aql-farosat va tadbirning ustunligi, fahsh va razolatga to’la jamiyatning yuqori qatlami hayoti tasvirlab beraligan.
“Ming bir kecha” birinchi marta shoir Sidqiy Xondayliqiy tomonidan fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilgan. Biroq xalqimizning bu asarga ehtiyoji tufayli yana qaytadan Qohirada nashr etilgan nusxa asosida Solih Mutallibov tomonidan tarjima qilingan. U hamon qayta-qayta nashr etilmoqda.
Qissachilik adabiyoti o’zidan keyinga davr adabiyotiga barakali hissasini qo’shdi. Tasavvufning rivojlanishi natijasida, ta’limot nafaqat tasavvufning mag’zini bayon etadigan nazariy-falsafiy risolalar va sa’mo majlislarida ijro etiladigan she’r va ruboiylarga, balki katta-katta badiiy asarlarga ham ehtiyoj seza boshladi. Professor Bertelьs tasavvufiy hikoyatchilik tarixini Abu Hasan Harakoniydan boshlaydi. Uning “Nur ul-ulum” risolasida ramziy til bilan bayon qilingan Muso, kaptar va lochin haqidagi hikoyatni sharhlaydi.
Harakoniyning shogirdi, piri Xuroson nomi bilan mashhur shayx, faqih va muhaddis olim Abdulloh Ansoriydir. “Tabaqot as-sufiya”, “Manozil us-soyirin” hamda “Munojot” kabi asarlarni unga nisbat beradilar. “Manozil us-soyirin” asarida ruhning to’rt manzili haqida so’z boradi.
Abudulloh Ansoriyning shogirdi Sanoiy tasavvuf adabiyotning fors tilidagi dastlabki ijodkorlaridandir. Uning “Hadiqat ul-haqoyiq” hamda “Sayr ul-ibod va ilal-maod” asralari mavjud bo’lib, so’fiylik adabiyotining rivojida bu ikki asarning o’rni ahamiyatlidir. “Hadiqat ul-haqoyiq” dostoni tasavvufning didaktik yo’nalishdagi adabiyotini boshlab bergan bo’lsa, “Sayr ul-ibod va ilal-maod” ramziy-allergorik yo’nalishdagi adabiyot rivojiga munosib ta’sir o’tkazdi. Ushbu asarda mistik “yo’l”ning biz Ibn Sinoda ko’rib o’tganimiz kabi bir qancha manzillari ramziy-allegorik yo’nalishda tasvirlangan. Unda ham xuddi Aqli Avval kabi pir muallifni ruhni yuqorilash va qaytish yo’llari bilan tanishtiradi.
Keyingi asrlarda ustunlik qilgan tasavvuf adabiyotida “Kalila va Dimna” va “Ming bir kecha” asarlariga tajribadan o’tkazilgan hikoyat ichida hikoyat uslubi Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, “Ilohiynoma”, “Ushturnoma”, Jaloliddin Rumiyning olti jilddan iborat “Masnaviyi ma’naviy” asarlarida rivojlantirildi.


Savol va topshiriqlar:
1. Sharq va G’arbdagi tarjimachilik va ularning farqi haqida nimalarni bilasiz?
2. “Ming bir kecha” asarlari o’zbek adabiyotiga qanday ta’sir o’tkazdi?
3. “Ming bir kecha” asarida tajribadan o’tkazilgan hikoyat ichida hikoyat uslubi keyingi asrlarda qaysi asarlarda rivojlantirildi?
Adabiyotlar:
1. Ming bir kecha. Arab xalq ertaklari. 1-5-kitoblar. Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008-2010.
2. Komilov N. Tafakkur karvonlari. Toshkent: Sharq? 2011/
4. Islom tasavvufi manbalari. To’plovchi: H. Boltaboyev. – Toshkent: O’qituvchi, 2005.
Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling