1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
O‘zbekistonda atmosferaga chiqariladigan birikmalar xissalari (2001 yil)
Download 1.58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
O‘zbekistonda atmosferaga chiqariladigan birikmalar xissalari (2001 yil).
Respublikadagi sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga 150dan ortiq ifloslovchi birikmalar chiqariladi. Asosiylari – oltingugurt qo‘shoksidi, uglevodorodlar va qattiikmalar hisoblanadi. Chiqarilayotgan birikmalarning 90%ga yaqini asosiy ekologik «iflos» ishlab chiqarish joylashgan Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro, navoiy va Sirdaryo viloyatlarining korxonalari xissasiga to‘g‘ri keladi. Atmosferani ifloslashda energetika (34,1%), neft-gaz sanoati(31,9%), metallurgiya (16,5%), qurilish industriyasi (3,8%), kommunal xizmat (3,6%) va Kime sanoati (2,6%) korxonalarining ulushlari kattadir (2001 y). boshqa korxonalarning xissasi 7,4%dan oshmaydi. O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda atmosferaning zaxarli ximikatlari bilan ifloslanishi aholi salomatligiga, nasliga salbiy ta’sir etmoqda. Atmosferaning ifloslanishi tufayli har xil kasalliklar (bronxit, astma, rak va hk.) ko‘payib, tug‘ilayotgan bolalar o‘limi ko‘p. O‘lmay qolgan bolalarning bir qismi esa nuqson bilan tug‘ilmoqda. O‘rta Osiyo atmosferasining ifloslanishi natijasida ularning bir qismi yog‘inlar orqali daryo suvlariga qo‘shilib, minerallashishining ortishiga, qattiqlik darajasining me’yordan 1,5-2 marta ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Oqibatda suvlarning sifati pasayib, ichimlik sifatida foydalanish mumkin bo‘lmay qoldi. Mamlakatimiz xududi Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan keladigan zarali birikmalar bilan ham ifloslanadi. Surxandaryo viloyatida Tojikiston alyumin zavodining ta’sirida havoning ftorli birikmalar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona shaharlarida havo ifloslanishining 80%dan ortig‘i avtotransport xissasiga to‘g‘ri keladi. Bu hol boshqa shaharlarda ham ortib bormoqda. Davlat sektoridagi avtomobillaning 40%dan ortig‘i 10 yildan ortiq foydalaniladi va atmosferani kuchli ifloslaydi. Transportda ekologik nazorat talabga to‘la javob bermaydi. Gaz yoqilg‘isidan foydalanadigan avtomobillar soni 7%dan ortiqni tashkil qiladi holos. 400mingdan ortiq qishloq xo‘jalik texnikasida, temir yo‘l transportida atmosfera ifloslanishini nazorat qilish yo‘lga qo‘yilmagan. Respublikadagi asosiy sanoat tarmoqlarida zararli birikmalarni ushlab qolish va zararsizlantirish talab darajasida emas. Korxonalarda chang-gaz tozalash qurilmalari bilan ta’minlanganlik 85%ni tashkil qiladi va ularning ish samaradorligi 70,8% bo‘lib, qurilmalarning 77% eskirgan va yaxshi ishlamaydi. Atmosfera havosining tozaligini nazorat qilib turish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Toshkent shahri havosining tozaligini 1966 yildan boshlab nazorat qilish amalga oshirilgan. Bir yilda Toshkentda havo tarkibi 45ming martagacha, bir kunda esa 124mingtadan ortiq analiz qilinadi, agar havo tarkibi ifloslanib, me’yordan oshib ketsa, darhol uning oldini olish choralari ko‘riladi. Atrof-muxitifloslanishining oldini olish uchun korxonalarni qurishdan oldin, loyiha bosqichida va korxonalarda yangi EKOLOGIK EKSPERTIZAdan o‘tkaziladi. Ekologik ekspertiza inson salomatligini saqlash, ekologik havfsizlikni ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda 2000 yili «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» Qonun qabul qilingan. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling