1-Ma’ruza: mavzu: qatlamlar va quduqlarni tadqiq qilish to‘G‘risida umumiy ma’lumotlar


- racm . Gaz yig‘ish punktiga ulanmagan quduq og‘zining


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1234518
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma'ruza. Qatlamlar va quduqlarni tadqiq qilish

1.1- racm . Gaz yig‘ish punktiga ulanmagan quduq og‘zining 
 
uskunasi. 
1-quduq; 2-favvora armaturasi; 3-lubrikator; 4-lebedka; 5-separator; 6-
suyuqlikni o‘lchash uchun sig‘im; 7-kritik oqimning diafragmali o‘lchagichi; 8-mash’ala 
liniyasi; 9-manometrlar; 10-termometr; 11-chuqurlik asbobi; 12-tashlama quvurni 
qotirish; 13-ingibitorni kiritish liniyasi. 
Bunda lebedkali mashina mavjud geofizik kartoraj stansiyalari AKS-64, APL-
64, AKSL-7 ning birontasi bilan almashtiriladi. Agar qazib olinayotgan gazda ko‘p 
miqdorda namlik bo‘lishi kutilmasa va chuqurlik asboblarini tushirish zarurati bo‘lmasa, 
u xolda quduq tubi va qatlam bosimini quduq og‘zida o‘lchab, hisoblash yo‘li bilan 
aniqlash mumkin va bunda quduq og‘zini lubrikator bilan jihozlash zarurati bo‘lmaydi. 
Qoida bo‘yicha aytib o‘tiltan hodisa amalda qalinligi ham, uncha chuqur bo‘lmagan, 
ostki suvlar uchramaydigan, suyuqlik va qum tiqinlari hosil bo‘lishiga sharoit 
bo‘lmagan, qatlam gazi tarkibida og‘ir komponentlar oz miqdorda bo‘lgan gaz 
konlarida uchraydi. 
Kondagi gaz yig‘ish punktiga quduqlarning o‘lanishini eng ko‘p tarkalgan 
sxemasi har bir quduqni alohida sinashni ko‘zda tutadi. Bunday sxema quduq og‘zini faqat 
lubrikator, namunali manometr, termometr bilan jihozlab, sinaladigan quduqni sinov 
liniyasiga o‘lashni taqazo etadi. Gaz sarfi sinov liniyasiga o‘rnatilgan o‘lchagich 
ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Belgilangan tadqiqotlarni o‘tkazish uchun umumiy 
kollektor 1 ga kirish joyi surma klapan (zadvijka) bilan berkitiladi va sinov chizig‘ida 
surma klapan b ochiladi (1.2-rasmga qarang). Jihozlangan va ishga tushirilgan konlarda 
quduqqa ingibitor o‘zatish zarurati konni ishlatish loyihasida ko‘zda tutiladi. 
Aksariyat gazogidrodinamik va tadqiqotlar majmui (kon-geofizikasi bilan birga) konda 
gaz yig‘ish punktiga ulangan quduqlarda amalga oshiriladi. Ulangan quduqlarni 
sinashning afzal tomoni — atmosferaga gaz chiqarmay, tadqiqot ishlarini amalga 
oshirish imkoniyatining mavjudligidadir. 



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling