1 маъруза Мавзу: Стереотопографик усулда план ва карталарни тайёрлаш усуллари


Download 0.81 Mb.
bet20/25
Sana24.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1395467
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Э 10 11 12 13 12 3 4 5

3 7 6
Автоматлаштирилган стереокомпаратор СКА-30ни тузилиши.
Проекторни бошкариш «вкл» клавиши «освешение» дастаги ёрдамида бошкарилади. Фоторегистраторни бошкариш «съёмка» дастаги ва «освещение при фоти» резистори ёрдамида бошкарилади. Экспонирлаш ва плёнкали кайта ураш автоматик равишда амалга оширилади. АСК - М1 блокларини бошкариш оператор ёрдамида АСК - М1 га урнатилган беш разрядли клавиатура ёрдамида бошкарилади.
12 маъруза Топографик дешифрлаш
Режа:

  1. .Машинали-визуал дешифрлаш накида тушунча.

  2. .Топографик дешифрлаш

Mashinali- vizual deshifrlash haqida tushuncha.
Avtomalashirilgan usulda deshifrlash interpretasion sitema orqali bajariladi. Avtomatlashtirilgan iterpretasion sistema (Ais) tezda hisoblash, hisoblash natijalarini ishlab chiqish katta massivdagi ma'lumotlarni eslab kolishi bilan farqlanadi.
AIS ni texnik vositalari maksadiga ko'ra universal va maxsus avtomatlashtirilgan interpretasion sitemaga bo'linadi.
Videoaxborotlarni ishlab chiqish prinsipiga qarab raqamli analogli (o'xshash) va gibridli (shatishma) AIS ga bo'linadi. Raqamli vositalar yordamida videoma'lumotlar raqamga aylantiriladi. Ular universal vositaga kiradi.
Analogli (o'xshash) texnik vositalar fotografik tasvirni yoyib ishlab chiqadi va skanerlangan videoaxborotlarni analogli shaklga aylantiradi. Ushbu vositalar lazyerli analizitorlar va elektron analogli hisoblash mashinalariga asoslangan.
Tasvirni ishlab chiqishi va raqamli vositalarga nisbatan kam harajatligi bilan farq qiladi. Analogli vositalar maxsus avtomatlashtirilgan interpretasion vosita ham hisoblanadi.
Gibridli texnik vosita raqamli va analogli texnik vositalar bajaradigan ishlarni navbat bilan bajarishga mo'ljallangan. Dastlab tasvir analogli keyin esa raqamli formada ishlab chiqiladi. Hozirgi vaqtda eng samarali texnik vosita bu raqamli texnik vositasi hisoblanadi. Ular aniqlash va ajratishdan yana qo'shimsha geometrik va radiasion videoaxborotlarni to'g'rilab vizual tahlil qilishni osonlashtiradi.
Sitemani ishlash jarayonida operatorni asosiy vazifasi ma'lumotlarni ishlab chiqish jarayonni to'liq boshqarishdan iborat. Deshifrlash belgilari to'g'risida ma'lumot olingandan keyin operator aniq masalani eshish uchun zarur ma'lumotlarni tanlab oladi.
Keyin etalon hisoblangan deshifrlash belgilarini elektron mashinaga kiritadi. Raqamli interpretasion sistema orqali videoaxborotlarni ishlab chiqishda markazii elektron hisoblash mashinasi o'zining tez harakati, etarli operativ xotirasi tasvirni kiritish va chiqarish moslamasi va inson bilan mashina diolog qila olish moslamasi bilan ta'minlanganligi texnika vositadagi asosiy elementlar hisoblanadi.
Agar sistema kodlashtirilgan, yozib olish strukturasi va ishlash rejimiga mos kelsa, raqamli video axborot elektron hisoblash mashinasiga kiritiladi.
Videoma'lumotlarni EHM ga kiritishda anologik raqamga aylantirib satrma satr yozib olinadi. Fotografik tasvir dastlab diskretizasiya qilinadi. Ushbu jarayon elektromexanika yoki elektron moslama yordamida bajariladi. Elektromexanika moslamada tasvirni yoyish fotoo'lchovchi moslama va suratni uchlab turuvchi moslamani harakati hisobiga mexanik skanerlash orqali amalga oshiriladi. Elementlarni optik zishligini o'lchash, nurlar oqimini o'lchash orqali bajariladi.
Olingan analogli videosignallar raqamli kodga aylantiriladi. Diskretizasiya qilingan tasvir televizon kamera orakali elektron moslamaga kiritiladi. Ular katta tezlikda informasiyani hisoblash imkoniyatiga ega.
Lekin fotogrametrik aniqligi kamroq. Elementlarni xatosi 20-30 mkm va ruxsat berish imkoniyati 15 dan 20 lin/mn. Hisoblash ishlari asosan ESEHM dan foydalanadi. YOrdamchi operasiyalarni bajarishda mini EHMdan ham foydalaniladi. Ishlab chiqilgan videoaxborot analogli raqamga aylantiriladi va ro'yxatga olinadi. Ishlab chiqilgan ma'lumotlarni kiritish fototelegraf shaklidagi moslamadan foydalaniladi. Elektrolampa yordamida yorug'lik sezuvshi material elementlari eksponirlash orqali fototasvir hosil bo'ladi. Tasvirni bosib chiqarishda turli tipdagipeshat qiluvchi moslama va grafo-qurish moslamalaridan foydalaniladi. Tasvirdagi rang turli belgilar, turli tipdagi shtrixlash, tasvirni kodi bo'lib xizmat qiladi.
Insonni mashina bilan operativ aloqasida interaktiv yarimtonli ranglar va belgilar displeydan foydalaniladi. Ular yordamida videoaxborotlarni ishlab chiqish nazorat qilinadi va statistikahamiyatga ega bo'lgan turli grafik ma'lumotlar olinadi hamda ishlab chiqishda joriy tuzatishlar kiritiladi.
Videoaxborotlarni raqamli ishlab chiqishda deshifrlash belgilari son bilan ko'rsatiladi. Shuning uchun ob'ektni son bilan distansion ro'yxatga olish, belgi hisoblanadi. Belgi iloji boricha o'ziga xos hamda vaqtinsha variantli ravshanlik funksiyasi bo'lib, oson raqamli shaklga aylanadi. Lekin ular to'liq axborot bermaydi. Qishlok xo'jalik ekinlari uchun bu belgilar kam ma'lumot hisoblanadi.To'g'ri belgilarga rang va tasvir teskturasi kiradi. Mashina orqali ob'ektni aniqlashda rang bo'yicha axborotli komponentlar tanlanadi. Ko'p hollarda ob'ektni aniqlashda bir vaqtda bir nesha zona spektridan foydalanishga ruxsat etiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling