1.2-rasm. Gaz yig‘ish punktiga ulangan quduq og‘zining uskunasi.
1 – kirish yo‘llari bloki; 2 – nazorat o‘lchovi liniyasi; 3 – nazorat
separatori;
4 – o‘lchash uzeli; 5 – 1
bosqich separatori; 6 – ajratish sig‘imi;
7 – mash’ala liniyasi; 8 – issiqlik rejimini tartiblagich; 9 – issiqlik almashtirgich; 10 –
boshqariladigan shtuser; 11 - II -bosqich separatori.
Biroq gaz o‘zatgich quvuriga gaz chiqarib tadqiqot o‘tkazilganda qatlam va quduq
og‘zi (separatordan so‘ng) bosimlari oralig‘idagi farq gazning qatlamda quduq tubigacha
va quduq stvoli bo‘ylab
harakatida,
shuningdek, barcha 5-6
rejimda separatorda yuz
beradigan bosimning yo‘qolishi o‘rnini to‘ldirishi kerak. Bu hol tadqiqotlar metodikasida
ham nazarda tutilgan.
Ayrim hollarda, ya’ni quduqlar
past bosimli qatlamlarni
ochganida va barcha konlarda ularni ishlatishining yakuniy
bosqichida gaz uzatgich
quvurlariga gaz chiqarish yo‘li bilan tadqiqot o‘tkazishda ma’lum qiyinchiliklarga duch
kelinadi. Bu xol gaz uzatgich quvuridagi bosim bilan
separatordan keyingi quduq
og‘zidagi bosim o‘rtasidagi farq katta bo‘lmaganda tadqiqotlar rejimlari sonini cheklaydi.
Gaz yig‘ish punktiga ulangan quduqlarni jihozlashning umumiy sxemasida quduq og‘zi
bosimining o‘zgarish diapozonini ta’minlash maqsadida
atmosferaga gaz chiqarib
tadqiqotlar o‘tkazish uchun mash’alali liniya ko‘zda tutilgan.